O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Suvli ajratmalarning afzalliklarli



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə163/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Suvli ajratmalarning afzalliklarli
1) juda kcng tarqalgan dori shakli;
2) tayyorlanishi oddiy;
3) erituvchi arzon;
4) ko‘pleks moddatarni eritadi,
5) oson dozalarga bo‘linadi;
6) saqlash uchun qulay;
7) murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi;
Kamchiliklari:
1) bu dori shaklini saqlash muddati kam bo‘lib, 2 sutkadir;
2) tez buzilib qoladi;
3) dorixonadan standart bo‘lmagan dori chiqariladi;
4) tayyorlash jarayoni ko‘p vaqtni oladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart Xomashyolar, maydalik darajalari NTH va DF talablariga javob beradigan bo‘lishi kcrak.
Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.
Damlama va qaynatmalarning yozilishi. Odatda damlama va qay- natmalar uchun shifokor retseptda faqat Xomashyo miqdori va ajratma miqdorini ko‘rsatadi.
Rp: infusi herbae Adonidis Vernalis 5,0-150,0 D.S.
Lekin shifokor faqat ajratmaning umumiy miqdorinigina ko‘rsatishi mumkin.
Rp: Infusi herbae Adonidis vernalis 180.0 D.S.
Bunday holda dorixona xodimlari Farmakopeya ko‘rsatmasiga amal qiladilar, ya'ni bahorgi adonis yer ustki qismi 1:30 nisbatda ajratma tayyorlanadigan o‘simliklar guruhiga kirganligi uchun:
1-30 x – 200.Demak, ajratma tayyorlash uchun 6,0 Xomashyo olish kerak.
Suvli ajratma olishning nazariy asoslari
Suvli ajratma olish 3 bosqichdan iborat:
l-bosqich. O‘simlik Xomashyosi suv bilan namlanadi va erituvchi uni ichiga kiradi. Kapillar kuchlar ta'sirida o‘simlik suvni o‘ziga shimadi. Suv hujayralararo bo‘shliqni to‘ldiradi, hujayra devorlari va devor yonlaridan hujayra ichiga kiradi. Buni biz endoosmos deymiz.

2- bosqich. «Birlamchi sharbatning» hosil bolishi. Hujayra ichidagi moddalar bilan crituvchi to‘qnashib chin eritma, YuMB, kolloid eritmalar, ya'ni moddalarni konsentrlangan eritmasi hosil bo‘ladi.


3- bosqich. Moddalarni o‘simlik Xomashyosidan suyuq muhitga o‘tishi massa almashinuvi deyiladi. Natijada birlamchi sharbatni yuqori kon- sentratsiyalari hujayra ichida osmotik bosim hosil qiladi, bu esa hujay- radagi bor narsalar bilan osmotik bosimi kam bo‘lgan moddalarni o‘rab olgan suyuqlik o‘rtasida diffuzion almashinuvi bo‘ladi. Birinchi galda harakatchan molekulalar ajraladi, sekinroq YuMB diffundirlanadi. Kolloid ko‘ponentlar eng kam tezlik bilan diffuziyalanadi.
Ekzo va cndoosmoslar eritmalarni hujayrani ichki va tashqi qismida bir xil bo‘lmaguncha o‘z-o‘zicha ketadi. Natijada molekular va konventiv diffuziyalanadi.
Molekular diffuziya - molekulalarning harorati harakatiga va mole- kulalar kinetik energiyasining zonasiga bog‘liq bo‘ladi
Molckular diffuziyani tczligi - ajratma haroratiga, diffuzion yuzaga, yuzani katta-kichikligiga, qatlam qalinligiga bog‘liq.
Moddalar joyining o‘zgarishi ma'lum vaqtga ham bog‘liqdir.
Konvcnt diffuziya - retseptni o‘zgarishi, aralashtirish qimirlatish natijasida, ya'ni suyuqliklarni aralashishiga bog‘liq sabablardir.
Konvent diffuziya shunday qonunga bo‘ysunadiki, bunda konvent diffuziya tezligi, fazalarning yuza kontaktlari oshishi, konsentratsiya farqi, jarayoni davo‘iyligi va konvent diffuziya koeffitsiyenti oshishi biian tezlashadi.
S - F(C-c)t
F - konvent diffuziya kocffitsiyenti.
S - diffundirlangan moddalarning miqdori.
C-c - konsentratsiyalar farqi.
t — diffuziya vaqti.
Shunday qilib, ta’sir qiluvchi moddalarni o‘simlik Xomashyolaridan ajralishi diffuziya, dcsorbsiya, eritish, dializ va yuvilish jarayonlari boiib, ular o‘z-o‘zidan va bir vaqtda boiadi.
Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda uzoq vaqt qoilanib kelingan usul ilmiy asosga ega boimagan edi. Damlama va qaynatmalar tayyorlashga xususiy yondashish, tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash USh DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid saqlaydigan Xomashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini qo‘shish taklif qilindi. Undan tashqari Xomashyo 3 darajadagi maydalikda qo‘llaniladi. Qaynatmalar uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.
Shunday bo‘lsa ham, ularni tayyorlashning asosini dastlabki univcrsal usul, Xomashyoga sovuq suv solib suv hammo‘ida IS daqiqa (damlama) va 30 daqiqa (qaynatma) qizdirish tashkil etadi. Hajmi 1—3 / bo‘lgan ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 daqiqagacha qaynatmalar uchun 40 daqiqagacha uzaytiriladi.
Dorivor o‘simliklar Xomashyosidan ta'sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga ta'sir etuvchi o‘illar. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo‘ysuniladi. Lekin ular ko‘proq zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o‘ziga xos jihatlarini e'tiborga olish lozim:
1. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o‘simliklar qismining maydalanganlik darajasi, shu doriga xos bo‘lgan maqolalarda keltirilgan me'yorlashtirilgan bo‘lishi kerak. Xususiy maqola bo‘lmasa XI DF bo‘yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o‘simlik qismlari quyidagi maydalikda bo‘lishi kerak: bargi, guli va o‘lari 5 mm gacha bo‘lgan maydalikda, poya, po‘sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urug‘ va mevasi - 0,5 mm dan katta bo‘lmagan zarrachalarda va hokazo.
2. Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish maqsadida doimo o‘simlik Xomashyosi zarrachalariga ekstragent yangi qismlarini mumkin qadar davriy ravishda yuborib turish kerak. Bu aralashmani aralashtirish yo‘i bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.
Shuni hisobga olib, XI DFda damlama va qaynatmalarni tayyorlashda Xomashyoni damlab, doimo aralashtirib turish ko‘zda tutilgan Xomashyo va ekstragentning o‘zaro nisbati ham belgilangan.
3. DFda damlama va qaynatmalar tayyorlanishida Xomashyo va ajratuvchining nisbati.
0‘simlik miqdori haqida biron-bir ko‘rsatma bo‘lmasa damlama va qaynatmalari 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Adonis o‘idan, valeriana ildizi va ildiz poyasidan 1:30 nisbatda. Kuchli ta'sir etuvchi modda saqlagan o‘simlik qismidan suvli ajratmalar odatda ekstrakt (konsentrat)laridan 1:400 nisbatda tayyorlanadi. Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentratjdan tayyorlanganda uni miqdorini o‘simlik miqdoridek qilib olish kerak.
4. Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori ta'sir etuvchi moddalarni toliq ravishda olishga imkon berishi zarur.
5. Muhitning ta'siri.
6. Vaqt rejimi.
7. Xomashyo standartligi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin