169
mas'uliyatdan qisman ozod bo`ladi. Masalan, o`z diabetiga javob berishi mumkin
bo`lmaganiday, piyonista ham o`z piyonistaligi uchun javobgar emas. Addiktlar
ekzogen moddalardan bog’lanib qolishga immanent moyilligi bo`lgan odamlar
sifatida ko`rib chiqiladi. Modomiki, muhtojlik qiyin davolanuvchi deb tan olingan
ekan, u bilan azoblanuvchi odam butun hayoti davomida bu og’riqli maylga
qarshilik ko`rsatishi lozim va aynan shuning uchun u shaxsan javobgardir.
Anonim piyonistalar jamiyatida (AL) davolashning nisbatan yuqori samarasi
kasallik modeli ommaviyligining o`sishiga olib keldi. Giyohvandlikka bog’lanib
qolganlar anonim giyohvandlar (AN)
tashkilotini yaratib, muvaffaqiyatga AA
erishishga urinmoqdalar. P. Kutter ta'kidlashicha, bu qisman piyonista shaxslar va
giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchi odamlar o`rtasidagi ahamiyatli farqni
tushuntiradi.
Boshqa simptomatik model addiktiv axloqni alohida axloqiy “simptomlar”
yoki odatlar sifatida o`rganishni ko`zda tutadi. Masalan, chekish jiddiy shaxsiy
muammolar bilan ham, kasallik buzilishlari bilan ham bog’liq bo`lmagan oddiy odat
bo`lishi mumkin. Bunday axloq axloqning boshqa har qanday (shu jumladan,
foydali) steriotipi kabi o`rganish qonunlari bo`yicha shakllanadi. Masalan, o`smir
chekishga o`zi uchun ahamiyatli bo`lgan kompaniyada tengdoshlarining
ma'qullashini
olib va kattalikni his qilib, qo`shilishi mumkin. Albatta, tibbiy-
psixologik ta'sir aniq bir simptom odatga yo`nalgan bo`lishi darkor. Buning uchun
quyidagilarni aniqlab olish muhim: shaxs ushbu axloqdan (u nima bilan o`z-o`zini
mustahkamlaydi) qanday psixologik foyda chiqaradi; u, odatda, qanday sharoitlarda
o`tadi (nima uni mustahkamlaydi); nihoyat, qachon va nima uchun u namoyon
bo`lmaydi (uning ingibitorlari qanday).
Olingan axborotga asosan uni har doim namoyon bo`lganda “jazolab” va
aksincha, ijobiy axloqni mustahkamlab, istalmagan axloqqa ta'sir ko`rsatishni
rejalashtirish mumkin. Masalan, agar biz chekishni tashlashni istasak, uyda sigareta
saqlamasligimiz; sekin-asta chekilgan sigaretalar
sonini kamaytirib borishimiz,
chekishdan tiyilganda o`zimizni rag’batlantirishimiz, qachonki chekishga xohish
tug’ilganida “boshqa” yoqimli nimanidir qilishimiz kerak.
170
Ko`rib chiqilgan tamoyil dorivor preparatlardan foydalanish yordamida ham
amalga oshirilishi mumkin. Masalan, bog’liqlik bilan ajralishni istagan odamga
ichkilik yoki giyohvand moddalarni iste'mol qilganda o`ta noxush reaktsiyalarni
(yurak urishi, bug’ilish, vahima ) uyg’otuvchi preparatlarni kiritish mumkin. Ushbu
holda avval istalgan ob'ekt qo`rquv yoki nafratlanish bilan assotsiatsiyalanishni
boshlaydi va muhtoj axloq sekin-asta so`nishi mumkin. Boshqa holatlarda
giyohvand
moddalarni
qabul
qiluvchi
retseptorlarni
blokirovkalovchi
(“o`chiruvchi”) dorilardan foydalaniladi. Shunga o`xshash moddalar ta'siri
ostida
shunchaki kutilgan kayf bo`lmaydi, shu bilan muhtoj axloq mustahkamlanmaydi va
iste'mol qilish ma'nosiz bo`lib qoladi.
Simptomatik model yetarlicha ishonchli ko`rinadi. U addiktiv axloqning
turlicha shakllarida – mustaqil yoki kompleks reabilitatsiya doirasida keng
foydalaniladi.
Muhtoj axloqning eng kam tarqalgani psixoanalitik modeldir. Ehtimol, bu
addiktiv buzilishning psixoanalitik terapiyasi hali yuqori samaradorlikka
erishmagani bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda muhtoj axloq shakllanishining
psixodinamik mexanizmlari uning tabiatini tushunish uchun o`ta muhim deb tan
olinadi. Psixoanalitik modelga muvofiq addiktiv
axloq shaxsiy dinamikaning
buzilgan ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. Muhtoj axloqqa individual moyillik
hayotning birinchi yillarida aniqlanadi. Keyin u ixtiyorsiz sabablar kabi inson
xarakterining xususiyatlari (masalan, oral xarakter) bilan uyg’otiladi va
quvvatlanadi.
AA tashkiloti kasallikka bog’lanib qolishni tan olishiga qaramay, uning
faoliyati shaxs ichki tuzilmaviy o`zgarishlarini jadal qo`llab-quvvatlashga
yo`naltirilgan. Masalan, zich shaxslararo munosabatda ichkilikdan tiyilish
kontekstida qachonki odamlar baxtsizlik bo`yicha o`rtoqlari bilan e'tiborli va
g’amxo`r birlashishni his qilgandagina erishiladi. G’amxo`rlik
qiluvchi figuralar
psixoterapevt internalizatsiyalangani kabi obrazda internalizatsiyalanadi. Bu, o`z
navbatida, piyonistaga impulsni nazorat qilishga yordam beradi va uning Egosini
kuchaytiradi.
171
Tizimli-shaxsiy modelda muhtoj axloq shaxsning ahamiyatli munosabatlar
tizimi va hayotiy muhim funktsiyalarning uzilishi bilan bog’liq disfunktsional kabi
ko`rib chiqiladi. Masalan, ichkilikni iste'mol qilish chastotasining oshishi ishdagi
omadsizliklar bilan bog’liq bo`lishi mumkin, o`smirning giyohvand moddalarga
tobe bo`lib qolgan axloqi ota-onalarini ajrashishdan to`xtatish maqsadi bo`lib xizmat
qilishi; ko`p ovqat yeyish esa jinsiy-shaxsiy muhitdagi muammolar haqida signal
beradi.
Tizimli-shaxsiy model oilaviy maslahatlashish va psixoterapiya doirasida bir
muncha to`liq amalga oshadi. Shuningdek, unga ba'zi
reabilitatsion tizimda
ustuvorlik beriladi. Masalan, «Day-Top International» dasturi deviant shaxsni
moslashmagan, ijtimoiy aloqalardan yulib olingan sifatda ko`rib chiqadi.
Dasturning maqsadi addikt yoki delinkventning guruh qoidalari va o`z axloqiga
mas'uliyatni qabul qilish orqali guruh (jamiyat)da yashash qobiliyatini tiklash
hisoblanadi.
Tobe axloqning sanab o`tilgan konseptual modellari uning murakkabligi va
ko`p obrazliligini aks ettiradi. Fan rivojlanishining zamonaviy bosqichida ustuvorlik
kompleks bog’lanib qolishni murakkab ko`p darajali “jamiyat – shaxs – organizm”
tizimida ishlashining buzilishi sifatida ko`rib chiquvchi addiktiv axloqning
biopsixoijtimoiy modeliga berilishini ta'kidlash zarur. Bu demakki, addiktiv axloq
bir vaqtning o`zida bir necha planda ko`rib chiqilmog’i lozim: madaniy, ijtimoiy,
huquqiy, psixologik, tibbiy-biologik.
Dostları ilə paylaş: