Shilimshiq saqlovchi 0‘simliklardan suvli ajratmalar olish (mucilago - shilimshiq) 0‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib kolloid eritma hosil qiladi.
Bu guruhdagi suvli ajratmalarni oddiy qilib shilimshiqlar deb atadik. Bular quyuq bo‘lib YuMB eritmalar hisoblanadi.
Shilimshiq eritmasi tarkibidagi modda-zarracha suv bilan yaxshi qovushadigan zarracha bo‘lib, u shu xususiyati bilan osilma zarracha- sidan farqlanadi.
U o‘z atrofiga suv molekulalari qavatini to‘playdi. Bu suv qavati shilimshiq zarrachalarini eritma tarkibidagi turg‘unligini ta'minlaydi.
Agar shilimshiq zarrachalari qavatidagi suv molekulasini olib qo‘ysak (masalan, spirt qo‘shilsa) unda shilimshiq zarrachalari cho‘kmaga tushadi.
Shilimshiqlarda yuqori qovushqoqlik bo‘kuvchanlik va boshqa YuMBni xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ularni huqnalar (klizmalar) tarkibida, stabilizator va emulgatorlar sifatida ishlatiladi. Shilimshiqlar
tayyorlash uchun turli xil o‘simlik Xomashyolaridan foydalaniladi. (Gulxayri ildizi, salep tuganagi, zig‘ir urug‘i, behi urug‘i), Ularni tayyorlash usullari o‘simlik Xomashyosini gistologik tuzilishi va uni kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda tanlanadi.
Mavzu: Linimentlar Reja: 1.Linimentlargata’rif, sinflargabo‘linishi. Linimentlarga retsept yozish.
2.Linimentlaruchunasoslar.
3.Gologen va geterogen linimentlarni sovunli va moyli linimentlarni tayyorlash, sifatini tekshirish.
Linimenllar - quyuq suyuqlik bo‘lib, sirlga surtish uchun mo‘l- jallangan va teri haroratida eriydigan dori shakllariga kiradi.
Linimcnt lotincha so‘z bo‘lib, linira - surtish degan ma'noni anglatadi.
Linimentlar bir yoki bir nccha dorivor moddalardan hamda asos- lardan tashkil topgan. Asos sifatida o‘simlik yog‘lari (kungaboqar, shaftoli, kanakunjut), vazelin moyi, xloroform va esilonlar ishlatiladi.
Liniment dori shakli tarkibidagi asos xususiyatiga ko‘ra ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) moyli asoslardan tashkil topgan linimcntlar - Olimenta;
2) sovunli asoslardan tashkil topgan linimentlar- Sapolinimenta.
Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko‘ra linimentlar turli xil bo‘lib, o‘zida
eritma, emulsiya, suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassam- lashtiradi.
Linimentlar qadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «linimentlar» deb ataluvchi umumiy maqola keltirilgan.
X DF ko‘rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni moyda va suvda ham moyda ham crimaydigan moddalarni suspenziya ko‘rinishida linimcnt tarkibiga kiritish kcrak. Shunga ko‘ra linimentlar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda uchrashi mumkin.
Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bcmorga bcrishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek quyidagi ehtiyot yozuvlari (etiketkalari) bo‘lishi lozim:
«Salqin joyda saqlansin», «lshlatishdan oldin chayqatilsinw, «Yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin» va boshqalar.
Linimentlar uzoq muddat uchun tayyorlanib, ularga «Qo‘llashdan oldin chayqatilsinw, «Salqin joyda saqlansin» kabi qo‘shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak.
Linimentlar og‘zi zich berkitilgan shisha idishlarga solinishi kerak.