O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187
To’ldiruvchanlik. 
Bizning barchamiz, xarakterlari va qarashlarida sezilib 
turuvchi farqlarga qaramay, ajoyib tarzda chiqishib ketgan juftliklarni uchratganmiz. 
Insonlar o’rtasigi shaxslararo attraksiyaning asosi sifatida o’xshashlikni emas, balki 
farq qilishni ta’kidlovchi nazariyani amerikalik psixolog R.Vinch taklif etgan bo’lib, 
u ushbu nazariyani to’ldiruvchi ehtiyojlar nazariyasi deya nomlagan (TSit. po: 
Gozman, 1987). Uning asosiy qoidasini quyidagicha tarzda ifodalash mumkin: biz 
turmush o’rtoq va hatto do’stlarimizni tanlashimizda ko’pincha kim ehtiyojlarimizni 
qoniqtirsa, o’shani tanlaymiz, maksimal qoniqish esa ikki inson o’xshashdan ko’ra 
ko’proq to’ldiruvchi ehtiyojlarga ega bo’lganda olinadi. 
R.Vinch to’ldiruvchilikning ikki tipini ajratgan. Birinchidan, ikki inson bir - 
birining turli ehtiyojlarini qoniqtirishi mumkin. Misol uchun, A da kimdir uni 
himoya qilishiga nisbatan kuchli ehtiyoj bor, B da esa - kimgadir qaramlika nisbatan 
kuchliehtiyoj mavjud. Ikkinchidan, ikki inson ham bir xil ehtiyojni qoniqtirishi 
mumkin, misol uchun, A da ustunlik qilishga nisbatan kuchli ehtiyoj bo’lishi, B da 
esa xuddi shu ehtiyoj kuchsizroq namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, bunday 
to’ldiruvchilik biz ayol yoki erkak bilan ish ko’rishimizga bog’liq bo’lmaydi. Garchi 
ko’plab misollar ushu nazariyani tasdiqlasa ham, ko’plab tadqiqotchilar uni qabul 
qilishmaydi va u ko’proq faraziy xarakter kasb etadi hamda qo’shimcha tekshiruvga 
muhtoj deya hisoblashadi. 


246 
4. Istalmagan axloqni so’ndirish usuli. 
Milliy-etnik yoki urug’chilik asosida 
yuzaga kelgan yoki ijtimoiy- madaniy omillar bilan bog’liq bo’lgan ustuvorlik hissi 
kompleksini yo’qotish muolajasining aynan o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Mana 
shu xususiyatlarini ko’rib chiqaylik: 
-Milliy-urug’chilik asosidagi ustuvorlik hissi kompleksi juda kuchli bo’ladi va 
afsuski, inson tug’ilgan va yashayotgan ijtimoiy muhit tomonidan ko’pincha 
qo’llab- quvvatlanadi. Bu kamchilikni faqatgina avvalgi yashash muhiti uchun 
odatiy bo’lgan odatlar va an'analardan ancha farq qiladigan boshqa ijtimoiy-
madaniy muhit sharoitida inson uzoq vaqt davomida yashashi holatidagina yo’qotish 
mumkin. Natijada u albatta yangi madaniyatni qabul qilishga, bu madaniyat u o’sib 
katta bo’lgan madaniyatdan hech ham kam emasligiga ishonishga majbur bo’ladi. 
Bu esa shu inson turli millat, elat, urug’ kishilarining madaniyati, odatlari, an'analari, 
shaxsiy qadr-qimmatlari deyarli bir ekanligi, o’zining taxminan bir xil ustunliklari 
va kamchiliklariga ega ekanligini amaliy tan olishiga olib keladi. 
Ijtimoiy-madaniy harakterdagi ustuvorlik hissi kompleksini insonni har 
qanday ijtimoiy quruhlarda ham (diniy, iqtisodiy, siyosiy va boshqalar) ko’plab 
ijobiy va salbiy tomonlari ham borligiga ishonch hosil qiladigan yangi, yanada 
boyroq va turli hil hayotiy tajribalar egallashi hisobiga yo’qotilishi mumkin. 
Dushmanlik kompleksidan qanday qilib qutulish mumkin? Ko’pchilik 
hollarda dushmanlik yoki tajovuzkorlik-bu insonning unchalik muvaffaqiyatli 
bo’lmagan hayotiy tajribasi oqibati hisoblanadi. Faqatgina tajovuzkorlik organik 
asosga ega bo’lgan va inson miyasi patologik faoliyati, hususan "tajovuzkorlik 
markazi" deb ataluvchi faoliyati bilan bog’liq holatlar bundan mustasno. 
Tajovuzkorlik o’ziga xos ichki va tashqi rag’batlar bilan qo’llab-quvvatlanib 
turiladi, bunda uning ta'sirini yo’qotib insonda tajovuzkor xulq yuzaga kelishi va 
namoyon bo’lishining oldini olish mumkin bo’ladi. Tajovuzkorlikning ichki 
raqobatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
-Insonning barcha odamlar bir-birlariga nisbatan dushman ekanliklariga qattiq 
ishonishi. 


247 
-Mehribonlik- shaxsning ijobiy hislati sifatida umuman mavjud emasligiga 
ishonishi, insonning bunday xulq-atvor shakli ortida aslida uning shunchaki kuchli 
shaxs bo’la olmasligi va boshqa odamlardan ustunlik qila olmasligi yotadi, deb 
hisoblashi. 
-Faqatgina insonlarga nisbatan dushmanlik yoki tajovuzkor harakatlar qilish 
orqali kerakli natijaga erishish mumkinligiga ishonishi. 
-Atrofdagi barcha odamlar unga nisbatan dushman ekanliklari va yomonlik 
qilish uchun sabab izlayotganliklariga ishonishi. 
Tajovuzkorlikning tashqi raqobatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-Mazkur insonning oldida boshqa, u uchun muhim bo’lgan va umuman 
olganda, agressiv yo’nalgan ko’pgina kishilarning bo’lishi; bunda u ularga taqlid 
qiladi va ularning agressiv xulq-atvorini normal holatdek ko’rib chiqadi. 
-Agressiv xulq-atvorining ijobiy natijalarini ko’p marotaba kuzatish. 
-Insonning o’ta hissiy zo’rihishi shart-shariotlarida bajariluvchi xatti- 
harakatlari. 
-Mazkur insonni qurshab turgan kishilarining ijtimoiy qadriyatlari orasida 
"qo’pol kuch" deb nomlanuvchi urfning ustunlik qilishi.Bularning barchasi birga 
olinganida kishilarning psixologiyasi va xulq-atvorida tajovuzkor tendensiyalar 
(yo’nalishlar) paydo bo’lishiga va ularning barqaror yomon odatlarga aylanishiga 
sabab bo’lib, ularning psixologik nuqtai nazardan komplekslarni namoyon qiladi. 
Insonning tajovuzkor xulq-atvor tendensiyasini bartaraf qilish uchun quyidagini 
bajarish zarur. Birinchidan, agressivlikning ifodalanish tashqi shart- sharoitlarini 
bartaraf qilish yoki hech bo’lmasa kishida o’ziga nisbatan ularning salbiy psixologik 
ta'siriga immunitet ishlab chiqish. Bunga erishish uchun insonda shunday 
dunyoharash, madaniyatni tarbiyalash kerakki, ular agressiv xulq-atvor bilan 
nomutanosib bo’lsin. Shuningdek, insonda o’ziga xos ichki qarshilik ko’rsatishni, 
boshqa kishilarga nisbatan agressiv aktlarni bajarishga qodir emaslikni ishlab 
chihishzarur. Buning uchun esa, insonni bolalikdan boshlab shunday odamlar 
qurshab olishi kerakki, ular o’z namunalari bilan agressiv qatti-harakatlarsiz hayotda 
deyarli hamma narsaga va ancha oson erishish mumkinligini ko’rsata olishlari lozim. 


248 
Himoya reaksiyalariga o’ta moyillik kompleks ko’rinishida quyidagi shart- 
sharoitlarga qat'iy rioya qilinganida bartaraf qilinishi mumkin: 
1.
Insonning o’z himoya reaksiyalari aslida kam samarali ekanligini, ular uni 
tashvishlantiruvchi muammolarni hal qilmasliklarini anglab yetishi; 
2.
Kishilar bilan muloqotda psixologik xavfsizlik vaziyatini inson uchun 
yaratib berish. 
3.
Insonda himoya reaksiyalaridan farqlanuvchi xulq-atvorning maqsadga 
muvofiq, oqilona shakllarini ishlab chiqish. 
Yuqorida aytilganlarni aniq misollarda izohlaymiz. 
Qachonki, insonning real hayotida yoki faqatgina tasavvurida uning "Men" iga 
xavf solayotgan vaziyat yuzaga kelsa, odatda shunda inson himoya reaksiyalarini 
qo’llashga murojaat qiladi. Bunda gap shunday vaziyat haqida ketyaptiki, u 
insonning insoniylik sha'nini kamsituvchi, o’z-o’zini baholashiga salbiy ta'sir 
qiluvchi, o’zining shaxsiy xulq-atvori va psixologik sifatlari bilan bog’liq bo’lgan 
yoqimsiz kechinmalarni tug’diruvchi vaziyat hisoblanadi. Biroq ko’pincha 
insonning "Men"iga real xavf paydo bo’lmaydi yoki aslida bu xavf eng avval 
boshida mijozning tasavvuridagidek jiddiy bo’lib chiqmaydi.Shuning uchun 
psixolog-maslahatchining birinchi vazifalaridan biri shundaki, u nima uchun mijoz 
himoya reaksiyalaridan foydalanishini, u ularga qachon murojaat qilishini va ushbu 
reaksiyalar aniq nimalardan iboratligini aniqlashi darkor.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin