Kаtаrsis
– emоtsiоnаl bo’shаnish. Kаtаrsis pоzitsiyasidаn аgrеssiya quyidаgi
tа`rifgа egа bo’lаdi: individuum аgrеssiv enеrgiyani yoki аgrеssiv hаrаkаt vоsitаsidа
yoki tаsаvvurdаgi аgrеssiyani o’ylаb ko’rish оrqаli tаshqаrigа chiqаrib yubоrgаndа
аgrеssiv qo’zg’аlish susаyadi.
Аlpfrеd Hichkоkning quyidаgi so’zlаri tеlеvidеniе fоydаsigа аytilgаn:
«Tеlеvidеniyеning eng muhim хizmаtlаridаn biri shundаki, u qоtilni uygа, оdаtdа
o’zi tug’ilib o’sаdigаn shаrоitgа qаytаrdi. Qоtillik tеlеko’rsаtuv sifаtidа yaхshi
tеrаpiya bo’lishi mumkin. U qаrаmа-qаrshiliklаrni bаrtаrаf qilishgа yordаm bеrаdi».
Tеlеvidеniеning хulqqа tа`siri.
Qаmоqхоnаdа sаqlаnаyotgаn 208 tа
mахbuslаr ishtirоk etgаn so’rоvdа hаr 10 kishidаn 9 tаsi jinоyatlаr hаqidаgi
tеlеdаsturlаr yangi jinоiy usullаrgа o’rgаtаdi dеb tаsdiqlаshgаn. Hаr 10 tаdаn 4 tаsi
esа qаchоnlаrdir tеlеvizоrlаrdа ko’rgаn jinоyatlаrni tаkrоrlаb ko’rishgаnini
аytishgаn. Tеlеvidеniеning jinоyatchilikkа tа`sirini o’rgаnish uchun оdаtdа
kоrrеlyatsiоn
vа
ekspеrimеntаl
mеtоdlаrdаn
fоydаlаnilаdi,
o’quvchilаr
psiхоlоgiyasini o’rgаnish bo’yichа o’tkаzilgаn tаdqiqоtlаr hаqiqаtаn hаm
tеlеko’rsаtuvlаr аgrеssivlik dаrаjаsining оrtishigа ijоbiy tа`sir qilishini ko’rsаtаdi.
Lеkin bu yеrdа tеskаri аlоqа hаqidа hаm o’ylаb ko’rish kеrаk.
Ehtimоl аgrеssiv хulqli bоlаlаr zo’rаvоnlik sаhnаlаrini ko’rishni yoqtirishаr.
Bu qаrаmа-qаrshi izоhni ikki хil yo’l bilаn tеkshirish mumkin. Tаdqiqоtchilаr
“yashirin uchinchi оmil” tа`sirini аyrim “shubhаli” оmillаrni stаtistik yo’l bilаn
bаrtаrаf qilish оrqаli o’rgаnаdilаr. Ingliz оlimi Uilpyam Bеlpsоn 1565 tа Lоndоnlik
o’g’il bоlаlаrni tеkshirib, ulаrdаn zo’rаvоnlik sаhnаlаri bоr rеаl ko’rsаtuvlаrni
tоmоshа qilgаnlаri kеyingi оlti оydа ko’prоq qоidа buzishlаrni sоdir qilgаnliklаrini
аniqlаgаn. Bеlrsоn shuningdеk, uchinchi оmil, mаsаlаn оilаdаgi bоlаlаr sоni tа`sirini
hаm o’rgаngаn. Zo’rаvоnlik sаhnаlаri mаvjud ko’rsаtuvlаrni tоmоshа qilishgа
ishqibоzlik mаzmunidа “mukkаsidаn kеtgаn” vа “tаltаygаn” bоlаlаrni оilаdаgi
bоlаlаr sоnini hisоbgа оlgаn hоldа o’rgаnish hаm, ko’rsаtuvni ko’p tоmоshа
qilgаnlаr bilаn оz tоmоshа qilgаnlаr o’rtаsidаgi fаrq sаqlаnib qоlishini ko’rsаtdi.
Bundаn Bеlpsоn “mukkаsidаn kеtgаnlаr” хulqidаgi оg’ishlаr tеlеko’rsаtuvlаr tufаyli
vujudgа kеlаdi dеgаn хulоsаni chiqаrgаn.
108
Lеоnаrd Irоn vа Rоuell Хyusmаnlаr 835 tа 8 yoshli bоlаlаrdа zo’rаvоnlik
sаhnаlаrini dоimiy ko’rish hаttоki o’z-o’zidаn ko’rinib turuvchi uchinchi оmillаrni
stаtistik yo’l bilаn bаrtаrаf qilingаndа hаm ulаrdа аgrеssivlik bilаn ijоbiy
kоrrеlyatsiya qilinishini аniqlаgаnlаr. Ulаr bu bоlаlаrni 19 yoshlаridа qаytа
tеkshirgаnlаridа 8 yoshdа jаngаri fil`mlаrni ko’rish 19 yoshdа аgrеssivlikkа sаbаb
bo’lishini аniqlаgаnlаr, lеkin 8 yoshdа bоlаdаgi аgrеssivlik 19 yoshdа jаngаri
filpmlаrgа mukkаsidаn kеtishgа sаbаb bo’lmаgаn. Bu shuni аnglаtаdiki, аgrеssivlik
jаngаri filpmlаrgа ishqibоzlikkа emаs, аksinchа jаngаri fil`mlаr аgrеssiv mоyillikkа
sаbаb bo’lаdi
.
Chikаgоdа 758 tа vа Finlyandiyadа 210 tа o’smirlаr o’rtаsidа
o’tkаzilgаn tаdqiqоtlаr shuni ko’rsаtdiki, bоlаligidа jаngаri fil’mlаrni ko’p tоmоshа
qilgаnlаrdа 30 yoshidа jiddiy jinоyatlаrni sоdir qilish ehtimоli ko’prоq bo’lаdi.
Kаnаdа vа АQSHdа 1957 vа 1974 yillаr оrаlig’idа tеlеvidеniyеning kеng tаrqаlishi
bilаn qоtilliklаr sоni ikki bаrоbаr оrtgаn.
Ommaviy axborot vositalari (OAV) ning shaxs tajovuzkor axloqiga ta'sirini
bir muncha munozarali masalalardan biri deb hisoblash mumkin. OAVning salbiy
ta'siri tarafdorlari odamlar o`zlarini tajovuzkor tutishga, avvalo, boshqalarning
tajovuzini kuzatib o`rganadilar degan dalildan kelib chiqadilar. M.Xyusmann
tadqiqotchilar guruhi bilan televizion ko`rsatuvlarni ko`rish va tajovuzkorlik
o`rtasidagi korrelyatsiyani 20 yil davomida kuzatdilar. Ular aniqladilarki, 30 yoshda
sodir etilgan jinoyatlarning og’irligi 8 yoshda afzal ko`riladigan teleko`rsatuvlarga
mos tushadi. Televideniya vositasida tajovuzkor axloqning shakllanish mexanizmi
quyidagi obrazda ko`rinishi mumkin: teleko`rsatuvlarga o`ta qiziqish tajovuzkor
fantaziyalar personaj bilan o`zini o`xshatish muammoni hal qilish va odamlarga
ta'sir ko`rsatishning tajovuzkor usulini o`zlashtirish, tajovuzkor harakatlarni
takrorlash shaxslararo munosabatlarda muammoni yechish uchun tajovuzdan
foydalanish, madad olish, tajovuzkor odatlar rivojlanmagan ijtimoiy va o`quv
malakalari frustratsion teleko`rsatuvlarni o`ta ko`p tomosha qilish va h.k.
Kuzatish orqali tajovuzkor axloqning shakllanishi bir necha shartlarni
bajargandagina namoyon bo’lishi mumkin.
Birinchidan, ko`rilganlar real ko`rinishi va odamni chulg’ab olishi zarur.
109
Ikkinchidan, ko`rilganlar aynan tajovuz sifatida anglanmog’i kerak.
Uchinchidan, tajovuz qachonki tomoshabin o`zini tajovuzkor bilan o`xshatsa,
tajovuzning potentsial ob'ekti esa aniq shaxs uchun fil`mdagi tajovuz qurboni bilan
assotsiatsiyalansagina tajovuz taqlid qilib o`rganiladi.
O`rganishning keyingi printsipial sharti tajovuz natijasida qahramonning
tomoshabin uchun ahamiyatli bo`lgan lazzat olishi yoki maqsadga erishishi
hisoblanadi. Umuman olganda, tajovuzkor sahnalarni ko`rish, chamasi, ko`pchilik
katta odamlarga ko`zda tutilgan to`g’ridan - to`g’ri salbiy ta'sir ko`rsatmaydi, chunki
qabul qilishning o`zi ichki va tashqi sharoitlar yig’indisini belgilaydi. Zo`ravonlik
sahnalariga odamlarning reaktsiyasi turli-tuman bo`lishi mumkin: jirkanish,
yoqimsiz, virtualizatsiya (tasvirlangan hodisani noreal sifatda qabul qilish), faqat
ba'zi holatlarda qoyil qolish yoki taqlidga intilish. Shunga qaramay, OAV ning
bolalar va o`smirlar rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatishi haqqoniy xavfni tug’diradi
va maxsus o`rganishni talab qiladi.
Shaxs axloqiga ommaviy axborot vositalarining ta'siri to`la tushunarsiz bo`lib
qolgan bir paytda oiladagi tajovuzkor axloqning shakllanishida asosiy ijtimoiy
manba bo`lib qolayotgan hozirgi vaqtda tan olinmoqda. Yaxshi ma'lumki, tajovuz
nafaqat dushmanlarga notanish odamlar yoki raqiblarga nisbatan namoyon bo`ladi.
Psixologik yoki jismoniy zo`rlik ko`pgina oilalar uchun mutlaqo kam uchraydigan
hodisa emas. Oilada tajovuz ko`rinishlarining shakli turli-tumandir. Bu to`g’ri dan-
to`g’ri jismoniy yoki jinsiy zo`rlik, sovuqqonlik, taxqir, salbiy baho, shaxsga bosim,
bolani hissiy qabul qilmaslik bo`lishi mumkin. Oila a'zolari o`zlari tajovuzkor
axloqni namoyon qilishlari yoki bolaning istalmagan harakatiga madad berishlari
mumkin, masalan, mushtlashishda uning g’alabasidan g’ururlanishni ifodalanishi
ham bo’lishi mumkin.
Psixologiyada tajovuz tushunchasi ostida o`ziga boshqalarni bo`ysundirish
yoxud ular ustidan ustunlik qilish masqadida real axloq yoki fantaziyalashda
ko`rinuvchi tendensiya (intilish) tushuniladi. Ushbu tendensiya universal xarakterga
ega, “tajovuz” atamasining o`zi esa umuman olganda neytral ma'noga ega. Tajovuz
mohiyati bo`yicha ijobiy, hayotiy qiziqishlar va yashashga xizmat qiluvchi
110
bo`lganiday, o`z-o`zidan tajovuzkor maylni qondirishga mo`ljal olgan salbiy
bo`lishi ham mumkin.
Tajovuz psixik reallik sifatida aniq tavsifnomaga ega: yo`nalganlik, ko`rinish
shakllari, jadallik. Tajovuzning maqsadi jabrlanuvchiga shaxsan azob (zarar)
yetkazish (dushmanlik tajovuzi) bo`lishi ham mumkin, yana tajovuzdan boshqa
maqsadlarga (instrumental tajovuz) erishish usuli sifatida foydalanish ham mumkin.
Tajovuz tashqi ob'ektlar (odamlar yoki predmetlar) yoki o`zi (tana yoki shaxs) ga
yo`naltirilgan bo`ladi. Boshqa odamlarga yo`naltirilgan tajovuz jamiyat uchun
alohida xavfni aks ettiradi. A. Bandura va R. Uolter uni asotsial tajovuz deb
ataydilar va natijada boshqa shaxs yoki mulkka zarar keltiruvchi, shu bilan
birgalikda, bu aktlar qonun bo`yicha jazolanmasligi mumkin bo`lgan ijtimoiy-
destruktiv xarakterdagi harakatlar bilan bog’laydilar.
Tajovuz turli-tuman shakllarni oladi – yaqqol yoki latent. “Tajovuz”
atamasini odatda, barbod etuvchi niyat ishorasi uchun qo`llanilishiga qaramay, uni
anchagina ijobiy ko`rinishlar, masalan, izzat talab nafsoniyat bilan tug’iluvchi
faollikka ham keng tatbiq etadilar. Shunga o`xshash harakatlar dushman bo`lmagan
motivatsiyada tug’ilganini ta'kidlash uchun o`z-o`zini tasdiqlash sifatida ayon
bo`ldi. Ular raqobat, yutuqlarga erishi, istehzo, sport musobaqalari va boshqa
shakllarda namoyon bo`ladi.
Tajovuzning bir muncha odatiy ko`rinishlari janjalkashlik, achchiq so`z,
bosim, majburlay, salbiy baholash, tahdid yoki jismoniy kuch ishlatish hisoblanadi.
Tajovuzning yashirin shakllari aloqadan ketish, kimgadir zarar yetkazish maqsadida
harakatsizlik, o`ziga talofat yetkazish va o`z-o`zini o`ldirishda ifodalanadi.
Tajovuzning ichki reprezentatsiyasida g’oyalar, fantaziya va affektlar bo`lishi
mumkin. Masalan, odam kimningdir ustidan zo`ravonlik g’oyasini olib yurishi
mumkin, o`z fantaziyasida xafa qilgan odamni jazosini berishi mumkin yoki kuchli
affektni his qilishi mumkin.
Tajovuzkor mayl achchiqlanish, hasad, jirkanish, g’azab, chidab bo`lmaslik,
jazava, qahr, quturish va nafrat kabi (jadallik va chuqurlashishning kuchayishi
tartibida) turli tajovuzkor affektlar orqali ko`rinishi mumkin. Tajovuzkor
111
affektlarning jadalligi ularning psixologik funktsiyalari bilan korrelyatsiya qilinadi.
Tajovuz individ uchun avtonomiyani himoya qilish, xavf yoki azob manbaini
bartaraf etish, ehtiyojlarni qondirish yo`lidagi to`siqlarni olib tashlash, ichki nizoni
hal qilish, o`z-o`zini baholashni ko`tarish kabi shunday muhim vazifalarni bajarishi
mumkin. Bunda tajovuz uning egasi tomonidan qisman yoki to`liq anglanmasligi
mumkin. Bir muncha jadal va murakkab tajovuz affektlaridan biri bo`lib, shubhasiz,
undan nafrat chiqadi. Nafrat bilan yo`g’rilgan insonning muhim maqsadi tajovuz
ob'ektini yo`q qilish hisoblanadi. (Shaksiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga
yo`naltirilgan qahrining me`yoriy reaktsiyasi bo`lishi ham mumkin.) Ma'lum bir
sharoitlarda nafrat va o`ch olish istagi noteng ravishda kuchayib ketishi mumkin.
Agar ular turg’un xarakterologik ko`rsatma bo`lsa, xarakterning psixopatologik
darajasiga erishish haqida gapirish mumkin.
Psixopatologiyaning hiyla “yengil” holatlarida nafrat qat'iy axloqiy taqiqlar
va shaxsiy ideallarning tajovuzkor tasdig’i shaklini oladi. Shuningdek, nafrat
hukmronlikka erishish, bo`ysundirish yoki kamsitishdek qizg’in xohishda ko`zga
tashlanishi mumkin. Anchagina og’ir shakllarda sadistlik odati – o`z ob'ektini
bundan lazzat olish bilan azoblanishga majburlash istagida namoyon bo`ladi.
Nafratni namoyish etishning oxirgi shakli yo`q qilishga (qotillik) intilish yoki
hamma narsa va hammani radikal qadrsizlanishi. Nafrat o`z-o`zini o`ldirishda
ifodalanishi mumkin, masalan, qachonki “Men” nafratli ob'ekt bilan identifikatsiya
qilinsa va o`z-o`zini yo`q qilish uni bartaraf etishning yagona usuli bo`ladi.
Nafratli ob'ekt bilan munosabat tajovuzkor shaxs uchun alohida qadriyatni aks
ettiradi. Yuragining tubida u o`z nafrati ob'ektini parchalashga va bir vaqtning o`zida
u bilan munosabatni saqlashga intiladi. O.Kernberg ta'kidlaydiki, nafrat, boshqa
odam ustidan bo`lganiday, o`z shaxsiy “Men”ining hozirgi vaqtda dahshat soluvchi
va o`tgan azoblar uchun qasosni talab qiluvchi qismi ustidan o`ch oluvchi triumf
rolini o`ynayotganga o`xshaydi.
Nafrat tajovuzkor maylning psixoanalitik tasavvurlarga muvofiq libido –
keng ma'noda jinsiy mayl ko`rinishi kabi tabiiy bo`lgan ko`rinishlardan biri
hisoblanadi. Ma'lumki, Z.Freyd keyingi nazariy ishlarida tajovuzni o`limga tug’ma
112
o`z-o`zini barbod etuvchi maylning ko`rinishi sifatida asoslashga urindi, biroq bu
tasavvur keng e'tirofni olmadi.
Hozirgi kunga qadar tajovuzkor mayl tug’ma (boshidan dushman-destruktiv)
hisoblanadimi yoki ular hayotiy janjallar va boshqa faol intilishlar asosidagi
frustratsiya (masalan, o`z-o`zini tasdiqlash) oqibatida shakllanadimi degan masala
munozarali bo`lib qolmoqda. Shunday qilib, tajovuz ichki uyg’otuvchi tendensiya
kabi bu shaxs dinamikasining ajralmas qismidir (me`yorda bo`lgani kabi
ifodalanganlikning turli darajadagi buzilishida). Tajovuzkorlik ma'lum bir insonning
bu tendensiyani aniq ichki va tashqi shakllarda namoyish etishga moyilligi
individual xususiyatdir. Ushbu “Men” individual xususiyatini o`lchash anchagina
murakkab, chunki tajovuzkor tendensiyani baholash usuli uning axloqiy
ko`rinishlari hisoblanadi.
Tajovuz va tajovuzkor axloq o`rtasidagi o`zaro aloqani aniqlashga urinib
ko`ramiz. Albatta, odamning tajovuzni boshdan kechirishi har doim ham barbod
etuvchi harakatlarga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zo`ravonlik sodir etib, odam
o`ta hissiy qo`zg’algan holatda bo`lgani kabi, to`la sovuqqon bo`lishi ham mumkin.
Shu bilan birga, tajovuzkor insonning o`zi jabrlanuvchini yomon ko`rishi ham shart
emas. Ko`pchilik odamlar o`z yaqinlariga o`zaro bog’lanib qolgan va samimiy
sevadigan odamlariga ham azob beradilar.
Real hayotda umuman inson axloqi uning ichki tajovuzkorligi bilan
yo`llanganmi yoki u boshqa qandaydir omillarga bog’liq ekanligini aniqlash juda
murakkab. Masalan, uch yoshli bola tibbiy tekshiruv davomida bir necha yoqimsiz
jarayondan keyin nafaqat ko`rikdan voz kechadi, balki kattalarning harakatlariga
qahr va xatto qahrini namoyon qilgan holatda qarshilik ko`rsatadi. Himoyasiz
go`dakning bu axloqi tajovuzkor-dushmanlik hisoblanadimi? O`smirning kattalar
tomonidan uning mustaqilligini cheklashga bo`lgan urinishlariga qarshi tajovuzkor
e'tiroz bildiruvchi axloqini qanday baholash kerak? Nihoyat, katta odamlar ularning
xotirjamligiga real xavfli vaziyatlarda o`zgalarining diqqatni tortuvchi tajovuzkor
xolatda tutishlari me’oriy qoldiq hisoblanadi. Bunga o`xshash savollarga javoblar
qo`shimcha shaxsiy va vaziyatli omillar tahliliga, masalan, odam uchun muayyan
113
vaziyatning muhimligi (shu jumladan, xavfliigi) uning o`z axloqini anglashi va o`z
tuyg’ularini nazorat qilishga qobiliyati, axloqning maqsadga yo`nalganligi, unga
keltirilgan zarar darajasiga bog’liq. Biz aniq shaxsning ichki tajovuzkor
tendensiyasini aniqlay olmaymiz, biroq biz uning tashqi ko`rinishlari xarakteri va
darajasini, ya'ni tajovuzkor axloqni baholashimiz mumkin. Yuqorida aytilganlardan
kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, tajovuzkor axloq turli (ifodalanganlik darajasi
bo`yicha) shakllarga ega bo`lishi mumkin:
1.
situativ tajovuzkor reaktsiyalar (aniq vaziyatga qisqa muddatli
reaktsiyalar);
2.
passiv tajovuzkor axloq (harakatsizlik yoki nimadandir voz kechish
shaklida);
3.
faol tajovuzkor axloq (barpo etuvchi yoki zo`ravonlik harakatlari
shaklida).
Mazmuniy rejada tajovuzkor axloqning yetakchi belgilari deb uning quyidagi
ko`rinishlarini aytish mumkin:
– odamlar ustidan ustunlikka va ulardan o`z maqsadida foydalanishga aniq
ko`rinib turgan intilish;
– barbod qilish tendensiyasi;
– atrofdagi odamlarga zarar keltirishga yo`nalganlik;
– zo`ravonlikka moyillik (og’riq yetkazish).
Barcha sanab o`tilgan belgilarni umumlashtirib, shaxsning tajovuzkor axloqi
ustunligining aniq ko`rinib turgan sababini ko`zda tutishi haqida gapirish mumkin.
Bunda aniq ko`rinib turuvchi ijtimoiy-salbiy baholash, dastavval, “bunday
murojaatni istamagan boshqa tirik mavjudotga zarar yetkazish yoki xaqoratlashni
maqsad qilib qo`ygan” tajovuzkor axloqning shakliga ega. Bunday tajovuzkor-
asotsial axloq, albatta, zo`ravonlik og’riq keltiruvchi verbal yoki jismoniy
harakatdir. U, qoidadagiday, tajovuzkorning salbiy hissiyotlari fonida o`tadi (zlost,
yarost, sadisticheskoye udovolstvie, bezrazlichie) hamda, o`z navbatida,
jabrlanuvchida qo`rquv va kamsitilish salbiy kechinmalarni uyg’otadi. Bu axloq
tajovuzkor sabablarni barbod qilish, bartaraf etish, foydalanish, zarar yetkazishga
114
yo`naltiriladi. Kognitiv darajada u bunday axloqning (xurofiy odatlar, miflar,
e'tiqod) to`g’riligini tasdiqlovchi ko`rsatmalar bilan qo`llab-quvvatlanadi.
Albatta, zo`ravonlik (jismoniy, jinsiy, hissiy) tajovuzkor axloqning eng jiddiy
ko`rinish va istalmagan oqibati hisoblanadi. Insoniy zo`ravonlik hayvonlar
orasidagi zo`ravonlikdan printsipial tarzda farq qiladi. U deyarli biologik maqsadga
muvofiqlikdan mahrum bo’lib, u insoniy tuyg’ularni faol ekspluatatsiya qiladi, u
insonning intellektida tekinxo`rlikni namoyon qiladi. Nihoyat, u quroldan
foydalanishni ko`p marotaba ko`chaytiradi.
Zo`ravonlik demonini jilovlash uchun har qanday jamiyat maxsus choralar
qo`llashga majbur. Ulardan bir muncha samaradorlari aniq shaxsga o`zining
tajovuzkor potentsialini integratsiyalash va uni ijtimoiy maqbul usullarda ifodalash
imkonini beruvchi milliy an'analar va guruhli rituallar (o`yinlar, bayramlar,
odatlar)ni tan olishdir. Shuningdek, jamiyatda yetarlicha miqdorda ijobiy
namunalar, masalan, milliy qahramonlar yoki hayotda tasdiqlangan kumirlarning
ishtiroki ulkan ahamiyatga ega.
Biz insonning tajovuzkorligi va uning tajovuzkor axloqqa moyilligi
ahamiyatli tarzda uning individual rivojlanishi bilan determinatsiyalanadi degan
gipotezadan xulosa keltirib chiqaramiz. Tajovuzkor axloqning kelib chiqishida
ko`plab omillar ishtirok etadi, shu jumladan, yosh, individual xususiyatlar, tashqi
jismoniy va ijtimoiy sharoitlar. Masalan, tajovuzkorlikni shovqin, issiq, torlik,
ekologik muammolar, meteo sharoit va boshqa shu kabi tashqi sharoitlar to`la
potentsiyalashi mumkin. Biroq ko`pchilik ushbu masala tadqiqotchilarining fikriga
ko`ra, shaxs tajovuzkor axloqining shakllanishida hal qiluvchi rolni uning bevosita
ijtimoiy muhiti ta`sir ko’rsatadi deb tushintiradilar. Bizning nazarimizda shaxs
tajovuzkor axloqini chaqiruvchi yoki quvvatlovchi ba'zi yetakchi omillarni ko`rib
chiqamiz.
Tajovuzkor axloq xarakteri insonning yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Har bir yosh bosqichi rivojlanishning maxsus vaziyatiga ega va shaxsga ma'lum bir
talablarni ilgari suradi. Yosh talablariga moslashish ko`pincha tajovuzkor axloqning
turli ko`rinishlari bilan birga boradi. Xullas, bolalar eng kichik yoshlarida: agar tez-
115
tez, baland va talabchan yig’lasalar; agar ularda tabassum bo`lmasa; agar ular
aloqaga kirishsalar barcha ko`rinishi bo`yicha tajovuzni namoyish qiladilar.
Psixoanalitik tadqiqotlarda belgilanishicha go`dak tomonidan, ayniqsa, ularning
ehtiyoji yetarlicha inobatga olinmagan vaziyatlarda kechirilgan ulkan miqdordagi
g’azab haqida guvohlik beradi. Shuningdek shunday dalillar ma'lumki, kichik
bolalar onalarining muhabbatini saqlab qolishni istab, yangi tug’ilgan uka yoki
singlisiga nisbatan shafqatsizlikni namoyon qilishga moyildirlar.
Go`daklar bolalar bog’chasining talablariga moslasha turib, haqoratlashi,
chimchilashi, tuflashlari, urushishlari, tishlashlari va xatto yeb bo`lmaydigan narsani
yutishlari ham mumkin. Shu bilan birga, bu harakatlar “tekshiruvsiz”– impulsiv,
ongsiz va ochiq sodir etiladi. Bu yoshda tajovuzning passiv ko`rinishi negativlik,
qaysarlik, rad etish (so`zlashdan, ovqatlanishdan), tirnoqi (labi)ni tishlash
hisoblanadi. Uyda maktabgacha yoshdagi bolaning axloqi ahamiyatli tarzda oiladagi
hissiy iqlimga bog’liq ekanini ta'kidlash lozim, bolalar guruhi esa, o`z navbatida,
tarbiyachi ichki holatining oynadagi aksi bo`ladi. Agar u yoki boshqalari tajovuzni
shunchaki his qilsalar yoki namoyish etsalar, bolalar katta ehtirom bilan uni yuzaga
chiqaradilar. Umuman olganda bolalar tajovuzkorligi himoyasizlikning qaytish
tomoni hisoblanadi. Agar bola o`zini himoyasiz his qilsa (masalan, qachonki uning
ehtiyojlari xavfsiz bo`lsa va muhabbati qoniqish olmasa), uning qalbida ko`plab
miqdorda qo`rquv tug’iladi. Bola o`z qo`rquvini yengishga intilib himoyaviy-
tajovuzkor axloqqa murojaat qiladi. Qo`rquvni yengishning boshqa ehtiromiy usuli
tajovuzni o`z-o`ziga yo`naltirishdir. Autoagryessiya turlicha namoyon bo`lishi
mumkin, masalan, o`z-o`zini parchalovchi fantaziyalar, tortinchoqlik yoki o`z-o`zini
jazolashda.
Kichik maktab yoshida tajovuz ko`pincha hiyla zaif (“tanlangan qurbon”)
o`quvchilarga nisbatan masxaralash, bosim o`tkazish, tahqirlash, mushtlashish
shaklida namoyon bo`ladi. O`quvchilarning bir biriga tajovuzkor axloqni namoyish
qilishi qator holatlarda jiddiy muammo bo`lib qoladi. O`qituvchilar va ota-
onalarning bunday axloqqa keskin salbiy reaktsiyasi ko`pincha bolalarning
tajovuzkorligini nafaqat kamaytirmaydi, balki aksincha uni kuchaytiradi, chunki
116
kuchning bevosita isboti va keyingisining mustaqilligi bo`lib xizmat qiladi. Shunga
qaramay, aynan o`qituvchi, uning nufuzi va malakasi tajovuzkor axloqqa o`z
munosabatini ochiq ifodalaydi, bolalarni axloqning ancha ijtimoiy ma'qullangan
shakllarini tanlashga chaqiradi.
O`smirlik yoshida tajovuzkor axloqning maxsus xususiyatlari katta
obro`sining qulashi fonida tengdoshlari guruhiga bog’liqligi hisoblanadi. Ushbu
yoshda tajovuzkor bo`lish ko`pincha “sandiraqlab yurib, kuchli bo`lish”ni bildiradi.
Har qanday o`smir guruhi sardor tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan o`z rituallari
va miflariga ega. Masalan, guruhga a'zolik (yoki yangilarni sinash) rituallari keng
tarqalgan. Guruhlarning ko`zni qamashtiruvchi “uniforma”si (umuman olganda
o`smir fasonlari kabi) ham ritual xarakterini oladi. Rituallar guruhga mansublik
tuyg’usini kuchaytiradi va o`smirga xavfsizlik hissini beradi, miflar esa uning
hayotiy faoliyatini g’oyaviy asosi bo`ladi. Miflardan uning ichki guruhli va tashqi
tajovuzni oqlash uchun foydalaniladi. Xullas, masalan, “guruhga a'zo
bo`lmaganlarga” nisbatan har qanday kuch ishlatish ko`rinishlarini “ular sotqinlar...
biz o`zimiznikilarni himoya qilishimiz zarur... biz hammani o`zimizni hurmatlashga
majburlashimiz kerak” tipidagi ishontirish bilan oqlaydilar. Guruhli mif bilan
“ilhomlangan” zo`ravonlik o`smirlar tomonidan, qahramonlik va guruhga sodiqlik
kabi o`z kuchini tasdiqlash sifatida boshdan kechiriladi. Ayni damda alohida
holatlarda tajovuzkor axloqning tashabbuskorlari tajovuz yordamida o`z-o`zini
tasdiqlashga urinuvchi va turli sabablar kuchida moslashmagan alohida o`smir-
autsayderlar bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, tajovuzkor axloq bolalar va o`smir yoshidagilar uchun
yetarlicha odatiy ko`rinishdir. Bundan tashqari, shaxsning ijtimoiylashuvi
jarayonida tajovuzkor axloq qator muhim vazifalarni bajaradi. Me`yorda u
qo`rquvdan ozod qiladi, o`z manfaatlarini himyao qilishga yordamlashadi, tashqi
xavfdan himoyalaydi, moslashishga ko`maklashadi. Shu munosabat bilan
tajovuzning ikki turi haqida gapirish mumkin: zararsiz-moslashgan va destruktiv-
moslashmagan. Umuman olganda, bola va o`smir shaxsining rivojlanishi uchun
tajovuzkorlik ko`rinishigina emas, uning natijasi va atrofdagilarning noto`g’ri
117
reaktsiyasi xavflidir. Qachonki zo`ravonlik e'tibor, hukmronlik, tan olish, pul,
boshqa afzalliklar bergan holatda bolalar va o`smirlarda katta ehtirom bilan kuch
madaniyatiga asoslangan ijtimoiy ishlaydigan va katta odamlar (masalan, jinoy
guruhlar) asosida tuzilgan axloq shakllanadi. Atrofdagilarning tajovuzni kuch bilan
bostirishga urinishlari ko`p holatlarda qarama-qarshi kutilgan samaraga olib keladi.
Katta odamlarda tajovuzkor axloq ko`rinishi ancha turli-tumandir, chunki
ko`pincha ularning individual xususiyatlari bilan aniqlanadi. Individual-shaxsiy
tavsifnomalar
sifatida,
potentsiyalanadigan
tajovuzkor
axloq,
odatda,
jamoatchilikning ma'qullamasligi, jizzakilik, shubhalilik, xurofiy odatlar (masalan,
milliy), shuningdek, gunoq o`rniga uyalish tuyg’usini his qilishga moyillik kabi
chiziqlar ko`rib chiqiladi. Zo`rovonlikka moyillikni quvvatlashda muhim rolni
insonning o`z taqdiri (ba'zida esa boshqa odamlarning ham taqdiri) ga yagona xokim
hisoblanishiga ishonchi, shuningdek, uning tajovuzga (foydali yoki me`yoriy
ko`rinishga) ijobiy munosabatini ortishi mumkin.
Alohida kategoriyadagi odamlar – tajovuzni yoxud tez-tez, yoxud oxirgi
shaklda namoyish etuvchi ekstremistlar haqida gapirish mumkin. Ekstremistlar, o`z
navbatida, yaqqol ikki guruhga bo`linadi: past va yuqori o`z-o`zini nazorat qilish
bilan.
Birinchilari zaif rivojlangan o`zini tutuvchi mexanizmlari kuchida tajovuzni
doimiy namoyon etsalar;
Ikkinchi guruhdagilar – xatto kuchli qo`zg’atuvchilardan uzoq muddat
saqlanishlari, biroq ichki resurslar so`ngach tajovuzning oxirgi ko`rinishlarini
(brutalga qadar) namoyish qiladilar.
Shaxsning tajovuzkor axloqiga ta'sir ko`rsatuvchi boshqa xususiyat uning
frustratsiyaga chidash berish qobiliyati hisoblanadi. Ma'lumki, frustratsiya ostida
ehtiyojni qoniqtirish yoki maqsadga erishish yo`lidagi to`siqlar bilan chaqirilgan
holat tushuniladi. Ba'zi mualliflar frustratsiyani tajovuzkor axloqning yetakchi
sabablaridan biri sifatida ko`rib chiqadilar. Umuman olganda frustratsiya – juda
ham keng tarqalgan ko`rinish, va odamlar uni uddalashda qobiliyatlari bo`yicha juda
farqlanadilar. Agar tajovuzkor axloq frustratsiyani bartaraf etishga muvaffaqiyatli
118
tarzda yordamlashsa, unda ta'limning qonunlariga muvofiq katta ehtiromlikda
kuchayadi. Shuningdek, agar odam frustratsiyaga yuqori ta'sirchan bo`lsa, yana
unda frustratsiyani yengishning ijtimoiy maqbul usullari ishlab chiqilmagan
bo`lsagina, muammo yuzaga kelishi mumkin.
Agar boshqa ta'sirni – jinsiy (gender) omilni baholasak, – unda erkaklar (o`g’il
bolalar) ancha yuqori to`g’ridan-to`g’ri va jismoniy, ayollar (qiz bolalar) esa –
bilvosita va verbal tajovuzni namoyon qiladilar. Umuman olganda, ayni damda
ayollar ko`pincha va muvaffaqiyatli tarzda uning psixologik variantiga murojaat
qilsalar erkak jinsiga jismoniy kuch ishlatishga katta moyillik qayd qilinadi. Yosh,
gender va individual omillarning butun muhimligiga qaramay, tajovuzkor axloqning
shakllanishida, ko`plab tadqiqotchilar fikriga ko`ra, shaxs rivojlanishidagi ijtimoiy
sharoitlar yetakchi ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |