O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Dori turlari texnologiyasi fanining asosiy maqsadi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə5/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Dori turlari texnologiyasi fanining asosiy maqsadi
Dori turlari texnologiyasi dori moddalaridan turli xil dori shakllari tayyorlashda amaliy va nazariy muammolar bilan shug‘ullanuvchi asosiy farmatsevtik fanlardan biridir. «Texnologiya» grekcha so‘z bo‘lib technc- san’at, mohirlik, ustalik va logos - ta'limot, bilim dcmakdir. «Dori texnologiyasi» - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri dori tayyorlash tcxnikasini mohirlik, ustalik va san’atkorlik bilan o‘rganish demakdir.
Dori turlari texnologiyasi fanining asosiy maqsadi - har bir dori moddasini fizik va kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda uning ta’sir nuqtasi va yo‘llarini o‘rganib, unga to‘g‘ri dori shaklini berish va tayyorlash usulini o‘rganishdir Bu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar turadi.
I.Dori moddalaridan o‘ziga xos dori preparatlarini yaratish. Har bir dori moddasiga o‘ziga xos shakl berilgandagina uning ta'sir darajasi qoniqarli bo‘ladi.
Dori moddasidan dori preparatini tayyorlashda, albatta, uning fizik va kimyoviy xususiyatlari hisobga olinadi. Bundan tashqari, shudori moddasi tanada qanday ta'sir ko‘rsatishi kerakligi, ya'ni tananing ma'lum bir qismida so‘rilib, organizmga qanday ta'sir qilishi hisob- ga olinadi. Shundan so‘ng bu moddadan dori preparati yaratish sharo- itlari ishlab chiqiladi. Bu doriga qanday shakl berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlardir. Misol tariqasida penitsillinni ko‘rishimiz mum- kin. Penitsillin antibiotigi yangi topilgan davrda har xil dori shakli ko‘rinishida ishlatilgan edi, ya'ni og‘iz orqali, teri ostiga va mushak orasiga eritma sifatida qo‘llangan. Penitsillin antibiotigini dori shaklida o‘rgangandan so‘nggina, bu antibiotik ta'siri faqat inyeksiya holida qoniqarli bo‘lishi hamda og‘iz orqali qabul qilish uchun uning kislotali sharoitda turg‘un shakli (hozirda fenoksimetilpenitsillin) yaratilishi zarurligi aniqlangan.
II. Dori shakli va dori preparati sifatini aniqlash usullarini yaratish. Har bir dori sbakli va dori preparatiga qo‘yiladigan talablar bor. Masalan, hab dori shakliga qo‘yiladigan talablar: og‘irligi 0,1-0,5 oralig‘ida bo‘lishi: tashlanganda koptok singari sakrash xususiyati; yuzasi quruq va tckisligi; parchalanish vaqti 1 soatdan oshmasligi kerak Bular hammasi hab dori shakliga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi.
III. Dori sifatini aniqlashning mukammal usullarini yaratish.
1. Sifat belgilari. 2. Miqdor belgilari.
IV. Dori moddalarini dori shakli tarkibidagi faol ko‘lponcnt hisobida o‘rganish.
V. Yangi fiziologik jihatdan indifferent turg‘unlashtirish usullarini yaratish va o‘rganish.
VI. Yangi qadoqlash usullarini o‘rganish.
VII. Yangi sterilizatsiya usullari va saqlash muddatini uzaytirish yo‘llarini o‘rganish.
VIII. Yosh bolalar va qariyalar uchun dori shakllarini yaratish va o‘rganish.


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin