46
Yuqoridagi jadvalda listing kompaniyalari aksiyalarining 52 hafta ichidagi
kotirovkasi aks ettirilgan bo‗lib, listing kompaniyalarining aksariyat qismini tijorat
banklari tashkil etgan. Bank aksiyalari kotirovkasini tahlil etar ekanmiz,
O‗zsanoatqurilishbank oddiy aksiyalari kotirovkasi nominaliga nisbatan +10 so‗mga,
Turon aksiyadorlik-tijorat banki aksiyasi +289 so‗mga, Hamkorbank va Qishlok
qurilish bank aksiyalari +20 so‗m va +10 so‗mga hamda Samarkand aksiyasi +300
so‗mga oshgan. Shuningdek, Trastbank aksiyalari +100 so‗mga, RAVNAK-BANK
+126 so‗mga va IPOTEKA – BANK ning oddiy aksiyalari +340 so‗mga oshgan.
Boshqa banklar aksiyalari nominaliga nisbatan o‗zgarmasdan qolgan. Umuman
olganda, tijorat bank aksiyalarining 52 hafta ichida 50 so‗mga yoki 20 so‗mga oshishi
bu aksiyalar likvidli yoki ikqilamchi bozor likvidliligi oshgan degan tushunchaga olib
kelmaydi. Sababi, bank aksiyalarining 52 hafta ichidagi kotirovkasining yuqoridagi
o‗zgarishlari minimal o‗sgan bo‗lib spekulyativ daromad olish uchun yirik portfelli
investorlarni yoki investor-jismoniy shaxslarni ikqilamchi bozorga investitsiya
kiritishini ijobiy tomonga o‗zgartirmaydi.
Ko‗pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiylashtirishdan keyinggi
davrda aksiyadorlik kapitalini aksiyador-insayderlardan aksiyalar bozori orqali tashqi
strategik investorlarga qayta taqsimlanishi va natijada mulkni bunday investorlar
ko‗lida jamlanishi yuzaga keladigan samarasizliklarni bartaraf etish mexanizmi deb
qaralgan. Bunda, bir tomondan, yirik (strategik) ayniqsa, xorijiy aksiyadorlarga ega
bo‗lgan kompaniyalarning muvaffaqiyatli rivojlanishiga juda ko‗p misollar bor. Shu
bilan birga, qo‗lga kiritilgan nazoratdan shaxsiy foyda olishga intilgan va ishlab
chiqarishni restrukturizastiyalashdan va korxona samaradoriligini oshirishdan bosh
tortgan yirik aksiyadorlar faoliyatiga ko‗plab dalillar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: