Lonogen bo‘lmagan emulgatorlar Ionogcn bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar - bu moddaning molekulalari dissotsiyalanish qobiliyatiga ega cmas. Ularning difil guruhlaridagi qutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. lonogen bo‘lmagan emulgatorlarning hozirgi davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
KRAXMAL - dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal yelimini turg‘unlashtirish xususiyati yomon emas.
N.G.Goyman to‘lonidan 1939-yilda dorixonada tayyoilanadigan emulsiyalar uchun taklif qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal yclimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oqsil moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va uning moddalaridan (0,30-0,62%) iborat. Boshoqli g‘alla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida
oz miqdorda yuqori moy kislota va 2-glisterin-fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va bo‘linishidan yopishqoq yelim gidrozoli hosil bo‘ladi.
Selluloza va uning hosilasi Sellulozaning molekula qatori kraxmalga o‘xshash bo‘lib, glukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo halqada joylashishi jihatidan farqlanadi. Scllulozaning tarkibida gidroksil guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash qobiliyati yuqori bo‘lgan birikmalar olish imkonini beradi
METILSELLULOZA- seilulozaning metil efiri, suvda eriydi.
KARBOKSIMETILSELLULOZA - sclluloza bilan glikol kislota- sidan hosil bo‘lgan efir. Karboksimetilsclluloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsclluloza va natriy karboksimetilsellulozani, emulsiya tayyorlashda l-2%li critmasi qoMlaniladi.
TVINLAR VA SPANLAR Sorbitalning sintetik hosilalari, emulsiya hajmining 5-10% hisobida ishlatiladi. Farmakologik jihatdan ular organizmga zararsiz.
EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
Mumga o‘xshash qattiq och jigarrang. Glitscrinni 16-18 uglerod ato‘lli moy kislotalari bilan 200°C da cterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogcn bo‘lmagan SFMning afzalligi emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga faqalgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik qoidasini tatbiq qilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining uzunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.