O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Fizik nomutanosibliklar. Poroshoklarning namlanishi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə207/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Fizik nomutanosibliklar. Poroshoklarning namlanishi
Poroshoklaming namlanishi - aralashmaning gigroskopikligi, ya'ni namlikni oshishi natijasida vujudga kcladi. Masalan: natriy salitsilat kukuni geksametilentetramin kukuni bilan aralashtirilganda, kukun aralashmasi ma'lum darajada namlanadi va o‘zining sochiluvchanligini yo‘qotadi, bu esa poroshokning gigroskopik holatini oshiradi.
Kukun namligining to‘xtovsiz oshish tezligi, asosan dori prepa- ratining boshlang‘ich Xomashyo olishdagi namligiga va nisbatan havodagi namlikka ham bog‘liq.
Ayrim poroshoklar bir-biri bilan aralashganda suyuqlikka aylanishi va evtektik aralashma hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: kamfora, timol, fcnol, rezorsin, fenilsalitsilat va boshqa moddalar bilan poroshok tayyor- langanda yuqorida aytib o‘tilgan holat kuzatiladi.
Eruvchi moddaning ajralishi
Eruvchi moddaning ajralishi, uning eruvchanligining o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, bunday ajralma spirtli va suvli eritmalarda hosil bo‘ladi.
Rp: Solutionis Zinci sulfatis 0,5%-10 ml Solutionis Citrali spirituosae I%-1 ml M. D. S. Ko‘z to‘lchisi.
Sitral faqat 95% li spirtda eriydi. Spirt konsentratsiyasini pasayishi, eritmani aralashtirganda sitralni moy to‘lchilari holatida ajralishiga olib keladi.
Suyuqliklarning aralashmasligli
Ayrim suyuq preparatlar, birorta dori shaklini tayyorlaganda bir xil go‘ogen aralashma hosil qilmaydi. Masalan: kanakunjut moyi uglevodorodli mahsulotlar bilan aralashmaydi; naftalan nefti va qora moy suv hamda spirt bilan; glitscrin moysimon yog‘lar bilan aralashmaydi.
Rp: Zinci oxydi Talci ana 20,0 Glycerini 10,0 Olei Jecoris Aselli 30,0 M D. S. Qo‘lga surtish uchun.
Aralashma ikki qatlamga ajraladi, chunki glitserin baliq moyi bilan aralashmaydi.
Koagulatsiya hosil bo‘lishi
Ayrim dori preparatlarining kolloid eritmalari (protargol, kollargol, ixtiol) clektrolit yoki spirt ta'sirida koagulatsiyaga uchraydi va cho‘kmaga tushadi.
Rp: Solutionis Ichthyoli 5%-200 ml
Natrii chloridi 4,0 M. D. S. Sirtga ishlatiladi.
Ixtiol eritmasi natriy xlorid tuzi bilan cho‘kma hosil qilgan bo‘lsa uning ta'siri o‘zgaradi, hunday dorini bemorga bcrish mumkin cmas. Ayrim kolloid eritmalarda qisman koagulatsiya holatlari kuzatiladi. Oqsil moddalari, shilimshiq, yelim, kraxmal eritmalariga ko‘p miqdorda elektrolit yoki yuqori quvvatli spirt qo‘shilganda qisman koagulatsiyaga uchrash holatlari kuzatiladi. Shuning uchun elcktrolitni ehtiyotlik bilan critma holida qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Spirtli suyuqliklar doriga oxirida qo‘shiladi, bu esa yuqori moiekulali birikma va koiloid modda eritmalari tarkibidagi tuz zarrachasining yiriklashishini kamay- tiradi va cho‘kma hosil bo‘lishining oldini oladi.
Adsorbsiya
Ta'sir qiluvchi moddaning adsorbsiyaga uchrashi quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi. Masalan, hab dori massasi tarkibidagi alkaloid tuzlar va o‘simlik kukuni o‘rtasidagi o‘zaro nomutanosiblikni aytish mumkin. Shunga o‘xshash ayrim mikstura va eritmalar tayyorlaganda zaharsiz cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin. Bu cho‘kma mikstura tarkibidagi ayrim dori moddalarini adsorbsiyalashi mumkin. Bu holat ayniqsa, dori tarkibiga zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi modda kirganda juda xavfli hisoblanadi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin