Ikkinchi bosqichda virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi. Bu bosqichdaquyidagilar bajariladi:
- Axborot resurslarini turkumlashningturi;
- Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlovchi kuchlami yaratish -
Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizlik siyosati ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichda dasturiy vositalari, axborot resurslarini inventarizatsiyalash va monitoringini avtomatlashtirish vositalari tanlanadi. Virusga qarshi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yichatashkiliy tadbirlar ro‘yxati ishlab chiqiladi.Natijada korxonaning virusga qarshi xavfsizligini ta’minlovchi rejaishlab chiqiladi.To‘rtinchi bosqichda virusga qarshi tanlangan va tasdiqlangan xavfsizlik rejasi amalgaoshiriladi. Bu bosqichda virusga qarshi vositalar yetkazib beriladi, joriy etiladi va madadlanadi. Natijada korporativ virusga qarshi himoyalashning samarali tizimi yaratilishiga imkon tug‘iladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Virusga qarshi himoyaga ega korporativ tarmoqning namunaviy arxitekturasini tushuntirib bering.
2. Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ tizimni qurishda bajariladigan himoyalash variantlarini tanlashning mohiyatini tushuntirib bering.
3. Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ tizimni qurishda bajariladigan virusga qarshi siyosatni ishlab chiqish afzalligi.
12-MAVZU: Dasturlarni kompyuter viruslaridan himoya qilish choralari
Reja:
Kompyuter viruslarining tarqatishning klassik (mumtoz) usullari
Troyan dasturlar,Mantiqiy bomba viruslari.
Dostları ilə paylaş: |