O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Yarim tayyor mahsulotlardan murakkab kukunlar tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə139/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Yarim tayyor mahsulotlardan murakkab kukunlar tayyorlash
Murakkab kukunlarni berishni tezlashtirish uchun dori-xonada avvaldan retseptlarda tez-tez turuvchi ayrim dori pre-.paratlarning aralashmasi tayyorlab qo‘yiladi.
Masalan, quyidagi yarim tayyor mahsulotlar bo‘lishi mumkin:
1. Amidopyrinum + Analginum aa .
2. Acidum acetylsalicylicum + Phenacetinuma a a .
3. Acidum ascorbinicum 0,1 + Saccharum 0,25.
4. Papaverini hydrochloridum 0,02 +
+ Phenobarbitalum 0,05 + Saccharum 0,2.
5. Talcum + Zinci oxydum a a .
Dozalari to‘g‘ri kelganda, bu mahsulotni tayyor dori qilib ham chiqarish mumkin. Bunday hollarda faqat qadoq-lanib va kukun miqdori yozib beriladi. Ayrim hollarda ular murakkab kukunlarni tayyorlashda asos bo‘lib ham xizmat qiladi, u yoki bu komponentning dozasini oshirish mumkin. Masalan, 3 yarim tayyor mahsulot yuqori dozali askor-binat kislotasining kukunini tayyorlash uchun kerakli miq-dorda askorbinat kislotasining kukuni tortib qo‘shiladi. 6.21. Rp.: Theobromini 0,25 Phenobarbitali 0,05 Papaverini hydrochloridi 0,02 Sacchari 0,2 M.f. pulvis D.t.d. № 10
S. Kuniga 1 kukundan 2—3 marta. 6.21-retseptdagi kukunni tayyorlash uchun 4 yarim tay­yor mahsulotdan foydalaniladi. 2,7 yarim tayyor mahsulot-dan olib hovoncha teshiklarini qirib tashlab, so‘ngra mayda-lanadi va 2,5 g teobromin bilan aralashtiriladi. 5 yarim tayyor mahsulotlarni talk va rux oksid aralashmasi asos sifatida olib, turli murakkab tarkibli sepmalarni tayyorlash mumkin.
Suyuq dori turlari. Hozirgi zamon dorixona retsepturasida suyuq dori turlari asosiy o‘rinni egallab, umumiy hajmning 50 % dan ortig‘ini tashkil qiladi. Suyuq dori turlariga: erit­malar, to‘lchilar, osilmalar, emulsiyalar, ekstraksiya dori turlari (damlama, qaynatma, shilimshiqlar), linimentlar kiradi. Barcha suyuq dori turlari har to‘lonlama erkin sis-temalar bo‘lib, suyuq dispers muhitda dori moddalar eri-gan holda bo‘ladi. Dori moddalar uch xil agregat holatda bo‘ladi: qattiq, suyuq va gazsimon. Dori moddalarning dis­pers darajasiga ko‘ra, ular suyuq va gazsimon. Dori mod­dalarning dispers darajasiga ko‘ra, ular suyuq dispers muhit­da bo‘lishi mumkin: chin eritmalar, suspenziyalar, yuqori molekulali birikmalar eritmalari (YuMB), kolloid eritma­lar, emulsiya, asosiy dispers sistemalar bilan qo‘shilishi mumkin. Suyuq dori turlarining har xilligi dispers muhitning tabiatiga ta'sir ko‘rsatadi. Suvli va suvsiz suyuq dori turlari bo‘ladi. Suyuq dori turlari ikki xil: ichishga va sirtga mo‘ljal-langan dori turlari bo‘ladi. Suyuq dori turlarining ichishga rno‘ljallangan murakkab tarkibli bu eritmalar: suspenziya­lar, emulsiyalar va ekstraksion dori turlar avvaldan miks-turalar deb nomlanadi — Mixturae (lotincha misceo — ara-lashtirmoq). Miksturalar uchun suyuq muhit distillangan suvdir.
Sirtga qo‘llaniladigan suyuq dori turlari retsepturasi turli xil bo‘lib, qo‘llanilishiga ko‘ra: surtish uchun, artish uchun, yuvish uchun, g‘arg‘ara qilish uchun, huqna uchun va boshqalar. Bu hollarda suyuq muhit suvdan tashqari, boshqa erituvchilar ham bo‘lishi mumkin.
Suyuq dori turlari orasida ichishga va sirtga ishlatish uchun to‘lchilar asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘p qo‘llaniladigan dori turlari farmatsevtika fabrikalarida ishlab chiqariladi.



Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin