Moyli linimentlar - olimenta Go‘ogen tipdagi linimentlarni tayyorlash. Bu tipdagi linimcntlar dorivor moddalar asosda criganda yoki rctscptda faqat suyuqliklar yozilganda hosil bo‘ladi. Go‘ogen linimcntlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishda tayyorlanadi. Buning uchun qattiq moddalarni asosda eritib, uchuvchan va kuchli hidga ega bolgan moddalar oxirida qo‘shiladi.
Rp: Chloroformii
01. Camphorati
01. Hyoscyami
01. Terebinthini rectificati 15,0 M.f. linimenta D.S. Surtish uchun.
Berilgan retsept tarkibida faqat suyuq holdagi bir-birida yaxshi eruvchi dorivor moddalar keltirilgan. Linimentni tayyorlash uchun bemorga beriladigan idishda kamfora moyi bilan mingdevona moyini aralashtirib, so‘ngra xloroformni va oxirida tcrpcntin moyini qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor liniment yuqorida aytib o‘tilgandek, kerakli yorliqlar yopishtirib jihozlanadi.
Rp: Jodi 1,0 Mentholi Novokaini 2,0 Spiritus aethylici 10,0 Chloroformii 25,0 Parafini 10,0 M.f. linimenta D.S. Surtish uchun.
Alohida idishda mcntol va novokain etil spirtida eritiladi. Bemorga beriladigan idishga yod, maydalangan parafin va xloroform solinib, og‘zi zich berkitiladi. So‘ngra ehtiyotlik bilan suv hammo‘ida yod va parafin to‘liq eriguncha qoldiriladi. Aralashma sovigach ustiga mentol va novokainning spirtli eritmasi solinadi va to‘iq soviguncha yaxshilab aralashtiriladi, jihozlanadi.
Rp: Oleum Hyoscyami 15,0 Chloroformii 15,0 Methyli salicylatis 10,0 MDS. Og‘rigan bo‘g‘imlarga surkalsin.
Pasporti:
Mingdevona moyi 15,0
Xloroform 15,0
Metilsalitsilat 10,0
Umumiy og‘rligi 40,0.
Bu retscptni tayyorlash uchun bemorga beriladigan quruq shisha idishga metilsalitsilat, mingdevona moyi va oxirida xloroform tortib olinadi, yaxshilah aralashtiriladi. Tayyor linimcntga tegishli etiketka yopishtirilib, bemorga berish uchun tayyorlanadi.
Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Suspenziya tipidagi linimentlar dorivor moddalar asosda hamda suvda erimagan vaqtda hosil bo‘ladi. Bunday linimentlar osilmalar (suspenziyalar) texnologiyasiga asoslanib tayyorlanadi. Suspenziya tipidagi linimentlar turg‘unligini oshirish maqsadida ularga sirt-faol moddalar qa'shiladi.
Rp: Xeroformii
Picis liquidae aa 3,0
Olei Ricini 94,0
M.D.S. Vishnevskiy surtmasi.
Pasporti:
Kseroform 3,0
Qoramoy 3,0
Kanakunjut moyidan 94,0
Umumiy og‘irligi 100,0.
Kseroform suvda, yog‘da crimaydi, shuning uchun preparatga suspenziya holida qo‘shiladi. Retseptni tayyorlash uchun kseroform qoramoy bilan yaxshilab eziladi, so‘ngra oz-ozdan muntazam aralashtirib turgan holda, kanakunjut moyi qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan linimentga kerakli yorliq yopishtirilib kasalga beriladi.
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen sistema bo‘lib, suvning yog‘dagi yoki yog‘ning suvdagi emulsiya tiplari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg‘unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo‘shiladi. Emutsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum ammoniatum seu Linimentum volatile) ni, ohakli liniment (Linimentum calcis) ni misot qilib keltirishimiz mumkin.
Rp: Solutio ammonii caustici 25,0
Acidi oleinici 1,0 Olei Helianthi 74,0 MDS.
Pasporti:
Novshadil eritmasi 25,0 ml Olein kislotasi 1,0 Kungaboqar moyi 74,0
Umumiy og‘irligi 100,0.
Retseptni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungaboqar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib otib, to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil oq rangli suyuqlik hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi - oleat ammoniy o‘taydi.
CnNMCOOH + NH, = C„H3COONH4
Uchuvchan liniment bir xil oq-sarg‘ish rangli quyuq suyuqlik bo‘lib, kuchli ammiak bidiga ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan holda bu liniment keragida tayyorlanadi.
Rp: Aquae calcis
Ol. Lini ana 50,0 M.D.S. Ohakli liniment.
Ohakli liniment suvning moydagi cmulsiyasi bo‘lib, aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan kalsiyni yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan tuzi - emulgator hisoblanadi, bemorlarni davolashda juda keng qo‘laniladi.
Tayyor linimentga kerakli ctiketka yopishtirib beriladi.