239
4.Sevgi o’zi bor narsami?
5.Do’stlik bilan sevgi o’rtasida qanaqa farq bor?
6.Oilada necha farzand bo’lgani ma’qul?
7.Nima uchun hayotda xiyonat qilish holatlari uchrab turadi?
Xush, insoniy munosabatlarning ana shunday g’oyat murakkab muammolari
xususida mustaqil hukm chiqarishni xali hayotiy tajribasi bo’lmagan yoshlarning
o’ziga qo’yib berish mumkinmi? Garchi hozircha
bu sohada maxsus sotsial-
psixologik tadqiqotlar juda kam o’tkazilgan bo’lsa ham lekin bari bir muntazam
ravishda jinsiy tarbiya bilan shug’ullanmaslik bu oiladagi urish-janjallarning, turli
kelishmovchiliklarning, nikohdan chiqish ajralish
jarayonlarining bolalarni
noto’g’ri tarbiyalashning hamda jinsiy sohadagi jinoyatlar sodir bo’lishining asosiy
sababchisi bo’lmasa ham har holda g’oyat muhim sabablardan biri hisoblanadi.
Muntazam ravishda olib boriladigan jinsiy tarbiyaning yo’qligi jinsiy odob
masalalarida sotsial psixologik jihatdan hamda fiziologik jihatdan chekinishlarning
muhim sabablaridan biri bo’lishi mumkin.
Jinslar o’rtasida o’zaro to’g’ri munosabatni tarbiyalash
uchun har qanday
tadbir uchun zarur bo’ladigan tegishli bilim bo’lishi lozim hamda to’g’ri xulq-atvor
tajribasini umumlashtirib uyushtira bilish kerak. Bunda albatta quyidagi to’rtta
vazifani muntazam ravishda hal qilib bormoq zarur:
l) o’gil bolalarni o’z-o’ziga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish ruhida
tarbiyalash;
2) qiz bolalarni o’ziga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatish;
3) o’gil bolalarni qiz bolalarga nisbatan hamda qiz bolalarni o’g’il bolalarga
nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash kerak.
Bu o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashga oid tadbirlarni uyushtirishda ham
o’z ifodasini topishi kerak. Qizlar bilan ish olib borilganda ular o’z jinsiy xulqlariga
nisbatan g’oyat mas’uliyatli munosabatda bo’lishlari kerakligiga alohida e’tibor
berish lozim.
Dostları ilə paylaş: