Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


 Shaxsiy kompyuterning tashkil etuvchilari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Axborot texnologiyalari

2.2 Shaxsiy kompyuterning tashkil etuvchilari
Kompyuter – elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul 
qilish, yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, 
hisoblash kabi imkoniyatlarga ega boʻlgan qurilma.
 
Kompyuter boshqaruv, ilmiy izlanishlar, loyiha-konstruktorlik, 
hisobot, statistika va iqtisod sohasidagi mutaxassislarni mehnatini 
yengillashtirish va hisoblash ishlarini avtomatlashtirish uchun 
xizmat qiladi. 
Shaxsiy kompyuter bir joyda ishlatishga moʻljallangan boʻlib, 
tarkibiga quyidagi monitor, tizimli blok, klaviatura, sichqoncha 
qurilmalar kiradi
8
(2.6-rasm). 
2.6-rasm. Kompyuterning asosiy qurilmalari 
Monitor (Ekran)
– kompyuterdan foydalanuvchiga 
axborot 
uzatishga 
moʻljallangan. 
Monitor 
kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan 
axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan 
qurilma.
 
Hozirgi
vaqtda quyidagi monitor turlari mavjud: 
– elektron-nur trubkali monitorlar;
– suyuq kristalli monitorlar;
8
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 13-14. 
29


– plazmali monitorlar

Tizimli blok
odatda desktop (yassi) yoki town 
(minora) koʻrinishida ishlab chiqariladi. Tizimli blok – 
kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib u
quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
– Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. 
mainboard – Asosiy plata; materinka) shaxsiy 
kompyuterning asosiy komponentlari
(Markaziy protsessor, tezkor xotira kontrolleri, yuklanuvchi 
doimiy xotira, BIOS kontrollerlari) oʻrnatiladigan plata.
– Markaziy protsessor (ingl. central 
processing unit – CPU, markaziy hisoblash 
qurilmasi); Markaziy protsessor millionlab 
tranzistorlar 
va 
yoʻlakchalardan 
iborat 
tashkil top- 
gan, boʻlib u oldindan kiritilgan yoʻriqnoma asosida 
ma’lumotlarni tezkor qayta ishlashga moʻljallangan.
Markaziy protsessor oʻz ichiga quyidagi komponentalarni 
oladi
9


Boshqarish blogi. Markaziy protsessor orqali axborotlar 
oqimini boshqarish. 

Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi qismi. 
Axborotlarni qayta ishlashlaydi va natija chiqaradi. 

Registrlar. Yoʻriqnomalar va axborotlarni saqlashga 
moʻljallangan. Registrlarni bir nechta turlari mavjud boʻlib, 
ma’lum bir maqsadga moʻljallangan.
Har bir dastur buyruqlar ketma – ketligidan tashkil topadi. 
Protsessor shu buyruqlarni bajaradi. Protsessorlar oʻta katta integral 
sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda 
bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gerts) larda 
oʻlchanadi. Protsessorning bir vaqtning oʻzida necha bit bilan 
ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 32, 64 razryadli 
protsessorlar keng qoʻllanilmoqda.
9
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 34-35. 
30


– Tezkor xotira (RAM – Random 
Access 
Memory 
tanlov 
asosida 
ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan
xotira) bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr – bu 
ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. 
Tezkor xotira kompyuterga kiritilgan boshlangʻich, oraliq 
ma’lumotlarni, hisoblash natijalarini va masalani yechish dasturini 
saqlab turish uchun xizmat qiladi. Xotira qurilmasi sigʻimi va 
murojaat qilish vaqti bilan xarakterlanadi. Xotira sigʻimi odatda 
bayt, Mbayt, Gbaytlarda oʻlchanadi, murojaat qilish vaqti esa 
ma’lumotlarni kiritishni boshlash va uni tugatishga ketgan vaqt 
bilan oʻlchanadi 
– Qattiq disk (Vinchester, HDD ingl. Hard 
Disk 
Drive 
– qattiq disk qurilmasi) 
kompyuterning tashqi xotirasi boʻlib, sistema 
blokiga 
oʻrnatiladi, hamda ma’lumotlarni 
saqlashda ishlatiladi.
Vinchestor 
deganda, 
silindrsimon 
germetik 
idishda 
joylashtirilgan, bir oʻqqa mustahkamlangan ustma – ust disklar 
majmui tushuniladi. 
– Blok pitaniya – kompyuterni elektr toki bilan ta’minlab 
turish uchun foydalaniladigan qurilma. 
– Kuller – kompyuter qurilmalarini qizib ketishidan asraydigan 
qurilma. 
– Disk yurituvchi (diskovod, DVD-ROM) – axborotni disketa 
va lazer disk-lariga yozish, shuningdek, unga yozilgan axborotni 
oʻqish uchun ishlatiladi. 
– Videokarta – axborotni monitorga chiqarib berish uchun 
keng 
foydalaniladi. 
Videokarta 
monitor 
ekraniga 
video 
ma’lumotlarni (video tasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin