Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash Tarkibida antibiotik bo‘lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4:6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir Chunki penitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so‘riladi. Asoslar steri! holatda ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii Unguenti Erythro‘ycini ana 10,0 M. D. S. Ko‘z surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 TB (0,03 g) penitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to‘g‘ri keladi) va 100000 TB (0,11 g) eritro‘itsin (1 g surtma doriga 10000 TB to‘g‘ri kcladi) o‘lchab olinadi, unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Tetratsiklin gidroxlorid, strepto‘itsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi.
Antibiotiklarning ko‘pchiligi yorug‘lik ta'siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularni og‘zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga»
va qo‘shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Antibiotiklar bilan kukunlar tayyorlash Kukunlar tayyorlashdagi umumiy qoidalarga muvofiq tayyorlanadi. Antibiotik saqlovchi kukunlar asosan jarohatlarga sepishga, yoki tana bo‘shliqlariga purkash uchun ishlatiladi Rp: Benzylpenicillini natrii 250000 TB.
Strepto‘ycini sulfatis 250000 TB.
Ephediini hydrochloridi 0,2 Streptocidi Sulfadimezini aa 2,0
M. D. S. Grippda og‘iz va burun bo‘shlig‘iga har 2 soatda purkash uchun.
l50°Cda 1 soat davo‘ida qizdirib sterillangan sulfanilamid va efedrin gidroxlorid aralashmasiga antibiotik qo‘shib aralashtiriladi. Elaki dori idishga joylab, jihozlab beriladi.
01ing:Levo‘itsetin 0,25 Eritro‘itsin 0,2 Norsulfazol
Streplotsiddan teng miqdorda 2,5 Dimedrol
Efedrin gidroxloriddan teng miqdorda 0,05 dan Aralashtiring. Bering. Belgilang. Burunga kuniga 3 marta purkalsin.
Pasport:
Levo‘itsetin 0,25 Eritro‘itsin 0,2
Norsulfazol 2,5 Streptotsid 2,5
Dimedrol 0,05 g
Efedrin gidroxlorid 0,05
Umumiy og‘iriigi 5,55 g.
№ 2-ILOVA Mustahkamlash 1. Benzilpenitsilling natriyli tuzini TB 1 mln bo‘lsa grammda qanchaga to‘g‘ri keladi?
2. Benzilpenitsilling natriy tuzini TB 2 mln bo‘lsa gramda qanchaga to‘g‘ri keladi?
3. Benzilpenitsilling natriyli tuzini TB 2,5 mln bo‘lsa gramda qanchaga to‘g‘ri keladi?
4. Antibiotiklardan dorixona sharoitida qanday dori shakllarini yaratish mumkin?
5. Dorixona sharoitida antibiotiklarni saqlash muddatini korsating
№3 –ILOVA.