ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni
uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
1.1-rasm. Axborot uzatish
Inson oʻz sezgi organlari orqali atrofda boʻlayotgan
voqea va
hodisalar toʻgʻrisida axborot oladi. Demak, axborot bu insonni
sezgi organlari orqali uning ongiga yetib boruvchi signaldir.
Bunga misol qilib, eshitish, koʻrish va sezishni olish mumkin.
Axborot manbalari va iste’molchilarining har xilligi axborot
shaklining turli koʻrinishda boʻlishiga olib keladi. Bular:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular
biror
voqea
hodisalar
haqidagi
axborotlarni
uzatishda
foydalaniladi.
Matnli – harf, raqam va belgilar toʻplamidan tarkib topgan
ma’lum ma’noni anglatuvchi soʻzlardan iborat axborot.
Grafik – tasvirlardan iborat boʻlgan tasavvur koʻrinishidagi
axborotlar.
Tovush – eshitish qobiliyati orqali qabul qilinadigan gap,
musiqa, turli shovqin effektlar kabi axborotlar.
Video –
lotin tilidan qarayman, koʻrayapman ma’nosini
bildirib harakat va tovush effektlariga ega boʻlgan axborotlardir.
Axborot atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning
oʻlchamlari, xosiyatlari va holatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlardir.
Keng ma’noda axborot insonlar
oʻrtasida ma’lumotlar
ayirboshlash,
odamlar
va
qurilmalar
oʻrtasida
signallar
ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
12
1.2-rasm. Axborot turlari
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga koʻra foydalanilmaydigan,
balki faqat saqlanadigan axborotlar sifatida qarash mumkin. Agar
bu ma’lumotlardan biror narsa toʻgʻrisidagi mavhumlikni
kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tugʻilsa, ma’lumotlar
axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan
ma’lumotlar, deb atasa ham boʻladi.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha
nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi
zaxira boʻlib, energetika yoki foydali
qazilmalar zaxiralari kabi
ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika,
texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari
haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni
tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora koʻproq ta’sir
koʻrsatmoqda.
Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-
texnika ma’lumotlari yigʻindisidir. Boshqacha aytganda, axborot,
mazkur talqinga binoan, fan-texnika
faoliyati axborot xizmati
tizimining ma’lumot maxsuli va “xom-ashyo” sidir.
Axborot zaxiralari – alohida hujjat va alohida hujjat toʻplami,
axborot tizimlari – kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari,
boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar toʻplamidir.
Axborot ham kattalik boʻlib uning oʻlchov birliklari mavjud.
Axborotning oʻlchov birliklari axborot hajmi va oqimining katta
kichikligini baholash uchun xizmat qiladi.
13
1-jadval. Axborotning oʻlchov birliklari
Dostları ilə paylaş: