Axborotni himoyalash konsepsiyasi – axborotni himoyalash bo‘yicha qarashlar va umumiy texnik talablar tizimi. Hozirda 29-avgust 1997-yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib, milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston Respublikasining suv erenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi. Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:
- iqtisodiy xavfsizlik; - ichki siyosiy xavfsizlik; - ijtimoiy xavfsizlik; - ma’naviy xavfsizlik; - xalqaro xavfsizlik; - axborot xavfsizligi; - harbiy xavfsizlik; - chegaraviy xavfsizlik; - ekologik xavfsizlik.
Ijtimoiy xavfsizlik - shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ma’naviy xavfsizlik – bugungi kunda inson ma’naviyatiga
Qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib turiladigan kichkin axaborot ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.