O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Tayanch bilimlarini faollashtirish



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə75/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Tayanch bilimlarini faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
2.Maqsad va vazifani belgilanadi:
3.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalari bilan tanishtiradi.
4.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi:
5.O‘quv mashg‘ulotda o‘quv ishlarini baholash mezoni bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimni faollashtirish.
6.Tezkor so‘rov, savol-javob
Yangi o‘quv mavzu bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibi bayon etiladi.
8.Yangi mavzu bo‘yicha asosiy bilimlar bayon qilinadi. (1-ilova)
Yangi o‘quv mavzusini mustahkamlash:
9.Mustahkamlash uchun kichik guruhlarga savollar beriladi. (2-ilova)
10.Aqliy hujum metodidan kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. ( 3-ilova) Har bir guruhga topshiriq beriladi( 4-ilova). Baholash mezoni bilan tanishtiriladi. (5-ilova). Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi ( 6-ilova).
11.Har bir guruh ishtirokchisi vazifani bajarib ko‘rsatadi. O‘qituvchi bajarilayotgan vazifani kuzatib boradi.
12.Guruh a’zolari diqqat bilan bir-birini tinglab kuzatadi va bir birini baholaydi. O‘qituvchi tomonidan kamchiliklar ko‘rsatilib xulosa chiqariladi.
13.Berilgan ma’lumotlarni daftarga qayt etish eslatiladi. Mavzuning tibbiy axamiyatiga e’tibor bergan xolda yakunlanadi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.


Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar


Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar
Kichik guruhda ishlash qoidagi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o‘z topshiriq varaqlari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi
Har bir guruh sardorilari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.


Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)

Mashg‘ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi.
2.Kelgusi mashg‘ulotga bajarib kelish uchun uyga vazifa beriladi. ( 7-ilova)



1.1. Tinglaydi, izohini eshitadi. Uyga vazifani tushunib kerakli joyini yozib oladi
1.2. Tanishadilar, yozib oladilar


Yangi mavzu bayoni

1 ILOVA

Jo‘valash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda, faqat kakao moyi va uning hosilalari qo‘llanilishi mumkin. Kakao moyini qirg‘ich tegirmon orqali o‘tqazib maydalanadi. Maydalash uchun esa sovitilgan kakao moyi olish maqsadga muvofiqdir.


Jo‘valash usulida shamchalar tayyorlash. Shamchalarni jo‘valash usulida tayyorlash uchun retseptdagi moddalarning yog‘dagi va suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi.
Shamchalarni jo‘valash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo‘lgan dori moddalar va shamcha asosining kerakli miqdori hisoblanib, pasport tuziladi. Chinni hovonchaga dori modda solib maydalanadi. Dori moddaning xususiyatlari va eruvchanligini hisobga olgan holda uni oz miqdor suvda yoki suyultirilgan asosda eritib olish mumkin. Suvda va moyli asosda erimaydigan dori moddalarni esa suspenziya tayyorlash qoidasiga ko‘ra qo‘shiladi. Agar shamcha tarkibiga «A» va «B» ro‘yxatdagi dori moddalar kirgan bo‘lsa, u holda X DFda keltirilgan jadvaldan foydalanib, bu moddalarni ichish uchun belgilangan yuqori doza qoidasiga amal qilish kerak bo‘ladi. Hovonchadagi maydalab yoki eritib olingan dori modda ustiga oz-ozdan shamcha asosi qo‘shib aralashtiriladi. Shamcha asosi oldindan qirg‘ich orqali maydalab chiqarilgan bo‘lishi kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi va dori moddani xuddi elaki dorilardagi singari hovoncha dastasi bilan aylanma harakat yordamida aralashtirilsa, moddalar aralashuvi yaxshi bo‘lmaydi va shamcha asosi tez suyulib ketadi. Shuning uchun aralashtirish jarayonini yaxshilash maqsadida ularni dasta yordamida ezg‘ilash kerak. Ezg‘ilash davo‘ida moddalar plastmassa kurakcha yordamida hovoncha devorlaridan ko‘chirib turiladi. Hosil bo‘lgan shamcha massasi hovoncha devoriga yopishib qolmaydigan qattiqroq xamir holatida bo‘lish kerak. Agar tayyorlangan shamcha massasi muloyim (plastik) holatga kelmasa, ya’ni uvalanib ketsa, u holda qovushqoqlikni oshirish uchun ozgina suvsiz lanolin (har 30 g shamcha massasiga 1-1,5g hisobida) qo‘shib aralashtiriladi. Shamcha massasi tayyor bo‘lgach, uni toza mumiangan yoki pergament qog‘ozga o‘rab, tez-tcz harakat yordamida kaftlar orasida siqilib, zuvala hosil qilinadi. Shamcha zuvalasi tortilib pasportga yozib qo‘yiladi. Shamcha dorini hab dori tayyorlash moslamasining oynasiga qo‘yib, jo‘va yordamida uni g‘o‘)acha shakliga kelliriladi. G‘o‘lachaning yo‘g‘onligi barcha ycrida bir xil bo‘lishi kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi turlicha bo‘lib qoladi. G‘o‘achani keskich yordamida retseptda ko‘rsatilgan miqdorida tcng bo‘linadi Har bir bo‘lak yassi taxtacha (rolik) yordamida zoldir holiga keitiriladi. Retseptda zoldir tayyorlash aytilgan bo‘lsa, shu holda qoldiriladi. Agar boshqa shakl yozilgan bo‘lsa, jo‘vani tekislikka nisbatan qiya ushlagan holda zoldirga konus, torpedo shakllari yoki jo‘vani tekislikka gorizontal tutgan holda zoldirni o‘ng va chap to‘onlarga bir nccha marta dumalatib tayoqcha shakli beriladi. Tayyor bo‘lgan shamchalarni yupqa, mumlangan yoki parafinli qog‘oz bo‘lakchalarjga o‘raladi. Zoldir va tayoqchalar gofrillangan qog‘ozda, karton qutilarda beriladi. Qutilarga «Sirtga ishlatish uchun», «Salqin joyda saq!ansin» singari yozuvlari bo‘lgan yorliq yopishtiriladi.
2-ILOVA

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin