228
ko`rinib turgan salbiy oqibatlariga qaramay o`zgarishlarga qarshilik ko`rsatishidan
iborat. Bunday holatlarda aralashuv uchun asos deviatsiya yetkazgan zarar darajasi
yoki shaxsning ijtimoiy moslashmaganligi darajasi bo`lishi mumkin. Masalan,
giyohvand moddalarga tobe insonning yordam uchun murojaatiga sabab ko`pincha
yoxud sog’ligi
blilan jiddiy muammo, yoxud uning “ijtimoiy jarlik” vaziyatiga
erishishi bo`lishi mumkin. Giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar bilan birga
yuradigan kasalliklar yaxshi ma'lum – gepatit, OIV-infeksiya, psixik buzilishlar.
Ijtimoiy
degradatsiya, o`z navbatida, kriminalizatsiyada, mehnatga layoqatning
yo`qolishida, yakkalanishda, turar-joy va oilani yo`qotishda ifodalanadi.
Shunday qilib, deviant axloqda psixologik aralashuvning yetakchi vazifalari
quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
ijtimoiy moslashuv yoki sog’ayishga
motivatsiyaning shakllanishi;
shaxsiy o`zgarishlarni rag’batlantirish;
og`ishgan xulq aniq shaklining korrektsiyasi;
shaxsiy o`zgarishlar yoki sog’ayish uchun yoqimli ijtimoiy-psixologik
sharoitlarni yaratish.
Ishning samaradorligi istalmagan axloq (masalan, giyohvand moddalarni
iste'mol qilish holati) ni kamaytirishning ob'ektiv belgilari bo`yicha bo`lganiday,
sub'ektiv o`zgarishlar (masalan, sog’lom turmush tarzini kechirishga istakning
kuchayishi) bo`yicha ham baholanadi. Ijobiy o`zgarishlarning bir muncha muhim
mezonlaridan biri shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasini ko`tarish bo`lib
chiqadi.
Og`ishgan xulqning psixologik interventsiyasi holatida psixologik ta'sirning
ko`pincha psixoprofilaktik ishdagi barcha ma'lum usullaridan foydalaniladi.
Psixologik interventsiyaning yetakchi usullari
psixoterapiya, psixologik maslahat
berish, psixologik trening, organizatsiya terapevtik yoki sanogenli muhitlar
hisoblanadi.
Shaxs bilan psixologik ish olib borishning
bir muncha ommaviy shakli
psixoterapiya bilan uyg’unlikda maslahat berish hisoblanadi. Deviant axloq holatida
yordamning ajratilgan ikki shakli o`rtasidagi chegaralarni farqlash amaliy jihatdan
229
juda qiyin. “Maslahat berish” atamasi sog’lom odamlar bilan ishlash uchun
anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning og’riqli
buzilishga o`tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslahat
berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birkmasini nazarda tutamiz.
Shaxsning yagona nazariyasi yo`qligida maslahat berish (psixoterapiya) ning
turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta yetakchi yo`nalish bir muncha
rivojlanish va tan olinishni oldi olinadi:
psixoanalitik, kognitiv-axloqiy, gumanistik.
Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab modifikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha
tasniflar paydo bo`ldi. Interventsiya maqsadiga bog’liq holatda psixoterapiyaning
uch turi ajratiladi:
– qo`llab-quvvatlovchi psixoterapiya – mavjud himoya kuchi va ancha yangi
samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash;
– qayta o`rganuvchi psixoterapiya – axloqni o`zgartirishga intilish;
– shaxsiy-rekonstruktiv – intrapsixik janjallarni anglash orqali ichki shaxsiy
o`zgarishlarga yo`naltirilgan.
Klinik amaliyotda psixoterapiya usullarini simptom-markazlashgan, shaxsiy-
markazlashgan va ijtimoiy markazlashganga bo`lish qabul qilingan. Psixoterapiya
turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki
individual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni yechish yoki shaxsiy
o`zgarishlarga mo`ljallangan direktiv yoki nodirektiv. Amaliyotda ko`pincha
kombinatsiyalangan
usullardan
foydalaniladi.
Bundan
tashqari,
asosiy
psixoterapevtik usullarning ko`plab modifikatsiyasi mavjud.
B. D. Karvasarskiy tahriri ostidagi “Psixoterapevtik entsiklopediya”da
yuzga yaqin psixoterapevtik
usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada
ko`proq. Ko`pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining ahamiyatiga
diqqatni tortgan holatda psixoterapiyaning taxminan teng ta'sir qiluvchi xilma-xil
turlarini ta'kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: