2.Shaxs tobe axloqining omillari.
Addiktiv axloq og’irligining darajasi
turlicha amaliy me`yoriy axloqdan aniq ko`rinib turgan somatik va psixik patologiya
bilan birga boruvchi biologik bog’lanib qolishning og’ir shakligacha bo`lishi
mumkin. Shu bilan bog’liq ravishda ba'zi mualliflar bog’lanib qolish darajasiga
yetmaydigan va fatal xavf tug’dirmaydigan, masalan, ko`p ovqat yeyish yoki
chekish kabi addiktiv axloq va shunchaki zararli odatlarni farqlaydilar. O`z
navbatida, addiktiv axloqning alohida turlari turli-tuman ko`rinishlar kontinumini
aks ettiradi. Masalan, mutaxassislarning tan olishicha, piyonistalik (ichkilikka
bog’lanib qolishning klinik shakli) monolit hisoblanmaydi.
Shaxsning bog’lanib qolish ob'ektini tanlashi qisman uning inson
organizmiga o`ziga xos ta'siri bilan aniqlanadi. Qoidadagiday, odamlar
165
addiktsiyaning u yoki bu ob'ektiga individual moyillik bo`yicha farqlanadilar.
Ichkilikning alohida ommaviyligi uning keng ta'sir spektriga ega ekanligidir – u
birday muvaffaqiyat bilan qo`zg’atish, qizishish, bo`shashish, yallig’lanish
kasalliklarini davolash, o`ziga ishonch va erkinligi uchun foydalaniladi.
Tobe axloqning turlicha shakllari uyg’unlashish yoki bir biriga o`tish
tendentsiyasiga ega, bu esa uning ishlashidagi mexanizmlarning umumlashganini
isbotlaydi. Masalan, ko`p yillik stajga ega bo`lgan kashanda sigaretadan voz
kechgach, doimiy ravishda ovqatlanishga istakni his qilishi mumkin. Geroinga
muhtoj bo`lib qolgan odam ancha yengil giyohvandlar yoki ichkilikni iste'mol qilish
yordamida remissiyani qo`llab-quvvatlashga intiladi. Albatta, tashqi farq bo`lib
ko`rinishiga qaramay, axloqning ko`rib chiqilayotgan shakllari printsipial o`xshash
psixologik mexanizmlarga ega. Shu bilan bog’liq holda addiktiv axloqning umumi
belgilari ajratiladi.
Dastavval shaxsning muhtoj axloqi uning turg’un psixojismoniy holatning
o`zgarishiga intilishida namoyon bo`ladi. Ushbu mayl inson tomonidan impulsiv-
kategoriyali, yengib bo`lmas, to`yinmaydigan sifatda boshdan kechirilgandi.
Tashqaridan bu go`yoki o`z o`zi bilan kurash, ko`pincha esa – o`z-o`zini nazorat
qilishni yo`qotish bo`lib ko`rinadi.
Addiktiv axloq to`satdan paydo bo`lmaydi, u o`zida addiktsiya (tobe bo`lib
qolish) ning uzluksiz shakllanish va rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Addiktsiya
boshlanish (ko`pincha beozor), individual oqim (tobe bo`lib qolishning kuchayishi
bilan) va natijaga ega. Axloq motivatsiyasi bog’lanib qolishning turli bosqichlarida
turlichadir. Masalan, giyohvand moddalarga tobe bo`lib qolishning shakllanish
jarayoni quyidagi bosqichlarga ega bo`lishi mumkin:
1. Dastlab yoshlar submadaniyati ta'siri ostida epizodik iste'mol, ijobiy
hissiyotlar va saqlangan nazorat fonida giyohvand moddalar bilan tanishuv sodir
bo`ladi.
2. Sekin-asta nisbiy saqlangan nazorat bilan iste'molning turg’un individual
ritmi shakllanadi. Bu bosqich ko`pincha qachonki ob'ekt haqiqatan uzoq davom
etmaydigan muddatga psixojismoniy holatni yaxshilashga yordam bersa, psixologik
166
bog’liqlik bosqichi deb ataladi. Sekin-asta giyohvand moddalarning kattaroq
dozalariga o`rganish sodir bo`ladi, shu bilan bir vaqtning o`zida ijtimoiy-psixologik
muammolar yig’iladi va axloqning moslashmagan steriotipi kuchayadi.
3. Keyingi bosqich uchun eng yuqori darajani iste'mol qilganda ritmning
tezlashishi xarakterlidir, bekor qilish sindromi va nazoratning to`la yo`qotilishi,
intoksikatsiya belgisi bilan jismoniy bog’lanib qolish belgilari paydo bo`ladi.
Giyohvand moddalar lazzat olib kelishdan to`xtaydi, u azob va og’riqlardan qutulish
uchun iste'mol qilinadi. Bularning barchasi shaxsning qo`pol o`zgarishi (psixik
buzilishgacha) va aniq ko`rinib turgan ijtimoiy moslashmaganlik bilan birga boradi.
Ancha kech bosqichlarda giyohvand moddalarni iste'mol qilishda dozasi
kamaytiriladi, iste'mol qilish endi holatni tiklashga olib kelmaydi.
4. Natijada ijtimoiy yolg’izlanish va fojia (dozani oshirish; suitsid; OITS;
hayot bilan birga bo`lolmaydigan kasallik) ro’y beradi.
Bosqichning davomliligi va oqib o`tish xarakteri ob'ektning xususiyatiga
(masalan, giyohvand moddalar ko`rinishida) va addiktning individual xislati
(masalan, yosh, ijtimoiy aloqalar, intellekt, sublimatsiyaga qobiliyat) ga bog’liq.
Muhtoj axloqning yana bir xarakterli xususiyati uning siklliligi hisoblanadi.
Bitta sikl fazasini sanaymiz:
– addiktiv axloqqa ichki tayyorlikning mavjudligi;
– istak va zo`riqishning kuchayishi;
– addiktsiya ob'ektini kutish va faol izlash;
– ob'ektni olish va o`ziga xos kechinmalarga erishish;
– bo`shashish;
– remissiya fazasi (nisbiy sokinlik).
Keyin sikl individual chastota va ifodalanganligi bilan takrorlanadi. Masalan,
addiktning bittasi uchun sikl bir oy, boshqasi uchun bir kun davom etishi mumkin.
Muhtoj axloq kasallik yoki o`limga olib kelishi shart emas (masalan, piyonistalik
yoki giyohvandlik holatlaridagi kabi), biroq qonunan shaxsiy o`zgarishlar va
ijtimoiy moslashmaganlikni uyg’otadi.
167
S.P.Korolenko va T.A.Donskiy addiktsiyaning shakllanishi bilan birga
boruvchi o’zaro vaziyatning tipik ijtimoiy-psixologik o`zgarishlarni ko`rsatadi.
Addiktiv ko`rsatmaning shakllanishiga hayotga addiktiv munosabatni uyg’otuvchi
kognitiv, hissiy va axloqiy xususiyatlarning yig’indisi birinchi darajali ahamiyatga
ega.
Addiktiv ko`rsatma addiktsiya ob'ektiga yuqori baholi hissiy munosabatning
(masalan, sigareta, giyohvand moddalarning doimiy zaxirasi bo`lishi haqidagi
xavotir) paydo bo`lishida ifodalanadi. Ob'ekt to`g’risidagi fikrlar va suhbatlar
ustunlik qilishni boshlaydi. Ratsionalizatsiyalash mexanizmi kuchayadi –
addiktsiyani intellektual oqlash (“hamma chekadi”, “stressni ichkiliksiz yengib
bo`lmaydi”, “kim ichsa, uni kasallik yengmaydi”). Bunda magik tafakkur (o`z
buyukligi yoki giyohvand moddalarning qudratliligi haqidagi fantaziyalar
ko`rinishida) va “istak bo`yicha tafakkur” deb nomlanuvchi shakllanadi, buning
oqibatida addiktiv axloq va addiktiv muhitning salbiy natijalariga tanqid pasayadi
(“hammasi joyida”; “men o`zimni nazorat qila olaman”; “barcha giyohvandlar
yaxshi odamlar”).
Parallel tarzda “boshqa” hamma narsaga, shu jumladan, addiktga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko`rsatishga harakat qiladigan mutaxassislarga ham ishonchsizlik
rivojlanadi (“ular meni tushunmaydilar, chunki o`zlari buning nima ekanini
bilmaydilar”).
Addiktiv ko`rsatma bog’lanib qolish ob'ekti mavjud bo`lishning maqsadi,
iste'mol esa hayot tarzi bo`lishiga olib keladi. Hayotiy borliq ob'ektni olish
vaziyatigacha torayadi. Qolgan barchasi avvalgi axloqiy qadriyatlar, qiziqishlar,
munosabatlar ahamiyatli bo`lishdan to`xtaydi. Ob'ekt bilan “qo`shilish” istagi
shunchalik ustunlik qiladiki, odam unga erishish yo`lida o`tkir ixtirochilikni va
sabotni namoyish qilib, barcha to`siqlarni yengadi. Ko`pincha yolg’onning muhtoj
axloqning alishtirilmas yo`ldoshi bo`lishi hayron qolarli narsa emas. O`zi va o`z
axloqiga tanqidiylik ahamiyatli tarzda pasayadi, muhofaza-tajovuzkor axloq
kuchayadi, ijtimoiy moslashmaganlik belgilari o`sadi.
168
Ehtimol, addiktiv ko`rsatmaning eng salbiy ko`rinishlaridan biri
anozognoziya kasallik yoki uning og’irligini rad etish hisoblanadi. Addiktning o`z
muhtojligini tan olmasligi (“men – piyonista emasman”; “agar istasam, ichishni
tashlay olaman”) uning atrofdagilar o`zaro munosabatini murakkablashtiradi va
ahamiyatli tarzda yordam ko`rsatishni qiyinlashtiradi, qator hollarda esa muhtojlikni
yengib bo`lmas tuyiladi.
Shunday qilib, muhtoj (addiktiv) axloq – bu psixik holatni o`zgartirish
maqsadida qandaydir moddani iste'mol qilishga (yoki o`ziga xos faollikga) muhtoj
bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan autodestruktiv axloq. Sub'ektiv ravishda
addiktsiya ob'ektisiz yashash mumkin emasday, unga yengib bo`lmas mayl kabi
kechiriladi. Bu axloq, modomiki organizm va shaxsni muqarrar ravishda barbod
qilarkan aniq ko`rinib turgan autodestruktiv xarakterga ega.
Dostları ilə paylaş: |