O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   187
Tajovuz va delinkvent axloq 
Tajovuz va delinkvent (qonunga qarshi) axloq 
o`zaro aloqador ekani yaqqol fakt. Haqiqatan, qonunga zid harakatlarning kattagina 
qismi tajovuzkor harakatlar bilan birga boradi. Bu instrumental xarakterga ega 
tajovuz, ya'ni qandaydir maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan g’arazli jinoyat 
bo`lishi mumkin (yashashga maydonni olish uchun qotillik, o`g’rilikda jismoniy 
zo`ravonlik, pul undirish maqsadidagi tahdid). Boshqa zo`ravonlik jinoyati 
holatlarida bevosita dushmanlik axloqida namoyon bo`ladi. Zo`ravonlik umuman 
olganda, tajovuzkor axloqning bir muncha xavfli shakli sifatida qonun bilan 
taqiqlanadi va davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Shaxsning delinkvent axloqi va tajovuz o`rtasidagi o`zaro aloqa bir narsa 
emas. Qonunlarni buzish darajasiga yetgan tajovuzkor axloq dastavval taqlid oqibati 
bo`lishi mumkin. Taqlid uchun namuna sifatida qarindoshlar, tengdoshlar, boshqa 
ahamiyatli odamlar bo`lishlari mumkin. Tajovuzkor axloqni quvvatlashda alohida 
rolni delinkvent submadaniyat o`ynaydi. Asotsial guruh, banda, ozodlikdan maxrum 
qilish joyi bu barcha ijtimoiy institutlar turg’un tajovuzkor axloqni shakllantiradi.
Boshqa holatlarda tajovuzkor qonunga qarshi axloq asabiy jihatdan 
shartlangan bo`lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglanmagan gunoh 
tuyg’usi bilan motivatsiyalansa. Qonunga qarshi harakatlarga moyillik boshqa 
odamlarga dushmanlik munosabati hayot usuli hisoblanuvchi shaxsning antiijtimoiy 
yo`nalganligi holida ham kuzatiladi. Tajovuzkor axloqning keyingi shakli asab 
tizimining organik buzilishi bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Bunday qonunbuzar, 
ayniqsa, samaradorlik, kechinmalarida turib qolish, impulsivlik yoki intellektual 
pasayish oqibatida zo`ravonlikka moyillik alohida (ko`p sonli bo`lmagan) guruhdagi 
qonunbuzarlarni og’riqli holati tajovuzning (ularning antijamoatchilik yo`nalganligi 
bilan kam bog’liq bo`ladigan) kutilmagan motivatsiyalanmagan portlashi bilan birga 
boradigan psixik kasallar ham tashkil etadi. 
Amaliyotda, masalan, mas'uliyat choralari va jazolash turini aniqlash uchun 
tajovuzkor axloqning patologik va nopatologik shaklini farqlash muhim.


122 
Nopatologik shakl, qonundagiday, xulq xafagarchiligining qo`pol bo`lmagan 
ifodalanishi va yoqimli sharoitlarda konpyensatsiyalash layoqatida xarakterlanadi. 
Masalan, o`smirlarning tajovuzkor axloqi yosh reaktsiyasi xarakterini olishi va 
umuman olganda atrofdagilar bilan o`zaro munosabatni buzmachiligida ko’rish
mumkin.
Patologik tajovuz esa, aksincha, zo`ravonlik axloqini tashkil etuvchi, psixik 
faoliyat va ularning dinamikasidagi og’riqli o`zgarishlarga sabab bo`luvchi sifat 
o`zgarishlari bilan bog’liq. Patologik o`zgarishlarning quyidagi belgilarini ajratish 
mumkin:

hissiy muhitda o`zgarish va affektiv-yovuz reaktsiyaarning yuzaga 
kelishi bilan tajovuzkor axloq; 

o`ch olish, xafagarchilikning qadriyatlardan tashqari g’oyalari mavjud 
bo`lgan tajovuzkor axloq; 

asosiy belgisi boshqa odamga ma'naviy azob yoki jismoniy og’riq 
yetkazishda ijobiy hislarni boshdan kechirishda namoyon bo`ladigan mayllar 
muhitida, shu jumladan, sadistlik tajovuzi. Masalan, patologik tajovuz holida oddiy 
tanqidiy ogohlantirish zulmning shunday darajasini qo`zg’atishi mumkinki, unda 
ong buziladi va odam o`zini unutgan holatda qotillik sodir etadi. Tajovuzkorlikning 
alohida holati seriyali va tashqi jihatdan deyarli motivatsiyalanmagan qonunga 
qarshi harakatni aks ettiradi.
E.Frommning fikriga ko`ra, yovuz barbod etuvchi va sadisik shafqatsizlik 
xarakteriga ega, to`satdan va atrofdagilarga hamda yaqin kishilar uchun 
kutilmaganda yuzaga chiqadi. Tajovuzning bunday shakli, muallifning fikricha, aniq 
biologik yoki iqtisodiy sabablarga ega emas va real insoniy muammoni tashkil etadi.
Tajovuzning qonunga qarshi tabiati haqidagi savolga javob berishga intilar 
ekanlar A.Bandura va R.Uolter turg’un antijamoatchilik axloqi bo`lgan 
o`smirlarning tiklanishi va shaxsiy xususiyatlarining ijtimoiy sharoitlarini tadqiq 
etdilar. Mualliflar fikriga ko`ra asotsial tajovuzli o`smirlar ijtimoiy reja ancha 
muvaffaqiyatli bo’lib, o`z tengdoshlaridan ahamiyatli tarzda farqlanadilar. Ular 
ko`pincha va hiyla bevosita o`z tajovuzlarini ifodalaydilar (ayniqsa, uyda). Ularning 


123 
fikricha, otasi bilan ijobiy munosabat o`rnatishga qodir bo`lmaslik o`g’il bolalarda 
antijamoatchilik yo`nalishining shakllanishida hal qiluvchi omillardan biri bo`lishini 
taxmin qiladilar.
Qonunni buzuvchi tajovuzkor o`smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, hissiy 
bog’lanib qoladigan vaziyatlardan qochadilar. Ular tengdoshlariga kamroq xayrixoh 
munosabatda bo`ladilar, ko`pincha jinsiy aloqa va tajovuzni aralashtiradilar, 
tajovuzkor axloqlari uchun ayblarini deyarli his qilmaydilar. Ular ko`p narsalarda 
impulsi ichki cheklovlarga qaraganda tashqilariga bo`ysunuvchi kichkina bolalarni 
eslatadilar. Bunday o`smirlar o`zlariga amaliy zarar yetkazadilar, chunki o`z 
harakatlari natijasida ko`ngil qo`ygan odamlaridan yanada ko`proq maxrum 
bo`ladilar va na hurmat, na ishonchni his qilmaydigan hokimiyat vakillarining qattiq 
nazorati ostiga tushadilar. Shu bilan birgalikda, qat'iy reglamentlangan tashqi 
nazorat (qamoq) sharoitida ular o`zlarini xatto ba'zida ozodlikdagidan ko`ra 
qulayroq his qiladilar. 
Tajovuzkor antiijtimoiy axloqning takroriy va jiddiy jazolanishi faktiga 
qaramay og’ir tugatiladi, ko`p tadqiqotchilarni bunday buzg’unchi deyarli tajribada 
o`rganishga qodir emas degan xulosaga olish keladi. Ehtirom, bu harakatdan keyin 
tezda munosib jazo berilmasligi yoki umuman jazosiz qolishlari bilan bog’liqdir. 
Tajovuz (jinoyat) ning jazosiz qolishiga bo`lgan ishonch antiijtimoiy axloqni 
qo`llab-quvvatlashda muhim rol o`ynaydi. Shunday qilib, tajovuzkorlik va 
delinkventlik zich bog’langandir.
Tajovuzkor asotsial axloq umuman olganda jamiyatning turg’un salbiy 
munosabatini uyg’otadi va shaxs bilan uning atrofidagi odamlar o`rtasida jiddiy 
to`siq hisoblanadi. Shuni tan olish kerakki, aniq ifodalangan tajovuzkor axloqli 
shaxsga qator ijtimoiy ta'sir sabablarining kuchi ko`pincha kam samaralidir. Chunki 
tajovuz chuqur biologik va ijtimoiy ildizlarga ega, tajovuzkor axloqni ildizi bilan 
quritish, barcha ko`rinishlar bo`yicha mumkin emas. Faqat bir necha bosqichlarda
jamiyat, oila va kichik guruhlar, shaxsning o`zida samarali ijtimoiy nazorat tizimini 
yaratish orqali uning ko`rinishlarini kamaytirish haqidagi gapirish mumkin.


124 
Afsuski, hech bir jamiyat zo`ravonlikning ko`rinishlaridan ozod emas. Shu 
bilan birga, tarix ko`plab misollarni biladiki, davlatning o`zi ham jinoiy harakatlar 
tashabbuskori bo`lib chiqqan. qator davlatlar siyosatining oqibatlari Insoniyatga
qarshi jinoyatchilik deb tan olindi: fashistlar tomonilan millionlab yevryey millatiga 
mansub odamlarni yo`q qilinishi, stalincha ryepryessiya va dyeportatsiya, turklar 
tomonidan armyanlarning ommaviy o`ldirilishi, chyechyenlar urushi.
Biz deviant axloqning aniq turlarini yoritishni oldini olib, tajovuz va 
tajovuzkor axloqning faqat ba'zi tomonlarinigina ko`rib chiqdik. 
Ushbu mavzuni tugatib, yana bir bor ta'kidlash zarurki, tajovuz (muxabbat 
bilan bir qatorda) insoniy mavjudlikning eng turli-tuman shakllarida ishtirok etadi.
Og`ishgan xulqning barcha asosiy turlari – delinkvent, tobe va suitsidal – albatta, 
faqat tajovuzkor harakatlarning shakli va yo`nalganligi bilan farqlanuvchi o`z 
mohiyati bo`yicha barbod etuvchi axloq sifatida ko`rib chiqish mumkin.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin