Lugʻatlarni toʻldirish va sozlash. Promt Editor 8
dasturi
tarkibiga kiritilgan lugʻatlar ancha boy ekanligiga qaramay,
hujjatlarda uchrovchi hamma soʻzlar kiritilganligini kafolatlab
boʻlmaydi. Notanish soʻzlarni dastur qizil rangda ajratib koʻrsatadi.
Lekin hamma notanish soʻzlar ham lugʻatga kiravermaydi. Ular
orasida band qilish lozim boʻlgan soʻzlar ham uchrashi mumkin.
Shuningdek bu soʻzlar toʻgʻri yozilganligini tekshirib koʻrish
kerak. Agar lugʻat haqiqatan ham toʻliq boʻlmasa, unda soʻzni
iste’mol lugʻatiga qoʻshish mumkin.
Lugʻatni malakali tarzda toʻldirish juda muhim va masuliyatli
tadbir. Lugʻatning xaddan ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirishi
mumkin.
4.4. Elektron hujjatlarni Microsoft Word dasturi yordamida qayta ishlash Microsoft Word – yoqori darajali matn muharriri, bu dastur
har qanday qiyinchilikdagi hujjatlarni tayyorlashda keng
qoʻllaniladi. Bu dastur dunyoda eng koʻp foydalaniladigan
dasturlar safiga kiradi. Word matn muharriri tezkor buyruqlar va
zamonaviy vositalarni (grammatik, orfografik xatolarni tekshirib
boruvshi) oʻz ichida mujassamlashtirgani sababli har qanday xat va
hujjatlarni bexato yozish imkonini beradi.
MS Word – matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq
operatsiyalarni bajaruvchi, hamda matnli protsessorlar sinfiga
kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
Shunday qilib, Word matn muharriri koʻmagida rus va ingliz
tilida har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir
turkum matnli ma’lumotlarni zudlik bilan tayyorlash va chop qilish
mumkin. Bu matn muharriri yordamida oʻzbek shriftida va lotin
alifbosi asosida, oʻzbek tilida har xil ma’lumotlarni osonlik bilan
tayyorlash mumkin.