O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   187
Antiijtimoiy (sotsiopatik) shaxs. 
Aniq shaxsda ustunlik qiluvchi va bir 
muncha tez-tez ko`zga tashlanuvchi sabablar shaxsning umumiy yo`nalganligini 
belgilaydi. Xorijiy psixologik va tibbiy adabiyotlarda katta odamlardagi (18 yoshdan 
boshlab) delinkvent axloqni ifodalash uchun quyidagi atamalar keng qo`llaniladi: 
“antiijtimoiy”, “sotsiopatik”, “psixopatik” shaxs. Ushbu tushunchalar biz uchun 
odatiy bo`lgan – “kriminal shaxs”, “xarakterologik psixopat” tushunchalari bilan 
bir xil emas – tibbiy tashxis sifatida ham yuzaga chiqmaydi. Sotsiopatik 
(antiijtimoiy) shaxs o`zida shaxs ishlashining chuqur psixologik mexanizmlari 
orqali yortilidigan psixologik tipni aks ettiradi. Sotsiopatik dinamikani o`rganishga 
asosiy hissa psixotahlilchi tomonidan qo`shildi. Og’ir o`smirlarga bag’ishlangan o`z 
ishlari bilan mashhur Avgust Ayxorn (1876—1949) delinkventlikni “noto`g’ri 
ma'no berishni keltirib chiqaruvchi psixik kuchlar o`zaro ta'sirining natijasi, dinamik 
ko`rinish” sifatida ta'riflaydi. 
Ushbu buzilish dastavval Ego va super-Ego o`rtasidagi o`zaro munosabatning 
buzilishi bilan bog’liq. Super-Ego (tanqidiy instantsiya sifatida) shakllanmagan 
bo`lishi, boshqa holatlarda esa u o`ta qattiq jazo beruvchi bo`lishi mumkin. Nihoyat, 
Ego-ideal (super-Egoning qismi sifatida) antiijtimoiy o`xshashlikdan iborat bo`lishi 
mumkin. 
N.Mak-Vilyame sotsiopatik shaxsni boshqalar ustidan hokimlikni his 
qilishning aniq ko’rinib turgan ehtiyoji orqali yoritad. Bu odamlarga ta'sir ko`rsatish, 
ularni manipulyatsiya qilish, ularning ustidan “ko`tarilish” ga intilish sifatida 
namoyon bo`ladi. Ko`pchilik mualliflar ushbu xarakter insoniy ko`ngil qo`yishga 
noqodirlik asosi bilan bog’liq deya ta'kidlaydilar.
Bunda ijtimoiy moslashuv darajasi turlicha bo`lishi mumkin. A. Ayxorn aniq 
va latent delinkventlik tushunchasini kiritdi. Agar birinchi xolda antiijtimoiy 
harakatlarga o`rin bo`lsa, ikkinchisida bu holat mavjud, biroq tashqaridan ko`zga 
tashlanmaydi. Shaxsning antiijtimoiy tashkilotchiligi bo`lgan odam albatta jinoyat 
sodir etmaydi, ammo uning hayoti umuman olganda o`ziga xos motivatsiya bilan 


156 
belgilanadi. Bir qancha hurmatli kasb vakillari, shubhasiz, boshqalarga qaraganda 
yuqori darajada o`z individualliklarini jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashtirgan 
holda bosim va nazoratga (pedagoglar, sudyalar, xirurglar) moyillikni namoyon 
etadilar.
Qonunni buzish yo`lida turgan shaxslar ushbu psixologik tashxis nuqtai 
nazaridan yetarlicha aniq ifodalanishi mumkin. Eng qiziq fakt shundan iboratki, agar 
sotsiopatik shaxs qamoq yoki o`z-o`zini barbod etishdan omon qolsa, u o`rta yoshida 
(qirq yoshlarda) “yonib ketish” tendensiyasiga ega bo`ladi, ko`pincha “namunali 
fuqaro” darajasigacha erishadi.
Psixotahlilchi delinkventlarni o`z ichki nizolarini hal qilsh holatidagilar 
sifatida ko`rib chiqadi. Antiijtimoiy odamlar reallikdan uziladilar va ichki 
haqiqatdan qutuladilar, qonun bilan ta'qiqlangan va davlat barham beradigan
ta'qiqlangan harakatlarni qo`llaydilar. Sotsiopatik odamlarning asosiy psixologik 
himoyasi nazorat hisoblanadi. Ular, shuningdek, proektiv o`xshashlik, ko`plab 
nozik dissotsiativ jarayonlar va tashqaridan o`yinni tugatishdan foydalanadilar.
Mak-Vilyam ko`rsatishicha, bosim o`tkazishga ehtiyoj, ayniqsa, ahamiyatga ega. 
U uyatni himoyalaydi (ayniqsa, qo`pol psixopatlarda) yoki jinsiy perversiya 
izlashdan (xuddi shunday asosida kriminallik yotadigan) chalkitadi. 
Delinkvent axloqda ko`pincha shaxsiy salbiy sifatlarni jamiyatga 
proektsiyasidan foydalaniladi. Bunda jamiyat haqiqatda boridan ko`ra illyuziyali 
tarzda yomon bo`lib ko`rinadi, huquqni himoyalovchi organlar vakillari esa eng 
salbiy tavsifnomalar bilan “ment”gacha tushiriladi. Sotsiopatlarda mashxur 
yetkazishning yo`qligi nafaqat super-Egoning nuqsoni haqida, balki boshqa 
odamlarga odatiy o`zaro mehribonlikning yetishmasligi haqida ham xabar beradi.
Antiijtimoiy shaxslar uchun boshqa odamlarning qadriyatlari ularning 
foydaliligigacha qisqartiriladi, ko`pincha bu keyingilarning yaqqol yoki ixtiyorsiz 
roziligi bilan «zatrshino`» ga to`qnashishida aniqlanadi. Sotsiopatik odamlar agar 
esa eshituvchida kuch va taassurot uyg’otsa, o`zlarining g’alabalari, nayrang yoki 
yolg’onlari bilan maqtanadilar. Qonun xizmatchilarini jinoyatchilarning qotillikni 
osongina tan olishlari va ularning fikricha, zaiflik belgisi sifatida baholanuvchi 


157 
kichik harakatlarni yashirgan holda u haqida dahshatli tafsilotlarigacha sokin 
so`zlab berishlari hayratga solishdan to`xtamaydi.
Delikventlar o`z axloqlari tufayli noqulaylikdan azoblanmasliklari fakti 
ularga ijtimoiy va psixoterapevtik ta'sirni murakkablashtiruvchi asosiy sabablardan 
birini tashkil etadi. Shunday qilib, sotsiopatik shaxsning o`z-o`zini boshqarishidagi 
asosiy mexanizmlar ichki zo`riqish va salbiy tuyg’ularning tashqaridan o`yinni 
tugatish hisoblanadi. Bunda shunday odamlarda harakatga lahzalik uyg’onish 
tug’iladi. Ular, shuningdek, o`z shaxsiy impul`slari ustidan nazorat orqali o`z-o`zini 
hurmatlashni ko`tarishga ega emaslar.
Sotsiopatlarni ko`pincha yetarlicha xavotirga tushmaydiganlar sifatida ko`rib 
chiqadilar. N. Mak-Vilyame bu holatni lahzalik tashqaridan o`yinni tugatishning 
“zaif” tuyg’ularni tan olishdan bosh tortish bilan uyg’unligi deb tushuntiradi. Bu 
shuni anglatadiki, agar sotsiopat xavotirni his qilsa-da, u buni shunchalik tez o`yinni 
tugatadi, 
atrofdagilar 
xatto 
sezishga 
ham 
ulgurmaydilar. 
Antiijtimoiy 
yo`nalganlikning shakllanish mexanizmlari mutlaqo tushunarsiz. Go`daklarning 
tug’ilishidanoq temperament bo`yicha farqlanishi isbotlangan. Bu holda 
sotsiopatning konstitutsional zamini bo`lib, masalan katta bazan tajovuz yoki asab 
tizimining pasaygan reaktivligi (qo`zg’alishning ancha yuqori ostonasi) chiqishi 
mumkin. Haqiqatan, o`zini bardam va yaxshi sezishi uchun sotsiopat keskin, ancha
silkitish tajribasiga muhtoj bo’ladi. Bunday odamlarning doimiy ravishda o`tkir 
hissiyotlarga intilishi, ularning pedagogik ta'sirni anglash va ijtimoiy-maqbul 
axloqqa o`rganishga bo`lgan past qobiliyati, ularning boshqa odamlar uchun oddiy 
bo`lgan narsalar musiqa, tabiat, yaxshi ishdan qoniqish olishga imkonsizliklarini 
alohida konstitutsiya tushuntirishi mumkin.
Tug’ma giperfaol, talabchan yoki parishonxotir bolaga otalik figurasining 
ishtiroki odatdagidan ko`ra ko`proq ahamiyatli. Ota-onasinikidan ko`proq 
energiyaga ega bo`lgan bola boshqa odamlarning ehtiyojini inobatga olmaslik
atrofdagilar xulqini uddaburron boshqargan holatda nimani istasa shuni qilishni 
o`zlashtirishi mumkin. Bunday bolalarga nisbatan ota-onalar tomonidan quyidagilar 


158 
xarakterlidir: noturg’unlik, intizom, erkalatishning yo`qligi, hissiy tushunmaslik, 
ekspluatatsiya va ba'zida shafqatsizlik.
Antiijtimoiy odamlar bolaligi ko`pincha nazoratsizlik, xafv-xatarga to`lalik va 
xaos (qattiqqo`l intizom va o`ta mehribonlikning xaotik qorishuvchi; zaif ona va 
tutaquvchan sadist ota; oilada piyonistalik va giyohvandlik; oilaviy ajralishlar) bilan 
farqlanadi. Bunday noturg’un va xavf soluvchi sharoitlarda bola rivojlanishning 
zaruriy lahzasida himoyalanganlik tuyg’usini olmaydi, bu esa uning qolgan hayotini 
o`zining buyukligini tasdiqlashni izlash uchun sarflashga itaradi.
Antiijtimoiy shaxslar oilasi uchun umuman olganda tushunish va o`z 
tuyg’ulari (aleksitimiya ko`rinishi) ni gapirish xos emas. Bizning ko`pchiligimiz o`z 
shaxsimizni ifodalash uchun so`zdan foydalansak, sotsiopatik shaxslar ularni 
manipulyatsiya uchun qo`llaydilar. Ota-onalar bolaning hissiy ehtiyojlariga javob 
qaytarishga qodir emaslar. Ular pedagoglar yoki kimdir ularning bolalari axloqini 
cheklasa, vaziyatga e'tiroz bilan reaktsiya qilib, o`sha shaxslarga nisbatan beixtiyor 
bo`ysunmaslik va nafratni namoyon etadilar. Umuman olganda ota-onalar bolaga 
kuchni namoyish qilishga chuqur kirishib ketganlar, sotsiopat esa o`z ota-onasining 
muxabbati va g’ururini boshdan kechirish orqali me`yoriy yo`l bilan o`z-o`zini 
hurmatlashga erishishda jiddiy qiyinchiliklarga ega bo`ladi.
Bir muncha destruktiv, kriminal psixopatlar tarixida oilaning izchil, 
muxabbatli, muhofazalovchi ta'sirini topish deyarli mumkin emas. Z.Freyd 
ko`rsatishicha: «E'tiborning eng muhim va eng dastlabki manbasi sevgining 
ishonchliligi hisoblanadi». Antiijtimoiy individ, ehtimol, shunchaki me`yoriy 
darajada mehribonlik va o`zaro muxabbatni hech qachon his qilmagan. U o`ziga 
g’amxo`rlik qiluvchi bilan o`xshash bo`lmagan. Buning o`rniga yovvoyi kabi his 
qilinadigan “begona self-ob'ekt bilan” ehtimol o`xshash bo`lgandir. Meladan sitata 
keltirarkan, Mak-Vilyam “dastlab ota-ona figurasi va ayniqsa, arxetipik hamda 
umuman olganda jamiyat va insoniyat madaniyati bilan o`xshash yo`naltirilgan 
chuqur va beixtiyor o`xshashlikning yetishmasligi” haqida yozadi. 
Bolaning oiladan tashqarida bo`lgan kattalar bilan keyingi aloqalari uning 
shaxsini zaruriy o`xshashliklar bilan boyitadi. Atrofdagi odamlarni hali ular lazzat 


159 
olishga ko`maklasharkan sevadilar va qachonki ular bunda rad etsalar, yomon 
ko`radilar. To`laqonli yuqori-Menning yo`qligi tufayli aybdorlik tuyg’usini 
uyg’otuvchi hech qanday ichki talablar mavjud emas. Garchi axloqning oqibatlarini 
intellektual tushunish bor bo`lsa-da, hissiy tushunish mavjud bo’lmaydi. Kelajakda 
qoniqmaslik xavfidan ko`ra, ayni damlik qoniqish muhimroq. Shunday qilib, erta 
ob'yektli munosabatlarning buzilishi mehribonlikni o`rnatish va obro`ni tan olishga 
noqodirlik sifatida kechadigan jiddiy shaxsiy buzilishga olib keladi.
Navbatdagi o`xshashlikka qaramay, O.Kernberg “antiijtimoiy shaxs”ning o`z 
guruhida psixologik jihatdan bir xil emasligini ta'kidlaydi va unda bir necha 
tashxisiy guruhchalarni ajratishni taklif qiladi.
Shaxsning o`z antiijtimoiy buzilishi dastavval super-Egoning og’ir 
patologiyasi bilan xarakterlanadi:

Bu aybdorlik va afsuslanishni his qilishga qodir bo`lmaslik;

hissiy ko`ngil qo`yish (xatto hayvonlar)ga qobiliyatsizlik;

odamlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan munosabat;

yolg’onchilik va nosamimiylik;

mulohazalar sustligi va hayotiy tajribadan o`rganishga noqodirlik;

hayotiy rejaga rioya qilishga qobiliyatsizlik.

Bir holatda bunday axloq faol-tajovuzkor (yovuz-sadistlik), boshqalarida
passiv-parazitlik (ekspluatatsiya qiluvchi) shakliga ega bo`lishi mumkin.
Agar shaxsan antiijtimoiy buzilish aniqlanmasa, yomon sifatli nartsissizm 
deb nomlanishiga o`rin bor. U shaxsning tipik nartsissik buzilishida (buyuklik, 
Menning afzalligi), xarakterologik ildizli tajovuzda (boshqalarga sadistlik yoki 
o`ziga yo`naltirilgan tajovuz) paranoidal tendensiya va o`zining xaqligiga ishonchda 
namoyon bo`ladi. Antiijtimoiy shaxsdan farqli ravishda yovuz sifatli nartsissizmda 
mehribonlik va boshqa odamlar ishtiroki potentsiali yoki aybdorlik tuyg’usi 
saqlanadi. Bunday odamlar boshqalardagi axloqiy e'tiqodni tushunadilar, o`z 
o`tmishlariga real munosabatga egadirlar va kelajakni rejalashtira oladilar.


160 
Keyinroq, antiijtimoiy axloq (asosan passiv-parazitik tip) shaxsning uzoq 
muddatli chuqur ko`ngil qo`yishga layoqatsizlik bilan shunchaki nartsissik buzilishi 
tuzilmasida uchrashi mumkin. U jinsiy addikisiya shaklida, mas'uliyatsizlik; 
boshqalarni hissiy yoki moliyaviy ekspluatatsiya qilishda ko`rinishi mumkin. 
Keyingi guruh shaxsning boshqa buzilishlarida (infantil, isteroid va h.k.) 
antiijtimoiy axloqni o`z ichiga oladi.
Shaxsning asabiy buzilishi holatida antiijtimoiy axloq ongsiz aybdorlik 
tuyg’usida sodir bo`ladi, ko`pincha bu shaxsiy drama sifatida ko`rinishi mumkin.
Masalan, odam ishxonada fosh bo`lib, bo`shatilishidan qo`rqqanidan mayda 
predmetlarni o`g’irlaydi.
Antiijtimoiy axloqni simptomatik asabiylikning qismi sifatida o`smir 
isyonkorligining, 
psixik 
nizolarning 
antiijtimoiy 
axloqqa 
o`tkazishni 
yengillashtiruvchi atrofdagilarning ta'siri ostida moslashuvning buzilishi shaklida 
ko`rib chiqish mumkin. Nihoyat, bu dissotsial reaktsiya antiijtimoiy axloq bilan 
ijtimoiy guruhchaga notanqidiy moslashuv bo`lishi mumkin. Shunday qilib, 
shaxsning delinkvent axloqi kabi bunday psixologik reallik o`z ichiga umumiy 
qonunchilikday, aniq ko`rinib turgan individual o`ziga xoslikni oladi.
Delinkvent shaxslarga murojaatda ularning ishonchsizligi kabi jazoga
fitnasini ham inobatga olmaslik maqsadga muvofiqdir (bu qanchalik mumkin 
bo`lsa). “Ular o`zlarini tuta olmaydilar, biroq ko`ngil qo`yishning erta bolalikda 
qoniqmagan noto`g’ri qizqin xohishiga ega ekanliklari”dan. 
Hozirgi vaqtda Rossiyada jinoyatchilik bir muncha og’riqli jamoatchilik 
muammolaridan birini aks ettiradi. 1996-1998 yy. davlatimizda jinoyatchilik 
darajasi rekord bosqichiga ko`tarildi: yiliga 2,5-3 mln. jinoyat, garchi bu ko`rsatkich 
shu darajada muhim turgan bo`lsada, ehtimol, uni jinoyatchilikning to`yimlilik 
darajasiga erishish deb atash o`rinlidir. Miqdoriy o`sish bilan bir vaqtda o`ta xavfli
tendensiya aniqlandi: og’ir jinoyatlar hissasi ko`paydi; o`smirlar jinoyati o`sdi; 
uyushtirilgan jinoyatlar ko`paydi. Masalan, 1997 yil RF Ichki ishlar vazirligida 12 
mingdan ortiq uyushgan jinoyat guruhlari qayd qilindi. 


161 
Antijamoatchilik axloq muammosi nafaqat abstrakt ijtimoiy ko`rinish sifatida 
mavjud. Kundalik hayot har birimizning oldimizga sodda bo`lmagan vazifalarni 
qo`yadi: kriminogen sharoitning ta'siriga tushmaslik, qo`rquvdan qochish, o`zi va 
o`z oilasini himoya qilish, bolalarda qonunga bo`ysunuvchanlikni tarbiyalash, 
odamlarga (qonunni buzish yo`lida turgan) jamiyatga qaytishda yordamlashish. 
Qo`yilgan vazifalar davlat va uning fuqarolari tomonidan ulkan kuchni talab qiladi. 
Shu bilan bir vaqtning o`zida jinoyatchilik muammosini hal qilish shaxsning 
og`ishgan xulqi kabi qonunga qarshi axloqni jiddiy ilmiy fikrlash bilan zich 
bog’liqdir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin