O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Mavzu: Dorixonada yig‘malarni tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə141/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mavzu: Dorixonada yig‘malarni tayyorlash texnologiyasi.

1.Dorixonada yig‘malarni tayyorlash texnologiyasi.


2.Presslangan yig‘malar.
3.Yig‘malarning xususiy texnologiyasi


Yig‘malarni umumiy tayyorlash texnologiyasi

Yig‘malar tarkibiga dorivor o‘simliklarning qismlaridan quyidagilar kiritiladi: butun holda — mayda gullar va gul savatchalari (masalan, bo‘ymodoron, moychechak, marjon-gul va boshqalar), ayrim urug‘lar va rezavorlar qirqib elan-gan holda — barcha ildiz va ildizpoyalar, po‘stloq, o‘tlar, yirik barglar va ayrim gullar (lipa guli), yanchilgan, may­dalangan mevalar urug‘lar va ayrim mo‘rt barglar.


O‘simlik mahsulotlari ildiz va o‘t o‘simliklarni kesuvchi qo‘l asbobi yordamida maydalanadi. O‘simlikning qattiq qismlarini qirqishdan oldin ho‘llanadi va qirqilgan xo-mashyo darhol 35—40°C da quritiladi. Meva va urug‘larni, ayrim mo‘rt barglari metall hovonchalarda, uncha katta bo‘lmagan «Eksselsir» tipidagi diskli tegirrnochalarda may­dalanadi. O‘simlik mahsulotining maydalanish darajasi qo‘llanilishiga ko‘ra yig‘ma turiga bog‘liq. Ichish va og‘izni chayish uchun damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan o‘simlik qismlari ning maydaligi, bargi, guli va yer,,ustki qismlarining katta-ligi — 5 mm, poyasi, po‘stlog‘i va ildizlari — 3 mm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak, meva urug‘lar — 0,5 mm bo‘ladi. Van-na qilish va qizdirib qo‘yish uchun ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kirgan o‘simlik xomashyolarning kesilgan bo‘-lakchalarining kattaligi 2 mm. dan oshmasligi kerak. Tay-yorlanadigan yig‘malarning mayda-yirikligi X DF bo‘yicha bir necha elaklar to‘plamidan foydalanib aniqlanadi. O‘sim­lik qismlarini maydalayotganda ma'lum miqdori kukun bo‘lib ketadi. Shu boisdan yig‘malar tayyorlashdan oldin mahsulot ko‘zining diametri 0,2mm.li elakda elanadi.
Yig‘malar tayyorlashda asosiy qiyinchilik-tarkibiy qism-larning bir xilda aralashtirish bo‘lib, o‘simlik qismlarining shakli, kattaligi va og‘irligining har xilligi ushbu qiyinchi-likni tug‘diradi. Dorixonalarda yig‘malar katta silliq qog‘oz yoki oyna ustida kapsulaturkalar, shpatellar yoki qog‘oz kurakchalar yordamida aralashtirib tayyorlanadi. Bunda ol­din o‘simlik qismlaridan kamrog‘i olinib, qolgani asta-sekin qo‘shib boriladi.
Agap yig‘malar tarkibiga efir moylari kirsa, ularning spirtdagi (90% li) eritmasini (1:10) tayyorlab qo‘shiladi. Yig‘mani tayyorlab, oyna ustiga siyrak qilib yoyib, efir moyi eritmasi purkagich bilan purkab, aralashtiriladi va 40°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi.
Tuzlarning eng kam miqdoridagi suvli eritmasini tay­yorlab, uni tayyor yig‘maga yoki o‘simlikning biror qismiga purkagich bilan purkab, tezda 60°C dan yuqori bo‘lmagan quritgich javonlarda quritiladi.
Tayyor yig‘mani yoki uning tarkibiga kiradigan biror xomashyoning tarkibida yopishqoq modda (qand, smola, shilliq, ekstraktiv modda) bo‘lsa, 70° li spirt bilan ho‘llab, ustiga maydalangan tuz sepib quritiladi. Agar yig‘ma tarkibiga namda tez buziladigan mahsulotlar kirsa, ularni quritilgan yig‘malarga eng oxirida qo‘shish kerak.
Yig‘malar ichiga pergament qog‘oz solingan karton quti-lar yoki ikki qavatli 50, 100, 150, 200 g.li qog‘oz xalta-larda chiqariladi. Yorliqda yig‘maning tarkibi, suvli ajratma-sining tayyorlani'sh usuli va uning qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin