14.3. Valyuta bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi
69
Tojiyev R.R. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”. Toshkent “Adabiyot jamg’armasi” 2006y. 18-bet
255
Mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko‘paygani sari pul vositalarini
ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o‘zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik
muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo
etilishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o‘rtasidagi
barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu
ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro
ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali
rivojlanashini
ta’minlashga
qaratilgan
mamlakatlar
o‘rtasidagi
valyuta
munosabatlarining yig‘indisidir.
Xalqaro valyuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob
berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valyuta
konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati
tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan
va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.
Erkin konvertirlanadigan valyuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday
boshqa xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan
valyutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar,
Yaponiya valyutalarini kiritish mumkin.
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valyuta kurslari
o‘zgarib turadi. Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining
amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari
mavjud:
1. Zaxiralardan foydalanish. Valyuta kursini mustahkamlashning ko‘proq
qo‘llaniladigan usuli - rasmiy zaxiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish
hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valyuta zaxiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi
chet mamlakatlar valyutalarining zaxirasidir (Masalan, AQSH dollari, EVRO va
h.k.).
2. Savdo siyosati. Valyuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga
savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish
mumkin. Masalan, AQSH dollarining yetishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli
256
darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan, import hajmi
boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan
mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu
orqali xorijiy valyuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda
vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini
qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi, iqtisodiy
maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga
olmaslik mumkin emas.
3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi.
Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el
valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning yetishmasligi muammosini hal
qilishi mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valyutasining bu zaxirasini
turli milliy importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan hukumat milliy
importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi.
Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo
cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta nazorati nisbiy ustunlik
tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi.
Ikkinchidan, yetarli bo‘lmagan valyuta resurslari ustidan valyuta nazorati jarayoni,
so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq. Uchinchidan, nazorat
tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valyuta kursi barqarorligini ushlab
turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish
hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valyutasining etishmasligi bartaraf qilinadi.
Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy
daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import
miqyosi milliy daromad darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, bu o‘sha boshqa
davlat buyumlariga va demak, xorijiy valyutaga talabning cheklanishiga olib keladi.
Valyuta bozori deganda valyutalarni oldi-sotdiqыilish maqsadida tashkil
etilgan maxsus markazlarga aytiladi.
Valyuta bozorining 3 turi mavjud:
257
1. Milliy valyuta bozori.
2. Mintaqaviy valyuta bozori.
3. Jahon valyuta bozori.
Milliy valyuta bozori 2 qismdan iborat bo‘ladi:
1. Valyuta birjasi
2. Birjadan tashqari valyuta bozori.
O‘zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori
hisoblanadi.
Milliy valyutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta
birjasida aniqlanadi.
Respublikamizda so‘mning nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi
asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur
mexanizmning mohiyati shundaki, O‘RVBga a’zo bo‘lgan tijorat banklari ikki xildagi
buyurtmalarni birjaga beradilar: a) AQSh dollarini sotib olish maqsadida so‘mda
berilgan buyurtmalar; b) AQSh dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar
(dollarda berilgan buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalarni qabul
qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqni bergandan so‘ng har ikkala xildagi buyurtmalar
bo‘yicha jami nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so‘mda berilgan
buyurtmalarning jami summasini AQSh dollaridagi buyurtmalar summasiga bo‘lish
yo‘li bilan o‘zbek so‘mining 1 AQSh dollariga nisbatan nominal birja kursi aniqlanadi.
So‘mning valyuta kursini 1 AQSh dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so‘mning to‘g‘ri
kotirovka rejimiga ega ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat
banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi
hamda moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
valyuta tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo‘llaniladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSh, Yaponiya,
Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida
aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati
shundaki, maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga
258
oshiriladigan valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida,
operatsion kunning aniq bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan
birja kursi aniqlanadi. Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining
aniqlanishi fiksing deb ataladi.
Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi
tijorat banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali so‘zlashuvlari orqali amalga
oshiriladi.
Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalarni sotish kursi bilan sotib
olish kursi o‘rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan tashqari, xorijiy
valyutadagi aktivlarni qayta baholash, mavjud bitimga qarama-qarshi
operatsiyalarni amalga oshirish orqali ham tijorat banklari valyuta
operatsiyalaridan daromad oladilar.
2002 yilning 1 yanvaridan boshlab naqd evroning muomalaga kiritilishi
natijasida Yevropa banklari Germaniya markasi, Fransiya franki, Italiya lirasi,
Belgiya franki, Avstriya shillingi, Ispaniya peseti kabi qator naqd valyutalarning
muomaladan chiqib ketishi yuz berdi va buning natijasida ular5 mlrd. AQSh
dollari miqdoridagi spred shaklidagi daromaddan mahrum bo‘lishdi.
