O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov


Jamiyat dividend siyosatining maqsadi, tamoyillari va asosiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

2. Jamiyat dividend siyosatining maqsadi, tamoyillari va asosiy 
qoidalari 
Jamiyat dividend siyosati - bu aksiyadorlarga dividend to‗lash bilan uni Jamiyat 
tasarrufida qoldirish (zaxira fondiga yo‗naltirish, jamg‗arib borish va/yoki o‗tgan 
yillardagi zararni koplash orqali) o‗rtasidagi Jamiyat sof foydasini taqsimlashning 
miqdoriy ko‗rsatkichlarini belgilash bo‗yicha harakatlar majmui, shuningdek 
dividendlarni to‗lash tartibi va muddatini belgilash, dividendlarni to‗lash bo‗yicha 
majburiyatni bajarmaganlik uchun Jamiyat javobgarligini belgilash bo‗yicha 


74 
munosabatlar va tamoyillar tizimidir. 
Aksiyadorlarning 
farovonligini oshirish va Jamiyat kapitallashuvi o‗sishini 
ta‘minlash Jamiyat dividend siyosatining maqsadi hisoblanadi. Jamiyatning dividend 
siyosati quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: 
shaffoflik tamoyili dividend siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadigan 
tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi to‗grisidagi axborotni, shu jumladan 
dividendlar miqdori va uni to‗lash to‗grisida qaror qabo‗l qilish tartibi va shartlarini 
belgilashni va oshkor etishni ko‗zda tutadi; 
dolzarblik tamoyili dividend to‗lovlarini amalga oshirishda vaqtinchalik 
chegaralarni belgilashni anglatadi; 
asoslilik tamoyili dividendlarning miqdori va to‗lash haqida qaror faqat Jamiyat 
tomonidan ijobiy moliyaviy natijaga erishilgan taqdirda Jamiyatning real moliyaviy 
holatidan kelib chiqib, uning rivojlantirish rejalari va investitsiya dasturlarini hisobga 
olgan holda qabul qilinishi mumkinligini anglatadi; 
holislik tamoyili deganda, dividendlar to‗lash, dividendlar miqdori va ularni 
to‗lash tartibi to‗grisida qabul qilinadigan qarorlar haqida axborotni olishda 
aksiyadorlarning teng huquqliligini ta‘minlash tushuniladi; 
ketma-ketlik tamoyili dividend siyosati tamoyillarini va tartib- taomillarini 
qat‘iy bajarishni anglatadi; 
rivojlanish tamoyili dividend siyosatini korporativ boshqaruv tartib-taomillarini 
yaxshilash doirasida doimiy ravishda takomillashtirishni va uning holatlarini 
Jamiyatning strategik maqsadlari o‗zgarishi munosabati bilan qayta ko‗rib chiqishni 
anglatadi; 
barqarorlik tamoyili Jamiyatning dividend to‗lovlarining barqaror 
darajasini ta‘minlashga intilishini anglatadi. 
Jamiyatning dividend siyosati O‗zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki hujjatlarida belgilangan aksiyadorlarning 
huquqdariga qat‘iy rioya qilinishiga asoslanadi va Jamiyatning investitsiyaviy 
jozibadorligini oshirishga yo‗naltiriladi. 


75 
Jamiyat aksiyadorlari quyidagi dividend huquqlariga ega: 
Jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish; 
olingan dividendni erkin tasarruf etish. 
Imtiyozli aksiyalarning egalari bo‗lgan Jamiyat aksiyadorlari dividendlarni 
birinchi navbatda olish huquqiga ega. 
Imtiyozli aksiyalar o‗z egalariga jamiyat foyda qurish-qurmasligidan qat‘iy 
nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Agar foyda yoki boshqa 
mablag‗lar mavjud bo‗lmasa, imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlar Jamiyat zaxira 
fondi mablag‗laridan to‗lanadi. Jamiyat zaxira fondida mablag‗lar mavjud bo‗lmasa, 
imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlar to‗lanmaydi va jamg‗arib boriladi, agar bu 
jixat Jamiyat Ustavida nazarda tutilgan bo‗lsa. Aksiyadorlarga dividendlarni to‗lash 
to‗grisida qaror qabo‗l qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishni o‗tkazish uchun 
shakllantirilgan Jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar 
bo‗yicha dividend olish huquqiga ega. Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir 
cheklov belgilanishi aksiyadorni - ushbu aksiyalar egasini Qonunda belgilangan 
tartibda Jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo‗yicha dividendlar olish 
huquqidan maxrum qilmaydi. 
Joylashtirilgan aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yoki keyinchalik qayta 
sotish maqsadida Jamiyat olgan aksiyalar Jamiyat tasarrufiga utadi. Jamiyat 
tasarrufiga utgan aksiyalar bo‗yicha dividendlar hisoblanmaydi. Qonunda 
belgilangan boshqa maqsadlarda Jamiyat tomonidan olingan aksiyalar Jamiyat 
tasarrufiga 
o‗tadi. 
Ushbu 
aksiyalar 
bo‗yicha 
dividendlar 
hisoblanmaydi. 
Aksiyadorlarga dividendlarni olish orqali Jamiyat foydasida ishtirok etishning teng 
va adolatli imkoniyati taqdim etilishi shart. Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi 
Kuzatuv kengashi va Jamiyat Ijroiya organi rioya etishi shart bo‗lgan dividend 
siyosatini tasdiqlaydi. Dividend siyosati o‗rta muddatli va uzoq muddatli davrga 
belgilanadi. Dividend siyosatini o‗zgartirish aksiyadorlarga bunday o‗zgarishning 
sabablari va shart-sharoitlarini to‗la tushuntirish bilan amalga oshirilishi zarur. 
Jamiyatni rivojlantirish ehtiyojlari yoki umuman iqtisodiy vaziyat bilan 
asoslanmagan dividend siyosati, masalan Jamiyatda korporativ boshqaruvning 


76 
utishida, lozim darajadagi korporativ amaliyot bo‗lib hisoblanishi mumkin emas. 
Jamiyat sarmoyadorlarni imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlar belgilash 
tartibi bo‗yicha chalgitishi mumkin bo‗lgan ta‘riflarni Ustavga kiritmasligi va shu 
tarika shunday imtiyozli aksiyalar ovoz beruvchi hisoblanishi bo‗yicha mavxumlikni 
yuzaga keltirmasligi lozim. Jamiyat dividendlarning miqdorini aniqlash va ularni 
to‗lashning shaffof va tushunarli mexanizmini ishlab chiqishi va amalga tadbiq etishi 
shart. Dividendlar miqdorini aniqlash va ularni to‗lashning shaffof mexanizmini 
ta‘minlash uchun Jamiyat dividend siyosati dividendlarni to‗lashga yo‗naltirilgan sof 
foydaning qismini aniqlash tartibini, rioya etganda ularning e‘lon qilinishi shartlarini, 
aksiyalar bo‗yicha dividendlar miqdorini hisoblash tartibini, Jamiyat ustavida 
belgilanmagan dividendlarning miqdorini, Jamiyatning turli xil aksiyalari bo‗yicha 
dividendlarning eng kam miqdorini tartibga soluvchi qoidalarni belgilashi zarur. 
Agar Jamiyat konsolidastiyalashgan moliyaviy hisobot tuzsa, dividend siyosatida 
Jamiyatning o‗zi uchun qonunchilikda belgilangan dividendlarni e‘lon qilish va 
to‗lashga doir cheklovlarni hisobga olgan holda, Jamiyat dividendlarini to‗lashga 
yo‗naltirilgan konsolidastiyalashgan sof foydaning eng kam ulushini aniqlash 
tartibini belgilash tavsiya qilinadi. 
Jamiyatga agar bunday qaror qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni 
rasman buzmasa-da, iqtisodiy asoslantirilmagan bo‗lsa va Jamiyat faoliyati to‗grisida 
yolgon tasavvurlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‗lsa, dividendlarni 
to‗lash to‗grisida qarorni qabo‗l qilishga tavsiya qilinmaydi. Bunday qarorlar 
sirasiga, masalan, hisobot yili uchun Jamiyatda mablag‗lar etishmasa, pul oqimining 
hajmi etishmasa yoki investitsiyaviy dasturni bajarmaslik yoki Jamiyat moliya-
xo‗jalik rejasi (budjet)da belgilangan qarz darajasining oshishida oddiy va (yoki) 
imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlarni e‘lon qilish kiradi. 
Jamiyat mavjud aksiyadorlarning dividend huquqlarining yomonlashishiga yo‗l 
qo‗ymasligi shart. Amaliyotda qonunchilikda belgilangan aksiyadorlarning dividend 
huquqlarini himoya qilish usullari va vositalari har doim ham yetarli bo‗lavermaydi. 
Shuning uchun Jamiyat va uning nazorat qiluvchi shaxslari korporativ harakatlarni 
amalga oshirishda mavjud aksiyadorlarning dividend huquqdari va ulushlarini 


77 
saklashni ta‘minlashga intilishlari zarur (shu jumladan, mavjud aksiyadorlarga 
dividend huquqlari va ulushlarini saklashning samarali va kamsitmaslik 
mexanizmlarini taqdim qilish yuli bilan). Masalan, agar imtiyozli aksiyalar 
egalarining dividend huquqlari Jamiyat oddiy aksiyalarining soniga boglik bo‗lsa, 
Jamiyat oddiy aksiyalarini o‗zgartirish imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlarini 
tegishli tarzda o‗zgartirish bilan borishi lozim. 
Agarda 
imtiyozli 
aksiyalarning 
yangi 
turini 
joylashtirish 
mavjud 
aksiyadorlarning dividend huquqlariga daxl qilsa yoki ularning ulushlarini 
kamayishiga sabab bo‗lsa, aksiyadorlarning dividend huquqlari byzilmasligi yoki 
tegishli aksiyadorlar (shu jumladan, Qonunga muvofiq aksiyalarni olishga bo‗lgan 
imtiyozli huquq vujudga kelmaydigan aksiyadorlar) ularga tegishli aksiyalar soniga 
mutanosib tartibda aksiyalarni olish imkoniyatiga ega bo‗lishlari uchun Jamiyat 
bunday yul bilan joylashtirilgan aksiyalar bilan boglik huquqlarni o‗zgartirishi lozim. 
Jamiyat tomonidan faqat aksiyadorlarning huquqlarining yomonlashmasligini 
ta‘minlash sharti bilan aksiyalarni maydalash, yiriklashtirish yoki ayirboshlashni 
amalga oshirish (xususan, korporativ nazoratni qaytadan taqsimlash (yoki darajasini 
o‗zgartirish) maqsadida aksiyalarni yiriklashtirish, maydalash yoki ayirboshlash, 
shuningdek aksiyadorlarning dividend huquqlarining yomonlashishiga yoki Jamiyat 
ustav kapitalida ularning ulushlarining kamayishiga olib keluvchi harakatlarning 
amalga oshishiga yul qo‗ymaslik lozim). 
Jamiyat aksiyadorlarning dividendlar va aksiyaning tugatilish qiymatidan 
tashqari Jamiyat hisobidan daromad olishning boshqa usullaridan foydalanishini yo‗q 
qilishga intilishi zarur. Korporativ boshqaruv amaliyotiga muvofiq aksiyador Jamiyat 
hisobidan faqat dividendlar va aksiyaning tugatilish qiymatini olish yuli bilan foyda 
(daromad) olishi mumkin. Jamiyatga Jamiyatni nazorat qiluvchi shaxslar (yirik 
aksiyadorlar) tomonidan Jamiyat hisobidan foyda (daromad)ni boshqa usullar bilan 
olish, masalan dividendlar urnini bosadigan ichki zaymlar olish yoki sun‘iy 
oshirilgan narxlar bo‗yicha, shuningdek boshqa shunga o‗xshash usullar bilan nazorat 
qiluvchi shaxs tomonidan Jamiyatga asoslanmagan xizmatlar ko‗rsatish kabi hollarni 
bartaraf qilish bo‗yicha barcha choralarni kurish tavsiya qilinadi. 


78 
Jamiyat kapitalashuvning o‗sishini Jamiyat aksiyalaridan foyda olish bo‗yicha 
aksiyadorlarning mulkiy manfaatlarini kondirishning asosiy usuli sifatida ko‗radi. 
Dividend siyosati aksiyalarning bozor qiymatini oshirish maqsadida Jamiyat 
tomonidan olingan foydaning foydalanilgan va kapitallashtirilgan qismi o‗rtasidagi 
nisbatni optimallashtirishdan iborat. Jamiyat moliyaviy hisobot davrida olingan sof 
foydaning miqdori va Jamiyatning ishlab chiqarish va investitsiyaviy faoliyatini 
rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqkan holda, aksiyadorlarga to‗lanadigan 
dividendlarning miqdorini oshirishga harakat qiladi. Jamiyat aksiyalari bo‗yicha 
dividendlarni to‗lash to‗grisida qaror (e‘lon)ni qabo‗l qilish Jamiyatning huquqi 
hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi aksiyalar bo‗yicha dividendlarni 
to‗lash yoki to‗lamaslik to‗grisida qaror qabo‗l qilish huquqiga ega. 
E‘lon qilingan dividendlarni to‗lash Jamiyatning majburiyati hisoblanadi. 
Dividendarni to‗lash bilan boglik xarajatlar (shu jumladan, soliqlarni hisoblash va 
ushlab kolish, dividendlarni hisoblash bo‗yicha, pochta xarajatlari) boshqaruv 
organlari qarori bo‗yicha dividend olayotgan aksiyadorga yuklatilishi mumkin emas. 
Jamiyat O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu 
majburiyatni bajarmaganlik uchun aksiyadorlar oldida javobgardir. 
Jamiyat zaxira fondiga Jamiyat Ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar 
sof foydadan majburiy ajratmalarni va Jamiyat ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiy ajratmalarni amalga oshiradi. Dividendlarni o‗z vaqtida to‗lash va 
dividend to‗lash uchun muomaladan pul mablag‗larini chiqarish tufayli Jamiyatning 
moliya-xo‗jalik faoliyatining yomonlashishini oldini olish maqsadida Jamiyat 
tomonidan Jamiyat daromadlari hisobidan umidsiz debitorlik qarzdorligi bo‗yicha 
zaxira to‗ziladi. Agar Jamiyat aksiyadorlariga dividend to‗lash bilan boglik qandaydir 
masalalar Qonun me‘yorlari, O‗zbekiston Respublikasining boshqa me‘yoriy-
huquqiy hujjatlari, Jamiyat Ustavi va ushbu Nizom bilan tartibga solinmasa, ular 
aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini ta‘minlash zaruriyatidan kelib chiqkan 
holda, xal etilishi shart. Jamiyatning dividend siyosati Aksiyadorlarning umumiy 
yeg‗ilishi tomonidan tasdiklangan Jamiyatning o‗rta muddatga va uzoq muddatga 
mo‗jallangan strategiyasini hisobga olib, Jamiyat faoliyatining asosiy yo‗nalishlari va 


79 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda, aniq muddatni belgilash orqali muayyan bir 
muddatga ishlab chiqiladi. Jamiyatning ushbu dividend siyosati 5 yildan yuqori 
davriga ishlab chiqilgan (o‗rta muddat, uzoq muddat). 
Dividend Jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‗rtasida taqsimlanadigan 
qismidir. Jamiyat har yili ushbu davrda dividend to‗lash uchun sof foydaning 25 % 
ini yo‗naltiradi. Jamiyatning sof foydasidan kolgan mablag‗lar Jamiyatni o‗rta va 
uzoq muddatga rivojlantirish strategiyasiga muvofiq quyidagi investitsiyaviy 
loyihalarni amalga oshirish uchun yo‗naltiriladi. Loyihaning nomi, sohasi yoki 
yo‗nalishi, investitsiyalar hajmi, TIA (texnik iqtisodiy asoslanishi) yoki SLX (smeta-
loyiha hujjatlari) bo‗yicha daromadliligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin