Tayanch bilimlarini faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
2.Maqsad va vazifani belgilanadi:
3.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalari bilan tanishtiradi.
4.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi:
5.O‘quv mashg‘ulotda o‘quv ishlarini baholash mezoni bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimni faollashtirish.
6.Tezkor so‘rov, savol-javob
Yangi o‘quv mavzu bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibi bayon etiladi.
8.Yangi mavzu bo‘yicha asosiy bilimlar bayon qilinadi. (1-ilova)
Yangi o‘quv mavzusini mustahkamlash:
9.Mustahkamlash uchun kichik guruhlarga savollar beriladi. (2-ilova)
10.Issiq kartoshka metodidan kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. ( 3-ilova) Har bir guruhga topshiriq beriladi( 4-ilova). Baholash mezoni bilan tanishtiriladi. (5-ilova). Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi ( 6-ilova).
11.Har bir guruh ishtirokchisi vazifani bajarib ko‘rsatadi. O‘qituvchi bajarilayotgan vazifani kuzatib boradi.
12.Guruh a’zolari diqqat bilan bir-birini tinglab kuzatadi va bir birini baholaydi. O‘qituvchi tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilib xulosa chiqariladi.
13.Berilgan ma’lumotlarni daftarga qayt etish eslatiladi. Mavzuning tibbiy axamiyatiga e’tibor bergan xolda yakunlanadi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar
Kichik guruhda ishlash qoidagi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o‘z topshiriq varaqlari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi
Har bir guruh sardorilari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg‘ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi.
2.Kelgusi mashg‘ulotga bajarib kelish uchun uyga vazifa beriladi. ( 7-ilova)
|
1.1. Tinglaydi, izohini eshitadi. Uyga vazifani tushunib kerakli joyini yozib oladi
1.2. Tanishadilar, yozib oladilar
|
Yangi mavzu bayoni
№ 1 ILOVA
Yig‘malar tarkibiga dorivor o‘simliklarning qismlaridan quyidagilar kiritiladi: butun holda — mayda gullar va gul savatchalari (masalan, bo‘ymodoron, moychechak, marjon-gul va boshqalar), ayrim urug‘lar va rezavorlar qirqib elan-gan holda — barcha ildiz va ildizpoyalar, po‘stloq, o‘tlar, yirik barglar va ayrim gullar (lipa guli), yanchilgan, maydalangan mevalar urug‘lar va ayrim mo‘rt barglar.
O‘simlik mahsulotlari ildiz va o‘t o‘simliklarni kesuvchi qo‘l asbobi yordamida maydalanadi. O‘simlikning qattiq qismlarini qirqishdan oldin ho‘llanadi va qirqilgan xo-mashyo darhol 35—40°C da quritiladi. Meva va urug‘larni, ayrim mo‘rt barglari metall hovonchalarda, uncha katta bo‘lmagan «Eksselsir» tipidagi diskli tegirrnochalarda maydalanadi. O‘simlik mahsulotining maydalanish darajasi qo‘llanilishiga ko‘ra yig‘ma turiga bog‘liq. Ichish va og‘izni chayish uchun damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan o‘simlik qismlari ning maydaligi, bargi, guli va yer,,ustki qismlarining katta-ligi — 5 mm, poyasi, po‘stlog‘i va ildizlari — 3 mm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak, meva urug‘lar — 0,5 mm bo‘ladi. Van-na qilish va qizdirib qo‘yish uchun ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kirgan o‘simlik xomashyolarning kesilgan bo‘-lakchalarining kattaligi 2 mm. dan oshmasligi kerak. Tay-yorlanadigan yig‘malarning mayda-yirikligi X DF bo‘yicha bir necha elaklar to‘plamidan foydalanib aniqlanadi. O‘simlik qismlarini maydalayotganda ma'lum miqdori kukun bo‘lib ketadi. Shu boisdan yig‘malar tayyorlashdan oldin mahsulot ko‘zining diametri 0,2mm.li elakda elanadi.
Yig‘malar tayyorlashda asosiy qiyinchilik-tarkibiy qism-larning bir xilda aralashtirish bo‘lib, o‘simlik qismlarining shakli, kattaligi va og‘irligining har xilligi ushbu qiyinchi-likni tug‘diradi. Dorixonalarda yig‘malar katta silliq qog‘oz yoki oyna ustida kapsulaturkalar, shpatellar yoki qog‘oz kurakchalar yordamida aralashtirib tayyorlanadi. Bunda oldin o‘simlik qismlaridan kamrog‘i olinib, qolgani asta-sekin qo‘shib boriladi.
Agap yig‘malar tarkibiga efir moylari kirsa, ularning spirtdagi (90% li) eritmasini (1:10) tayyorlab qo‘shiladi. Yig‘mani tayyorlab, oyna ustiga siyrak qilib yoyib, efir moyi eritmasi purkagich bilan purkab, aralashtiriladi va 40°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi.
Tuzlarning eng kam miqdoridagi suvli eritmasini tayyorlab, uni tayyor yig‘maga yoki o‘simlikning biror qismiga purkagich bilan purkab, tezda 60°C dan yuqori bo‘lmagan quritgich javonlarda quritiladi.
Tayyor yig‘mani yoki uning tarkibiga kiradigan biror xomashyoning tarkibida yopishqoq modda (qand, smola, shilliq, ekstraktiv modda) bo‘lsa, 70° li spirt bilan ho‘llab, ustiga maydalangan tuz sepib quritiladi. Agar yig‘ma tarkibiga namda tez buziladigan mahsulotlar kirsa, ularni quritilgan yig‘malarga eng oxirida qo‘shish kerak.
Yig‘malar ichiga pergament qog‘oz solingan karton quti-lar yoki ikki qavatli 50, 100, 150, 200 g.li qog‘oz xalta-larda chiqariladi. Yorliqda yig‘maning tarkibi, suvli ajratma-sining tayyorlani'sh usuli va uning qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
№ 2-ILOVA
Dostları ilə paylaş: |