O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Individuallik 
– insonni boshqalardan ajratib turuvchi individlik va 
shaxslilik sifatlarini o`z ichiga oladi.
K.K.Platonov bo`yicha shaxsning tuzilishi: 
Shaxs ko`p qirrali tushuncha bo`lgani sababli, uni ta`riflash hamda 
diagnostika qilish ham juda murakkab. Shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish 
bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator munosabat va mulohazalar mavjud bo‘lib, 
ularga ko‘ra turli usullar farqlanadi.
Shaxs psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodikalarni 2 ta katta 
guruhga ajratish mumkin: 
1.So`rovnomalar. 
2.Proyektiv metodikalar.
Shaxs so`rovnomalari – bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash va 
baholash uchun qo`llaniladigan metodik vositalar majmuidir. Ushbu metodning 
nazariy asosi – introspektcionizm hisoblanadi.


104 
So`rovnoma metodi birinchi bo`lib F.Galton tomonidan shaxs sifatlarini 
emas, balki insonning bilish sohasini baholash uchun qo`llanilgan (ko`rish 
idroki, aqliy obraz). 
XIX asr oxirlarida ushbu metod yordamida xotira (Bine, E.Kurt`e), 
umumiy tushunchalar (T.Ribo), ichki nutq (O.Sen-Pol) tadqiq qilingan.
Shaxs so`rovnomalaridan biri amerikalik psixolog R.Vudvorts tomonidan 
1919 yilda ishlab chiqilgan “Shaxs haqidagi ma`lumotlar blanki” dir. 
Ushbu so`rovnoma harbiy xizmatchilarning nevrotik simptomatikasini 
aniqlash va ularni xizmatchilar safidan chiqarish uchun mo`ljallangan.
Akimova M.K. va Gurevich K.M. bo`yicha shaxs so`rovnomalarini 
quyidagicha tasniflash mumkin: 

Tipologik 
so`rovnomalar 
(MMPI,X.Shmishek 
xarakter 
aktsentuatsiyasi tiplarini aniqlash)

Shaxs xususiyatlarini aniqlash so`rovnomalari(R.B.Kettel )

Motivlarni aniqlash so`rovnomalari

Qiziqishlarni aniqlash so`rovnomalari

Qadriyatlarni aniqlash so`rovnomalari

Ustanovkalarni aniqlash so`rovnomalari.
MMPI
– (Minnesota Multiphasik Personality Inventory) Minnesot ko`p 
omilli 
shaxs 
so`rovnomasi 
1941 
yilda 
S.Xetuey 
va 
Dj.Makkinli 
tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu so`rovnoma norma va patologiyani aniqlash 
uchun mo`ljallangan.
16 dan 55 yoshgacha bo`lgan 700 nafar sinaluvchilarda 
standartlashtirilgan. Metodika 550 ta tasdiqdan iborat bo`lib, ularga “to`g`ri”, 
“noto`g`ri”, “aytish qiyin” tarzida javob berish so`raladi.
10 ta asosiy va yana 3 ta nazorat shkalasidan iborat: 

Depressiya shkalasi (ta`sirchanlik,o`zidan qoniqmaslik);

Ipoxondriya shkalasi (sog`ligiga haddan ortiq etibor qaratish);

Isteriya shalasi (namoyishkoronalik);

Psixopatiya shkalsi (ijtimoiy dezadaptatciya,o`zini tutolmaslik, 
agressivlik,ta`sirchanlik); 


105 

Erkaklik va ayollik shkalasi (ayollik yoki erkaklik roli bilan 
identefikatciya);

Paranoyallik shkalasi (egoizm,o`zidan mamnunlik);

Psixoasteniya shkalasi(xavotirli, shubhali,o`z kuchlariga ishonmaslik);

Shizoidlikni aniqash shkalasi(autistik tip);

Gipomaniya 
shkalasi(sababsiz 
ko`tarinki 
kayfiyatda 
bo`lish,faollik,g`ayratlilk);

Ijtimoiy introversiya shkalasi(munosabatlarda tortinish, uyalish).

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin