O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1. O`z-o`zini o`ldirish bir muncha jiddiy jamoatchilik muammolaridan biri 
hisoblanishini isbotlang.
2. “Suitsid”, “suitsidal urinish”, “suitsidal axloq”tushunchalarini ochib 
bering. 
3. Suitsidal axloq tuzilmasiga nimalar kiradi? 
4. O`z-o`zini o`ldirish tipologiyasini keltiring. 
5. Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari qanday? 
6. Suitsidal axloq psixologik nazariyalar bilan qanday tushuntiriladi? 


221 
7. Suitsidal axloqning sabablari qanday? 
8. Suitsidal axloqqa yordamlashuvchi sharoitlar qanday? 
9. O`z-o`zini o`ldirishga nima to`sqinlik qiladi?
10. Suitsidal axloqning ongsiz va anglangan motivlarini ayting. 
 
2-MODUL. OG`ISHGAN XULQ PSIXOKORREKSIYASI
9-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN AXLOQINING PREVENTSIYASI 
VA INTERVENTSIYASI. 
Reja: 
1. Og’ishgan hulqning preventsiyasi (oldini olish) va interventsiyasi 
(bosqinchilik va zuravonlik) bo’yicha umumiy tushuncha. 
2. Shaxs ogishgan hulqiga ijtimoiy psixologik ta`sir.
3. Shaxs og’ishgan hulqining psixologik interventsiyasi.
4. Og’ishgan hulqning turli shakllarida ijtimoiy psixologik aralashuv 
strategiyalari. 
Tayanch tushunchalar:
tadqiqot metodikasi, tadqiqot natijatari, qayta ishlash. 
gipertim, sikloid, senzitiv, lobel, psixoostenik, shizoid, paropoyal, beqaror. 
konform. 
 
1. Og’ishgan hulqning preventsiyasi 
(oldini olish)
va interventsiyasi 
(bosqinchilik va zuravonlik) 
bo’yicha umumiy tushuncha. 
Shaxsning og`ishgan xulqi turlicha ijtimoiy institutlar tomonidan 
boshqariladi. Jamoatchilik ta'siri huquqiy qonunlar, tibbiy aralashuv, pedagogik 
ta'sir, ijtimoiy ko`mak va psixologik yordam xarakterini olishi mumkin. Axloqiy 
buzilish murakkab xarakteri kuchida ularni ogohlantirish va bartaraf etish yaxshi 
uyushtirilgan ijtimoiy ta'sirlar tizimini talab qiladi.
Psixologik yordam ko`rib chiqilayotgan tizim bosqichlaridan biri sifatida 
unda boshlovchi rol o`ynaydi va aniq ko`rinib turgan gumanistik yo`nalganligi bilan 
farqlanadi. Bu fakt psixologik ishning maxfiylik, ixtiyoriylik va shaxsiy 
manfaatdorlik, inson tomonidan o`z hayoti uchun mas'uliyatni qabul qilish, o`zaro 


222 
ishonch, qo`llab-quvvatlash, shaxs va individuallikni hurmatlash kabi tamoyillarida 
o`z aksini topdi.
Psixologik yordam ikkita yetakchi yo`nalishga ega. Bu psixologik preventsiya 
(ogohlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik interventsiya (bartaraf etish, 
korrektsiya, reabilitatsiya). Psixotashxis, qoidadagiday, ishning mustaqil yo`nalishi 
hisoblanmaydi va psixologik yordamning maqsadi bo`lmasligi zarur. Bu 
faoliyatning yordamchi turi, muhim, biroq majburiy emas, qoidadagiday, hal 
qiluvchi oraliq amaliy vazifadir.
Psixologik yordamning ikki asosiy turini batafsil ko`rib chiqamiz.
Og`ishgan axloq profilaktikasi ijtimoiy uyushganlikning turli darajalarida 
umumiy va maxsus tadbirlar tizimini ko`zda tutadi: umumdavlat, huquqiy, 
jamoatchilik, iqtisodiy, tibbiy - sanitar, pedagogik, ijtimoiy - psixologik. 
Muvaffaqiyatli profilaktik ishning shartlari uning majmuaviyligi, ketma-ketlgi, 
differentsialligi, o`z vaqtidaligidir. Oxirgi shart faol shakllanayotgan shaxs, 
masalan, o`smirlar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. Shuning uchun kelgusida 
og`ishgan axloqning psixologik preventsiyasi ko`pincha aynan o`smir yoshidagilar 
misolida ko`rib chiqiladi. BSST (Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi profilaktikani ajratishni taklif qiladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin