O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov


 Dividen d to„lash bo„yicha qaror qabo„l qilish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

4. Dividen d to„lash bo„yicha qaror qabo„l qilish tartibi. 
Qonun va Ustavga muvofiq Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim 
yilligi, 9 oyi natijalariga ko‗ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‗ra 
joylashtirilgan aksiyalar bo‗yicha dividend to‗lash to‗grisida qaror qabul qilishga 
xaqli. Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‗qqiz oyi natijalariga 
ko‗ra dividendlar to‗lash to‗g‗risidagi qaror tegishli davr tugagandan keyin 3 (uch) 
oy ichida qabo‗l qilinishi mumkin. Dividend to‗lash, dividend miqdori, shakli va 
aksiyalarning har bir turi bo‗yicha uni to‗lash to‗grisidagi qaror Aksiyadorlarning 
umumiy yeg‗ilishi tomonidan Jamiyat Kuzatuv kengashining tavsiyasi va moliyaviy 
hisobot asosida, agar uning to‗griligi haqida auditor xulosasi bo‗lsa, qabo‗l qilinadi. 
Moliyaviy yilning natijalariga ko‗ra dividendlar to‗lash to‗g‗risida qaror 
Aksiyadorlarning yillik umumiy yeg‗ilishi tomonidan moliyaviy yil natijalariga ko‗ra 
Jamiyat foydasini taqsimlash to‗grisidagi masalaning tarkibiy qismi sifatida qabul 
qilinadi. 
Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‗qqiz oyi natijalariga ko‗ra 
dividendlar to‗lash to‗grisidagi qaror Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi kun tartibidagi alohida masala sifatida qabul 
qilinadi. Aksiyalar bo‗yicha to‗lanadigan dividendlar miqdori Kuzatuv kengashining 


84 
tavsiyasiga ko‗ra Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan belgilanadi va 
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‗p bo‗lishi 
mumkin 
emas. 
Dividendlar 
(yillik, 
oralik) 
to‗lash 
to‗g‗risidagi 
qaror 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishining vakolatiga kiradi. 
Dividendlar to‗lash to‗grisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishida 
ishtirok etgan aksiyadorlarning oddiy ko‗pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishining dividendlar to‗lash to‗grisidagi qarorida 
quyidagilar belgilanishi lozim: 
dividend to‗lashga yo‗naltirilgan sof foydaning miqdori; 
taklif etilayotgan sof foydani taqsimlashni, dividend miqdorini asoslash, 
Jamiyatda qabo‗l qilingan dividend siyosatiga ularning muvofiqligini baholash, 
shuningdek zaruriy hollarda Jamiyatni rivojlantirish zaruriyati uchun yo‗naltirilgan 
sof foydaning ma‘lum qismining hajmini tushuntirish va iqtisodiy asoslash; 
dividendlar e‘lon qilinadigan aksiyalar toifasi; 
muayyan turdagi bitta aksiyaga hisoblangan dividend miqdori; 
to‗lov muddati(davri); 
to‗lov shakli; 
to‗lov tartibi. 
Dividendlar to‗lash to‗grisidagi qaror aksiyadorga har bir turdagi aksiya 
bo‗yicha dividend miqdoriga taalluqli to‗liq ma‘lumotlarni olishga imkon berishi 
zarur. Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishi muayyan turdagi aksiyalar bo‗yicha 
dividendlar to‗lamaslik, shuningdek Jamiyat Ustavida dividendlar miqdori 
belgilangan imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlarni to‗liq bo‗lmagan miqdorda 
to‗lash to‗grisida qaror qabo‗l qilishga xaqli. 
Dividendlar to‗lash yoki to‗lamaslik to‗grisidagi qaror korporativ nazoratni 
qaytadan taqsimlash uchun vosita sifatida foydalanilishi mumkin emas. Qonun 
hujjatlariga muvofiq Jamiyat: 
Jamiyat ustav fondining barchasi uning ta‘sis etilishi chogida to‗liq to‗lab 
bo‗linguniga qadar; 


85 
agar dividendlar to‗lanadigan paytda Jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud 
bo‗lsa, yoki Jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to‗lash natijasida paydo bo‗lsa; 
Agar Jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi va zaxira fondi 
so‗mmasidan kam bo‗lsa, aksiyalar bo‗yicha dividendlar to‗lash to‗g‗risida qaror 
qabul qilishga xaqli emas. Yuqorida ko‗rsatilgan holatlar tugatilgach, Jamiyat 
hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to‗lashi shart. Agar imtiyozli aksiyalarning 
barcha toifalari (Jamiyatning imtiyozli aksiyalari joylashtirilgan hollarda) bo‗yicha 
dividendlarni (shu jumladan, imtiyozli aksiyalar bo‗yicha jamlangan dividendlar) 
to‗liq miqdorda to‗lash to‗g‗risida qaror qabul qilinmagan bo‗lsa, Jamiyat oddiy 
aksiyalar bo‗yicha (shu jumladan, moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va 
to‗qqiz oyi natijalari bo‗yicha) dividendlar to‗lash (e‘lon qilish) to‗grisida qaror 
qabo‗l qilishga xaqli emas. Agar oldingi navbatdagi imtiyozli aksiyalarning barcha 
toifalari (Jamiyatning turli toifadagi imtiyozli aksiyalari joylashtirilgan hollarda) 
bo‗yicha dividendlarni (shu jumladan, imtiyozli aksiyalar bo‗yicha jamlangan 
dividendlarni) to‗liq miqdorda to‗lash to‗grisida qaror qabul qilinmagan bo‗lsa, 
Jamiyat muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividend to‗lash to‗grisida 
qaror qabo‗l qilishga xaqli emas. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oddiy 
aksiyalar bo‗yicha dividendlarni to‗liq miqdorda to‗lashning imkoni mavjud 
bo‗lmagan hollarda, Jamiyat dividendlarni hisoblash (to‗lash) to‗g‗risida qaror qabul 
qilishga xaqli emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin