Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi.
Issiq kartoshka usuli
Issiq kartoshka didaktik usulining mohiyati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarga o‘qituvchitomonidan kichik hajmdagi koptokchani (masalan, tennis koptokchasi va hokazo) uloqtirib, savol tashlaydi va o‘yinni boshlab beradi. Koptokchani ilgan o‘quvchi uni qo‘lida uzoq vaqt saqlamay, tezkorlik bilan savolga javob berishi zarur bo‘ladi. Savolga javob bera olsa o‘zi ham koptokchani xohlagan bir o‘quvchiga savol bergan holda uzatadi. Agarda savolga javob beramasa, bunday holatda koptokchani navbatdagi o‘quvchiga o‘tkazib yuborishi
l
Kichik guruhlarga topshiriq beriladi
ozim bo‘ladi. Shu tariqa o‘yin davom etadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning darsda faolligi va savollarga aniq javob bera olishini kuzatib turadi. Ko‘proq savollarga javob bergan o‘quvchilar baholanadi.
№ 4 ILOVA
Test savollari
1. Pastalar bu nima?
A. tarkibida 10% va undan ko‘p qattiq fazali dori modda saqlagan suspenzion tipdagi surtmalar;
B. tarkibida 15% va undan ko‘p qattiq fazali dori modda saqlagan suspenzion tipdagi surtmalar;
C. tarkibida 20% va undan ko‘p qattiq fazali dori modda saqlagan suspenzion tipdagi surtmalar;
D. *tarkibida 25% va undan ko‘p qattiq fazali dori modda saq’lagan suspenzion tipdagi surtmalar;
2. Pastalarni surtmalardan tayyorlash tehnologiyasi jarayonida oziga hos va ajralib turish sababi:
A.* tarkibida bir necha quruq modda saqlasa ham tayyorlashda hech qanday suyuqlik ishlatilmaydi.
B. tarkibidigi moddalar faqat isitib maydalanadi;
C. tarkibidagi moddalar spitda eritilib maydalanadi;
D. tarkibida bir necha quruq modda saqlab uni tayyorlayotganda ko‘p miqdorda suyuqlik ishlatiladi.
№ 5 ILOVA
Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
O‘quv mashg‘ulotda o‘quv ishlarini baholash mezoni bilan tanishtiradi.
Dars mobaynida faol qatnashgan, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan va mashg‘ulotlarni yetarli darajada o‘zlashtira olgan hamda auditoriyadagi o‘quvchilarga mavzuni izohlab, tushuntirib bera olgan o‘quvchilarga 5 ball;
O‘rtacha faol qatnashgan ba’zi kichik xatolarga yo‘l qo‘ygan, mavzu bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarga 4 ball;
Darsning ayrim bosqichlarida o‘zini namoyon qilgan, lekin yetarli darajada darsni o‘zlashtira olmagan, fikri sayoz bo‘lgan o‘quvchilarga 3 ball qo‘yiladi.
Mashg‘ulot davomida passiv harakat qilgan, o‘tilgan va yangi darsl mavzularni to‘la o‘zlashtira olmagan va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘zining erkin fikri va tushunchasiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar ogohlantiriladi.
№
Dostları ilə paylaş: |