Strelyau test-so‘rovnomasi. Zamonaviy mashhur polyak psixologi Yan
Strelyau Pavlov-Teplov differensial-psixofiziologik mohiyati asosida uchta asab
faoliyati tarifini o‘lchab yo‘naltirilgan testni qayta ishlab chiqdi: asabiylashish,
tormozlanish, harakatchanlik ( Strelyau YA.,1982).
Test-so‘rovnoma 134-ta savoldan iborat bo‘lib, uch xil javob varianti
keltirilgan. So‘rovnomani o‘tkazish uchun faqatgina standart qo‘llanma va javob
varaqasi kerak bo‘ladi. Mazkur so‘rovnomani individual va guruhiy tarzda
o‘tkazish mumkin. So‘rovnomadagi har bir savol testning ma’lum bir shkalasiga
mos keladi: 45 ta savol – birinchi shkalaga, 44ta savol – ikkinchi shkalaga, 43
tasi – uchinchi shkalaga tegishli.
Kettel testi. (16 PF- so‘rovnoma) Ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi 1949
yili R.B.Kettel tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozirgi kunda ham psixodiagnostik
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu test sinaluvchi haqida ko‘proq jumladan,
muloqotchanlik, aqliy funksiyalarning shakllanganlik darajasi, emotsional
barqarorlik yoki beqarorlik, tobelik yoki mustaqil, hukmronlik, tortinchoqlik,
ochiq ko‘ngillik va boshqa xususiyatlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini
beradi. Ushbu testning qisqartirilgan varianti 105 ta savol va ularga keltirilgan
mulohazalardan iborat bo‘lib, vaqt tanqisligi holatlarida juda qo‘l keladi. Testni
qo‘llash vaqti 20-50 daqiqani tashkil etishi mumkin. Sinaluvchiga ko‘rsatma
beriladi. Javoblar varqalari maxsus test kaliti orqali quyidagicha baholanadi:
Kalitga mos kelgan “a” va “c” javoblar 2baldan, “b” javob esa 1 baldan
baholanadi. Har bir keltirilgan savollar to‘plami javobidan biron-bir faktorning
ahamiyati ochiladi. Faktor V bundan mustasno, bu to‘plamdagi barcha javoblar
1 baldan baholanadi. Shunday qilib, barcha faktorlar bo‘yicha maksimal bal 12
balni, V faktorda esa 8 balni tashkil etadi.