2003 yilning 8 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro Valyuta
Fondi Nizomi VIII-moddasining 2 bo‘lim a-bandi, 3 va 4-bo‘limlari bo‘yicha
belgilangan majburiyatlarni qabul qilinganligi va uning o‘sha yilning 15 oktyabridan
boshlab kuchga kirganligi konversion operatsiyalarni rivojlantirishga kuchli turtki
berdi. Ushbu majburiyatlar so‘mni to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha
xorijiy valyutalarga erkin almashtirishni o‘z ichiga oladi. VIII-moddaning 2 bo‘lim a-
bandiga muvofiq, mamlakatimiz hukumati joriy operatsiyalar bo‘yicha valyutaviy
cheklashlarni joriy qilishga haqli emas. Ushbu moddaning 3-bo‘limiga muvofiq,
O‘zbekiston hukumati diskriminatsion valyuta siyosatini amalga oshirishga haqli
emas. Nihoyat, VIII-moddaning 4-bo‘limiga muvofiq, boshqa davlatlar tomonidan
taqdim etilgan so‘mlar yo o‘sha mamlakatning milliy valyutasiga yoki SDRga
konvertatsiya qilib berilishi lozim. Ammo 2003 yilning 15 oktyabriga qadar olingan
so‘mlar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati 4-bo‘lim majburiyatlarini o‘z zimmasiga
259
olmaydi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarinng fuqarolari va yuridik shaxslari
tomonidan ishlab topilgan so‘mlar faqat joriy operatsiyalardan ishlab topilgan
bo‘lishi kerak.
Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab
soat 9
00
da boshlanadi, biroq, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan
kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas’ul
xodim (bo‘lim boshlig‘i) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me’yoriy
hujjatlar, hamda zaruriy ma’lumotlar va yangiliklar bilan ta’minlaydi. U o‘zi
yo‘nalishni qayta ko‘rib chiqadi (bozorni bir necha oy oldin tahlil qiladi) va quyidagi
omillar asosida o‘z taktikasini aniqlaydi:
a) Flouting tizimida ayirboshlash stavkalarida aniqlovchi valyuta va foiz
stavkalarining iqtisodiyotda o‘zgarishi asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda. Bunda,
ular
bitimlar muddatini kursning tushishi bilan hisoblashish-masa, u holda xuddi shu
bitimlar kursining oshishi bilan hisoblashishga majbur bo‘ladilar.
b) Siyosiy omillar. Mazkur omillarga ijtimoiy holat, hukumatning almashishi
va shu kabi valyuta bozoriga ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi.
Ko‘pchilik holatlarda, ushbu omillar bozor holatini belgilovchi eng muhim omil
bo‘lishi mumkin.
v) Bankning chet el valyutasidagi o‘z pozitsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va
yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning market-meykerlari
tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda o‘rnatiladi.
Market-meykerlar — bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha sotib olish va
sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari
hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan
qatnashayotgan bo‘lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatadilar va ularning
faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga
majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini
milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda
chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.
260
Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo‘lgan mamlakatlarda shu valyuta
bo‘yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo‘ladi. Evro bo‘yicha
yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveysariya franki bo‘yicha esa,
Shveysariyadan topish mumkin. Market-meykerlar o‘zi mutaxassis bo‘lib
hisoblangan valyutani oldi-sotdi kursi kotirovkasini amalga oshiradi. Nisbatan kam
banklar, butun dunyo bo‘yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo‘lsada,
Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o‘z mijozlariga keng
ko‘lamda kotirovkalarini taklif etadi. Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta
bilan bog‘liq operatsiyalarni Markaziy bankda diling bo‘limini o‘zi emas, balki
qo‘shimcha bo‘limlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan,
valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog‘liq
operatsiyalarga ma’lum bir cheklovlar qo‘yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta,
bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko‘proq
chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo‘llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam
qo‘llaniladigan) valyutalar bo‘yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular
o‘zlarining filiallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to‘lovni amalga
oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Markaziy bankga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 28 martda 31-son
bilan tasdiqlangan «Xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy
bankga litsenziya berish tartibi»ga asosan, uch xil litsenziya berilishi ko‘zda tutilgan:
Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar O‘zbekiston
Respublikasi hududida va xorijda barcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
huquqiga ega;
Ichki litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar O‘zbekiston
Respublikasi hududida to‘liq yoki chegaralangan valyuta operatsiyalarini amalga
oshirish huquqiga ega;
Bir martalik litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar
xorijiy valyutada aniq bir operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.
261
Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning
kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, Markaziy bankning
yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |