kiradi. Kompyuterlar ushbu ma’lumotlarni saqlab turadi va qayta
ishlaydi, sababi tashrif buyuruvchilarni sonini bilish, restorandagi
va koʻngil ochar joylardagi boʻsh oʻrinlarni hisoblab borishda
qoʻllaniladi. Tizim qancha mijozlarni kelayotganini, joylarning
toʻlib ketishini oldini olish imkoniyatlarini koʻrsatib turadi. Tizim
mehmonlarning sonini, kutib turganlar sonini, mijozlarning
doʻkonlarda va restoranlarda ishlatgan oʻrtacha pullari toʻgʻrisidagi
muhim axborotlarni yetkazib beradi. Bu ma’lumotlarni qayta
ishlash tizimlari Disney kompaniyasiga parklarni boshqarishda
katta yordam beradi.
Axborot tizimlari xom ashyo axborotlarni qayta ishlashda
kompyuter texnologiyalaridan foydalanadi. Elektron hisoblash
mashinalari va dasturiy vositalar zamonaviy axborot tizimlarining
texnik fondi hisoblanadi. Kompyuter axborotlarni saqlash va qayta
ishlash uchun xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yoki dasturiy
ta’minotlar komyuterlarda qayta ishlashda amaliy qoʻllanmalar
hisoblanadi. Kompyuter dasturlarini yaxshi bilish tashkiliy
muammolarni
loyihalashda
katta
yordam
beradi,
lekin
kompyuterlar axborot tizimlarining bir qismi hisoblanadi
xolos.Axborot tizimlarini toʻliq tushunish uchun, ish muhitidagi
muammolarni hal qilishda tashkillashtirish, boshqarish va
axborotlarni hisoblash texnologiyalari tizimlarini yaxshilab
tushunib olish talab etiladi
5
.
Dostları ilə paylaş: