2.2-rasm.
Nootebook kompyuter
Shaxsiy kompyuterlar
– uyda va ish joyida turli masalalarni
yechishda foydalaniladigan kompyuterlar.
Axborotlarga ishlov
berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy
masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
2.3-rasm. Shaxsiy kompyuter
Server kompyuterlar
– bu turdagi
kompyuterlar tarmoqdagi
foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish va tarmoqdagi boshqa
kompyuterlarga oʻz resurslarini taqdim etish uchun moʻljallangan.
Koʻp tarmoqlar serverlardan foydalanadilar. Server kompyuterlar
katta va yuqori quvvatli boʻlib,
katta hajmdagi axborotlarni
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan. Server
kompyuterlar katta xonalarda yoki binolarda saqlanadi va moʻtadil
havo harorati sovutish tizimlari orqali nazorat qilib turiladi.
27
2.4-rasm. Server kompyuter
2.5-rasm.
Super kompyuter
Super kompyuter
– katta va eng kuchli kompyuter turi boʻlib,
katta xonalarni va ba’zida bir nechta qavvatlarni tashkil etadi.
Superkompyuterlar kriptoanaliz, molekulalarni modellashtirish, ob-
havo ma’lumotlarini bashoratlash va iqlim kartografiyasi sohasida
keng qoʻllaniladi. Superkompyuterlar
hukumat ishlarida va
akademik ilmiy tadqiqotlarda yuqori texnologiyalar asosida keng
foydalaniladi
7
.
7
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. P 13-16.
28
Superkompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta
hajmdagi masalalarni yechish uchun moʻljallangan tizimdir.
Hozirgi kunda Xitoy davlati tomonidan yaratilgan “Sunway
TaihuLight” nomli superkompyuter
dunyodagi eng tezkor
hisoblanadi. Bu superkompyuter 93 petaflops (
15
93*10 ) hisoblash
tezligiga ega.
Dostları ilə paylaş: