223
2.Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy psixologik ta'sir.
Psixoprofilaktik ish
barcha uch bosqichning tadbirlar majmuasiga kirishi mumkin. Hisoblanadiki, u
muammoning paydo bo`lishidagi ilk bosqichlarda deviant axloqni chaqiruvchi shart
va sabablar ta'siri shaklida bir muncha samaralidir.
Psixoprofilaktik ishlarning turlicha shakllari mavjud.
Birinchi shakl
– ijtimoiy muhitni tashkil etish. Uning asosida deviatsiyaning
shakllanishida atrofdagi muhitning determinatsiyalanuvchi ta'siri
haqidagi
tasavvurlar yotadi. Ijtimoiy omillarga ta'sir ko`rsatib shaxsning istalmagan axloqni
oldini olish mumkin. Ta'sir butun jamiyatga yo`naltirilgan bo`lishi mumkin,
masalan, og`ishgan axloqqa munosabat bo`yicha jamoatchilikning salbiy fikrini
yaratish orqali ish ob'ekti, shuningdek, oila, ijtimoiy guruh (maktab, sinf) yoki aniq
shaxs bo`lishi mumkin. Ushbu model doirasida tobe axloq profilaktikasi o`smirlarda
dastavval sog’lom turmush tarzi va sergaklikka ko`rsatmani shakllantirish bo`yicha
ijtimoiy reklamadan iborat. Ommaviy axborot vositalari siyosati alohida ahamiyatga
ega.
Maxsus dasturlar, yoshlar suyuklilarining chiqishlari,
maxsus tanlangan
kinofil`mlar – bularning barchasi hozirgi vaqtda kuzatilayotganga qaraganda boshqa
sifatli darajaga ega.
Yoshlar submadaniyati bilan ishlash “Yoshlar giyohvandlikka qarshi”
harakati yoki ommaviy rok-guruhlarning chiqishlari bilan shu nomdagi aktsiya
shaklida tashkil etilgan bo`lishi mumkin. Yoshlar o`zlarining bo`sh
vaqtlarini
o`tkazadigan va muloqot qiladigan joylarda ular bilan ishlash muhimdir. Masalan,
diskotekalarda niqobdagi sirli odamlar paydo bo`lishi mumkin. Oqshom yakunida
yoshlar ulardan giyohvand moddalardan yaqin odamlarini yo`qotish bilan bog’liq
kechinmalar va tradegik taqdirlar haqida bilib olishlari mumkin.
O`smirlar bilan ishlash, shuningdek, ko`chada tashkil etilishi mumkin. Qator
davlatlarda tegishli ishlarni olib borish uchun o`smirlar sardorini tayyorlash mavjud.
Shuningdek, ushbu yondoshuv doirasida istalmagan axloq bilan qo`shilmaydigan
sharoit va ko`maklashuvchi “zona”larni yaratishga urinish qo`llanilmoqda.
Modelning asosiy kamchiligi ijtimoiy omillar va og`ishgan axloq o`rtasida
224
to`g’ridan-to`g’ri bog’liqlikning yo`qligi hisoblanadi. Umuman olganda,
ushbu
yondoshuv yetarlicha samarador bo`lib ko`rinadi.
Dostları ilə paylaş: