O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

7. Axborotni oshkor qilish tartibi 
Jamiyat me‘yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq korporativ veb-
saytida quyidagi axborotni joylashtiradi: 
dividendlarni to‗lash (e‘lon qilish), oralik dividendlarning miqdori, muddati, 
shakli va to‗lash tartibi to‗g‗risida Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi qarorining 
qabul qilinishi to‗g‗risidagi muhim faktlar shaklidagi axborot; 
yillik dividendlarni to‗lash (e‘lon qilish), yillik dividendlarning miqdori
muddati, shakli va to‗lash tartibi to‗grisida Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi 
qarorining qabul qilinishi to‗g‗risida muhim faktlar shaklidagi axborot. 
Bunda Jamiyat tomonidan aksiyadorlarga elektron pochta orqali ularga 
dividendlar hisoblanganligi to‗g‗risidagi bildirish yuboriladi. 
Jamiyat tomonidan dividendlar to‗lash bo‗yicha o‗zining majburiyatlarini 
bajarish fakti bo‗yicha Jamiyat tegishli axborotni qonun hujjatlarida belgilangan 
muddatlarda muhim faktlarni xabar shaklida oshkor qiladi. 
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga muvofiq Jamiyat qo‗shimcha 
tarzda quyidagi axborotni oshkor qiladi: 
ushbu Nizom, shuningdek unga kiritilgan barcha o‗zgartirish va qo‗shimchalar, 
tegishli qaror qabo‗l qilingan Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishining bayonnomasi 
imzolanganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida; 
taklif etilayotgan sof foydani taqsimlashni, dividend miqdorini asoslash, 
Jamiyatda qabo‗l qilingan dividend siyosatiga ularning muvofiqligini baholash, 


94 
shuningdek zaruriy hollarda Jamiyatni rivojlantirish ehtiyojlari uchun yo‗naltirilgan 
sof foydaning ma‘lum qismining hajmini tushuntirish va iqtisodiy asoslash; 
dividendlar miqdori hisob-kitobinining shaffof mexanizmi
oxirgi 5 yilda dividendlarni to‗lashning dinamikasi. 
Jamiyatning yillik hisoboti Jamiyat sof foydasini taqsimlash va uning Jamiyatda 
qabul qilingan dividend siyosatiga muvofiqligi to‗grisida axborotni aks ettirishi 
lozim. 
Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishi tomonidan qabo‗l qilinadigan qonunchilikda 
belgilangan majburiy materiallar va aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishiga tayyorgarlik 
ko‗rishda aksiyadorlarga taqdim qilinadigan materiallardan tashqari, aksiyadorlarga 
qo‗shimcha tarzda quyidagi materiallar taqdim qilinadi: 
dividendlarni to‗lash uchun zarur sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud 
emasligini ko‗rsatuvchi axborot, sof foydaning mavjudligi to‗g‗risida auditor 
xulosasi, mazkur masala bo‗yicha Kuzatuv kengashining tavsiyalari; 
sof foydaning taklif etilayotgan taqsimoti, dividendlar, uning Jamiyatda qabul 
qilingan dividend siyosatiga, xususan sof foydaning muayyan qismini Jamiyatni 
rivojlantirish ehtiyojlariga yo‗naltirishni iqtisodiy asoslash va tushuntirishlar bilan 
dividend to‗lash uchun va Jamiyatning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiqligini 
baholashni asoslash; 
Jamiyat Ustavida belgilash tartibi urnatilgan imtiyozli aksiyalar bo‗yicha 
dividendlar miqdorining hisob-kitob tartibi to‗grisida batafsil ma‘lumotlar; 
aksiyadorlarning dividend huquqlari yomonlashuviga va ularning ulushlari 
kamayishiga olib kelgan korporativ harakatlar, shuningdek aksiyadorlar tomonidan 
dividendlar va tugatish qiymatidan tashqari Jamiyat hisobidan foyda olishning 
boshqa usullaridan foydalanish faktlari aniqlangan sud qarorlari to‗g‗risida 
ma‘lumotlar. 
Jamiyat aksiyadorlarning so‗rovi bo‗yicha ushbu Nizomning 103- bandida 
ko‗rsatilgan e‘lon qilingan dividendlar to‗g‗risidagi axborotni taqdim qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin