Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Asimmetrik shifrlashning birinchi va keng tarqalgan kriptoalgoritmi RSA nechinchi yilda standart sifatida qabul qilindi?
Maxfiy kalitdan kimlar foydalangan?
Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatishi nechi bosqichda amalga oshiriladi
21-MAVZU:Kriptografik axborot xavfsizligi vositalari.
Reja:
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik alomatlar.
FAL VA FAR hatoliklarni tasdiqlash va oshkor qilish tizimi.
Sensorning ishlash pirinsipi.
M.T Xorij tajribasini tadqiq etish
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik alomatlar quyidagilar: • barmoq izlari; • qo ‘ 1 panj asining geometrik shakli; • yuzning shakli va o‘lchamlari; • ovoz xususiyatlari; • ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi. Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namu- naviy sxemasi quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga olinishida foydala- nuvchidan o‘zining xarakterli alomatlarini bir yoki bir necha marta namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar tizim tomonidan qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi. Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda elektron shaklda saqlanadi va o‘zini qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni tekshirishda ishlatiladi. Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan ro‘yxatga olinganlarining mosligi yoki mos kelmasligiga qarab, qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtayi nazaridan biometrik auten- fikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: • xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate); • xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarmrate). Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda pay do bo‘ladi (odatda FRR qiymati, taxminan, 100 dan bimi tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati, taxminan, 10000 dan bimi tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir-biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozla- nadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiq- laming istalgan koeffitsientiga erishiladi.
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi. Biometrik tizimlaming aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega.
Bunday tizimlaming keng tarqalishiga asosiy sabab, barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoq- ning turli holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar baza- sidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarak- terli rasmini qaydlovchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalami ishlab chiqamvchilaming ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiya- lashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi. Bunday texnologiyalami ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan, elektrik, elektromagnit va boshqa usullami amalga oshimvchi vositalardan foydalanadilar. Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakliantirish maqsadida teri qismlarining sig‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarim-o‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu asbobga qo‘yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (6.6- rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatoming 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini o‘lchaydi.
Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo'lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kom- paniyasida ishlatiluvehi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlami smart-kartalar va karta-kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.