21.3. Inversion eritmalarning xususiy texnologiyasi
Inyeksion eritmalar hajm og‘irlik konsentratsiyasi bo‘yi-cha tayyorlanadi. Kerakli miqdordagi dori moddani tortib olinadi va o‘lchov kolbasida bir qism suvda eritiladi va kerakli hajmgacha eritmaga suv quyiladi. O‘lchov kolbasi bo‘lmagan paytda suv miqdori hisoblanadi, bunda hajm o‘sish koeffitsiyenti hisobga olinadi (8.2-jadvalga qaralsin).
Sterilizatsiyaga chidamsiz moddalarning eritmalari. Ba'zi dori moddalar (masalan, barbamillar, medinol, eufil-lin, aminazin, rivanol va boshq.) qizdirish vaqtida parchala-nib ketadi. Ayrim preparatlarni esa sterillash shart emas. Chunki ularning o‘zi mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega (masalan, geksametilentetramin). Bunday preparatlardan dori turlari aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko‘z to‘lchilari, surtmalar va antibiotiklardan tayyorlanadigan dori turlari hamda ba'zi sepma dorilar ham aseptik sharoitda tayyorla nadi. Sterillangan modda qizdirilganda tez parchalanadi-gan bo‘lsa va undan tez-eritma tayyorlab berish talab qilin-sa, XI DF ko‘rsatmasiga asosan, eritmaga 0,5 % fenol yoki 0,3 % trikrezol qo‘shiladi. Bunday eritmani xlorbutanolgid-ratning to‘yingan eritmasida aseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin. Tayyor preparatni suvga solib, qizdirish 80°C da 30 minut davom ettiriladi. Bu usulda tayyorlangan dori turlari «aseptik tayyorlangan» yorlig‘i yopishtirilgan idishda be-riladi. Inyeksiya uchun ishlatiladigan suspenziya va emulsi-yalar ana shu usulda tayyorlashga misol bo‘la oladi.
21.2. Rp.: Solutionis Hexamethylentetramini 40 % 100 ml Sterilisetur!
D.S. Vena to‘liriga 20 ml. dan kuniga 3 mahal.
Agar o‘lchov kolbasi bo‘lmasa, unda quyidagicha hisoblanadi. 40 % geksametilentetraminning zichligi —1,088 g/sm3. 100 ml eritmaga 100 • 1,088 = 108,8 ml to‘g‘ri keladi, suv miqdori 108,8 - 40 = 68,8 ml bo‘ladi.
Boshqa hisob bo‘yicha: geksametilentetraminning hajm o‘sish koeffitsiyenti — 0,78. 1 g.ni eritish uchun uning suvli eritmasining hajmi 0,78 ml.ga o‘sadi, 40 g.ni eritish uchun 0,78 • 40 = 31,2. Bundan inyeksiya uchun suvning miqdori 100 — 31,2 = 68,8 ml olinadi. Sterillangan idishga aseptik sharoitlarda 68,8 ml inyeksiya uchun suv o‘lchab olinadi, 40 'g geksametilentetramin inyeksiya uchun tortib olinib, idishga solinadi. Distillangan suvni olib qo‘llanilishdan 30 minut avval qaynatiladi. Flakonlar neytral shishadan yasalgan bo‘ladi. Preparat XI DF talablariga javob berishi lozim. Eufillmning inyeksion eritmalari: 12 % eritmasi is-siq Sterilizatsiyaga chidamsiz, 2,4 eritmasini oquvchan bug‘da 100°C da 30 minut sterillanadi.
Dostları ilə paylaş: |