NTFS fayl tizimi va imkoniyatlari. NTFS (New Technology
File System – fayl tizimining yangi texnologiyasi) fayl tizimi,
taniqli FAT 32 (va hatto FAT 64)ga nisbatan sezilarli
mukammalliklar va oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan. NTFS tizimida
talay yangi xususiyat va imkoniyatlar paydo boʻldi. NTFS ni
loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga
murojaatni
chegaralash
mexanizmiga,
kengaytirilgan
funksionallikka, katta hajmdagi disklarni qoʻllashga va h.k.larga
qaratildi. Bu esa operatsion tizim imkoniyatlarini oshishiga va
axborot xavfsizligini yuqori darajada boʻlishiga olib keldi
3.2. Windows 8 operatsion tizimining asosiy xususiyatlari Windows 8 – Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan
Windowsning eng oxirgi versiyalaridan biri boʻlib, shaxsiy
kompyuterlar, noutbuklar, mini kompyuterlar uchun moʻljallangan.
Operatsion tizimida jiddiy oʻzgarishlar mavjud boʻlib, “Пуск”
ekrani chiroyli interfeys bilan boyitilgan. “Пуск” ekrani tizim
tomonidan taqdim etiladigan ilovalar roʻyxatini aks etiradi. Bu
ilovalar dinamik ravishda oʻzgarib boradi. “Пуск” ekrani
Windowsning eski versiyalaridagi “Пуск” tugmasini oʻrnini bosadi
va sensor ekranlar yordamida boshqarish imkoniyatini yaratadi
19
.
19
Kevin Wilson. Using Windows 8.1 Return of the Start Button. USA 2014. P 2-
3.
46
Windows 8 AT onlayn xizmatlar bilan integratsiyalashtirilib,
Windows Store joriy etildi bu esa har xil ilovalarni koʻchirib olish
imkoniyatini yaratdi. Windows Store yordamida pulli va bepul
ilovalarni koʻchirib olish mumkin.
Windows 8 AT kompyuter ishga tushishi bilan avtomatik
ravishda yuklanadi va “Пуск” ekrani paydo boʻladi. “Пуск” ekrani
koʻrgazmali plitkalardan tashkil topgan. Plitkalarni bosish yoʻli
bilan ilovalarni ishga tushirish mumkin.
3.1-rasm. “Пуск” ekraning umumiy koʻrinishi
Ekranda sichqonchani surish yo‘li bilan tizimni boshqarish
mumkin. “Пуск” ekranining pastki qismida “Pastga qaragan
koʻrsatgich” bosilsa barcha ilovalar roʻyxati paydo boʻladi. Bundan
tashqari “Пуск” ekranida berkitilgan menyular mavjud. Ekranning
yuqori chap burchagiga sichqoncha olib borilsa mavjud ochilgan
barcha
ilovalarni
koʻrsatadi.
Ekranning
oʻng burchagiga
sichqoncha olib borilsa sozlash parametlari menyusi paydo
boʻladi
20
(3.2, 3.3-rasm).
20
Kevin Wilson. Using Windows 8.1 Return of the Start Button. USA 2014. P
23-24.
47
3.2-rasm. “Пуск” ekraning berkitilgan menyulari
3.3-rasm. “Пуск” ekranining “Приложения” qismi
“Пуск” boʻlimining “Приложения” qismida kompyuterda
mavjud boʻlgan barcha dastur joylashgan boʻladi.