Windows 8
muhitida ishlovchi ixtiyoriy dastur darchasida
“Файл” tavsiyanomasining “Открыть” (ochish) buyrugʻini ishga
tushirish.
Ba’zi dasturlarning “Файл”
tavsiyanomasida oxirgi
foydalanilgan bir nechta hujjat roʻyxati beriladi. Shulardan
keraklisini tanlashingiz mumkin.
3.7-rasm. Ilovada yangi fayl yaratish
3.8-rasm. Windows 8
da faylni ochish
53
Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish.
Siz
fayllaringizni va
papkalaringizni xohlagan joyingizga koʻchirishingiz va nusxa
olishingiz mumkin. Bu sizga ma’lumotlaringizni qattiq disklarda va
USB disklarda saqlash imkonini beradi
24
.
Fayldan nusxa olish vaqtida asl
nusxa eski joyida saqlanib
qoladi va yangi joyga faylning nusxasi koʻchiriladi. Koʻchirish
vaqtida esa asl nusxa joyidan oʻchiriladi va koʻrsatilgan joyga
uning nusxasi koʻchiriladi.
Fayllarni koʻchirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
–
nusxasi olinadigan va koʻchiriladigan
faylni ajratish;
–
darchadagi uskunalar panelidan nusxa olish uchun
“Копировать” nusxa olishni tanlash,
kesib olish uchun esa
“Вырезать”
boʻlimini tanlash;
–
fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;
–
“Uskunalar paneli”dan “Buferdan olib qoʻyish” boʻlimini
tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki koʻchirishning boshqa usullari
ham bor.
–
Fayl nomida sichqonchani oʻng tugmasi bosiladi va ochilgan
kontekst tavsiyanomadan “Отправить” (Joʻnatish) buyrugʻi
tanlanadi. Ochilgan qism tavsiyanomadan qayerga joʻnatish
kerakligi koʻrsatiladi.
–
Faylni sichqoncha yordamida ham koʻchirish mumkin. Bu
usul
Drag and drop
– surish va qoʻyib yuborish deb nomlanadi.
Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga koʻrsatkichni olib
borib, sichqoncha chap tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi,
soʻngra sichqoncha klavishi qoʻyib yuboriladi
25
.
Dostları ilə paylaş: