O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə40/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mustahkamlash
1.Oddiy kukunlarni tayyorlashda oldin qanday protsess amalga oshiriladi?
2.Murakkab kukunlarni tayyorlashda oldin qanday protsess amalga oshiriladi?
3 .Dorixonada 10,0 Analgin trituratini tayyorlash uchun necha gramm sut qandi olinadi?
4.Dorixonada 10,0 Dimedrol trituratini tayyorlash uchun necha gramm sut qandi olinadi?
5.Bolalar sepmasi tarkibidagi tal`k moddasi qanday dori modda hisoblanadi?
6.Berilgan 10,0 Platifillin gidrotartaratni tayyorlash uchun necha gram sut qandi va dori moddasi olinadi?
3 ILOVA.
Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi.
Aqliy hujum metodi
Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.
Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya’ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma’lum bo‘ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shaklannib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. SHundan keyin talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kichik guruhlarga topshiriq beriladi

4 ILOVA


Test savollari
1. Suyuq dori turlari deb nimaga aytiladi?
A.*erituvchi va eruvchidan hosil bo‘lgan dori turiga aytiladi;
B. faqat tozalangan suvda va xloformda eritilgan dori shakliga;
C. faqat erigan aralashma holidagi dori shakliga;
D. eruvchi dori modda organik erituvchilarda eritilgan dori turiga aytiladi.
2. Suyuq dоri turlari qanday xolatlarda qo‘llaniladi?
A.*ichish uchun,sirtga qollash uchun, tomchilash uchun, chayqash uchun;
B.teriga surtish uchun, ichish uchun;
C.faqat tomchi va sirtga qo‘llash uchun;
D.chayqash va teriga surtish,ichish uchun.
3. Suyuq dоri turlarini dispеrs hоlаtigа ko‘ra sinflargа bo‘linishi?
A.*chin eritmalar,YuMB eritmalari,kolloid eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar va ularni aralashmalari;
B. chin eritmalar, emulsion surtmalar,kolloid eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar va ularni aralashmalari;
C. chin eritmalar,YuMB eritmalari, gidrosil shamdorilar, suspenziyalar, emulsiyalar va ularni aralashmalari;
D. suvli ajratmalar,YuMB eritmalari,kolloid eritmalar, suspenziya turidagi linimentlar, emulsiyalar va ularni aralashmalari.
4. Ichish uchun ishlatiladigan suyuqliklar qanday nomlanadi?
A.*mikstyra;
B.suspenziya;
C.emulsiya;
D.linimenta.
5. Suyuq dori turlari dorixonaning necha foizini tashkil etadi?
A.*45-60 %;B.100-120 %;
C.10-20 %;D.70-100 %.
5 ILOVA

Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin