O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Yig‘malarning xususiy texnologiyasi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə142/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Yig‘malarning xususiy texnologiyasi Ich bo‘shatuvchi yig‘maga misol (Species laxans). Rp.
5.1.Foliorum Sennae 40,0 Natrii et Kalii tartratis 10,0 Fructum Anisi 10,0 Fructium Foeniculi 10,0 Florum Sambuci 30,0 Misce, flant species
D.S. (osh qoshiqni 200 ml qaynatilgan suv bilan tayyorlang).
Sano bargi 5 mm qilib qirqilib, 50-elakdan o‘tkaziladi. Anis va ukrop mevalari hovonchada maydalanadi va yirik kukun hosil qilinadi, buzina guli butun holda ishlatiladi. Senetov tuzini ikki hissa suvda eritiladi (ya'ni, 20 ml suv). Tayyorlangan suv bir tekisda suyuqlik miqdoridagi sano bargiga purkaladi. So‘ng quritgich javonida 30—40°C da quri­tiladi. Sano bargining qolgan 20 g.ga anis va ukrop hamda buzina gullari aralashtiriladi. Bu aralashmani birinchi ara-lashmaga porsiyalar bilan bir xil aralashma hosil bo‘lguncha qo‘shib aralashtiriladi. Mumli qog‘ozdan qilingan ikki qa­vatli xaltalarda beriladi.
Qizdirish uchun ishlatiladigan yig‘maga misol.
(Species ad cataplasmatd).
5.2. Rp.: Florum Chamomillae 30,0
Herbae Meliloti 40,0
Radicis Althaeae 30,0
Misce fiant species D.S.
Yumshatuvchi yig‘ma qizdirib qo‘yish uchun.
Qashqarbedaning yer ustki qismi 50-elakdan foydalanib o‘tkaziladi, gulxayri ildizini 3 mm kattalikda bo‘laklarga bo‘lib qirqiladi. 30-elakda ikkalasini bir-biriga aralashtirib o‘tkazilib, moychechak guli qo‘shiladi, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Ichidagisi mumli qog‘ozdan iborat ikki qavatli xaltachalarga qadoqlanadi. Issiq suv bi-lan qorishtirib, bo‘tqa tayyorlanib, toza surpga o‘rab, og‘-riyotgan joyga qo‘yiladi.
5.3. Tayyor yig‘malar
Yig‘malar qadimdan dorixonada tayyorlangan. Hozirgi vaqtda ularning asosiy qismi farmatsevtika korxonalarida ish-lab chiqarilmoqda. Farmakologik qo‘mita to‘lonidan ishlab chiqilgan yig‘malarning hozirgi zamon retsepturasi davo-lovchi shifokorlarni to‘liq qoniqtiradi. Yig‘malarni zavod-larda tayyorlash dorixona ishini birmuncha yengillashtirdi. Tayyorlanishi oson bo‘lib ko‘ringan yig‘malarning tayyor-ianish texnologiyasi dorixonada birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirgan. Zavodda ishlab chiqarilayotgan yig‘malar tar-kibidagi o‘simlik qismlarining qirqilishi, sifati, yig‘ma­larning bir xilda aralashishining yuqoriligi, dozalanishining aniqligi katta samara berdi.
Zavodda tayyorlanadigan yig‘malar:
Astmaga qarshi yig‘malar Species antiasthmatica
Ko‘krak yig‘malari Species pectoralts
Ich yumshatuvchi yig‘malar, Species laxans
Burushtiruvchi yig‘malar Species adstrigens
Tinchlantiravchi yig‘malar Species sedativa
Yel haydovchi yig‘malar Species carminativa
Achchiq yig‘malar Species amara
O‘t haydovchi yig‘malar Species cholagoga
Ter haydovchi yig‘malar Species diaphoretica
Polivitaminlar Species polyvitaminica
To‘loqni chayqash uchun yig‘malarSpecies gargarishma
Hozirgi kimyo-farmatsevtika zavodlarida yig‘malar tax-tacha shokolad shaklida ishlab chiqarilmoqda. Buning uchun yig‘malar tarkibiga kiradigan xomashyolarni maydalab, aralashtiriladi va maxsus presslar yordamida presslanadi. Dozalarga-to‘g‘ri bo‘lishni osonlashtirish maqsadida har bir briket chiziqchalar bilan bo‘lib qo‘yiladi. Presslangan yig‘malar barqarorligi, transportda ocon tashilishi va doza-larga aniq bo‘linishi bilan dorixonada tayyorlanadigan yig‘malardan ustun turadi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin