O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
 
14.4. Valyuta siyosati tushunchasining mazmuni 
Valyuta siyosati – bu valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish 
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarning yig‘indisidir. 
Valyuta siyosatining ikki shakli mavjud: 
1. Diskont siyosati 
2. Deviz siyosati 
Diskont siyosati – bu Markaziy bankning diskont stavkasini o‘zgartirish orqali 
milliy valyutaning nominal almashuv kursiga va to‘lov balansiga ta’sir etish 
siyosatidir. 
Markaziy bankning diskont stavkasi – bu Markaziy bank tomonidan tijorat 
banklariga va hukumatga beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir. 
Deviz siyosatining shakllari: 
1. Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish 
2. Devalvatsiya 
3. Revalvatsiya 
4. Valyutaviy cheklashlar 
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish –bir vaqtning o‘zida bir nechta 
xorijiy valyutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi. 
Devalvatsiya – bu milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan 
qadrsizlanishidir. 
Revalvatsiya - bu milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qadrining 
oshishidir. 
Valyutaviy cheklashlar – bu joriy valyuta operatsiyalari va kapitallarning 
harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan cheklovlarning joriy
qilinishidir. 
Xalqaro valyuta tizimi evolyusiyasi jarayonida, vaqt o‘tishi bilan 


262 
«konvertatsiya qilinishi» tushunchasi ham o‘zgarib bordi. Hozirgi vaqtda, valyutaga 
egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi - qat’iy belgilangan, yoki suzib 
yuruvchi kurs bo‘yicha uni xalqaro zaxira valyutalaridan biri (AQSh dollari, Evro va 
sh.k.)ga konvertatsiya qilish xuquqiga ega bo‘lishiga - valyutaning «to‘liq 
konvertirlanishi» deyiladi. 
Umuman, konvertatsiyani joriy etilishi xorijiy valyutani ma’muriy usul bilan 
taqsimlashni kamaytiradi deb hisoblanadi. Milliy valyutaning konvertatsiya qilinishi 
esa mamlakat iqtisodiyoti ochiqligi va iqtisodiy erkinlik ramzlaridan bo‘lib, u og‘ir 
vazifalarni hal etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan islohotlar dasturini jahon hamjamiyati 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida muhim o‘rin tutishi mumkin. 
Valyutalarning konvertirlanishiga doir cheklovlar odatda, tashqi savdo 
cheklovlari va kapitallar harakatiga oid cheklovlar, bir-biridan alohida tarzda 
o‘rganilgan edi. Bu hol, ushbu cheklovlarning ikki shakli bir-biridan mustaqil 
ravishda va turli xil sabablarga ko‘ra joriy etilishi bilan bog‘liq ham bo‘lishi mumkin.
Odatda, valyuta cheklovlari, ko‘pchilik mamlakatlarda tashqi hisob-kitoblarga 
doir operatsiyalarning keng doirasini o‘z ichiga oladi va ular qat’iy ravishda olib 
boriladi. Bu hol, valyuta resurslari etishmovchiligi va ularni ishlatishni 
o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo‘nalishiga muvofiq holda tartibga solish 
zaruriyati bilan bog‘liqdir. 80- yillar boshida XVFga a’zo - 113 ta mamlakatdan 95 
tasida to‘lov balansi joriy operatsiyalari, 91 ta mamlakatda esa - kapitallar harakati 
bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha valyuta cheklovlari mavjud edi.
Valyuta cheklovlari shakllari turli xil shaklda bo‘lishi mumkin. Odatda, tashqi 
savdoda mahsulot eksport qiluvchilarga valyuta tushumining barchasi yoki uning bir 
qismini Markaziy bank yoki vakolatli banklarga rasmiy kurs bo‘yicha topshirish 
talabi keng qo‘llaniladi.
Valyuta cheklovlari quyidagilarni nazarda tutadi: 

chet elga to‘lovlarni o‘tkazilishi, kapitalni olib chiqib ketilishi, foydani, 
oltinni, pul belgilari va qimmatli qog‘ozlarni repatriatsiya qilinishini tartibga solish;

davlatga majburiy tarzda xorijiy valyutani topshirilishi (rasmiy kurs 
bo‘yicha milliy valyutaga ayirboshlash evaziga). 


263 
Quyidagilar amaliyotda qo‘llaniladi:

import qiluvchilarga xorijiy valyutani sotilishini litsenziyalash;

valyuta qimmatliklarini davlat idoralarining maxsus ruxsatnomasisiz olib 
kirilishi va olib chiqib ketilishini man etilishi; 

jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi mablag‘larga egalik qilishi va 
tasarruf etishini cheklash;

chet elga shaxsiy daromadini o‘tkazishni tartibga solish;

sug‘urta va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish;

chet elga chiqishda milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirilishini 
limitlash. 
Ichki ayirboshlanish deganda rezidentlarning mamlakat ichkarisida xorijiy 
valyutadagi muayyan aktivlar (masalan, bank depozitlari)ni saqlash va tegishli tarzda 
milliy valyutani mamlakat ichkarisida konvertatsiya qilish xuquqi mavjud bo‘lgan 
ahvol tushuniladi. Ammo, mamlakat ichkarisida valyutaga ega bo‘lish va uni 
ayirboshlash bo‘yicha ushbu xuquq mamlakat ichkarisida valyuta to‘lovlarini amalga 
oshirilishiga ruxsat berilishi, shuningdek, chet elga to‘lovlarni o‘tkazilishi yoki 
xorijda joylashtirilgan aktivlarga egalik qilishni nazarda tutmaydi.
Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. 
Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir: 
1. Valyuta intervensiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan 
operatsiyalar. 
Valyuta intervensiyasi doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari 
xorijiy valyutani milliy valyutaga sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir. 
Respublikamizda intervensiya vositasi sifatida ishlatilayotgan bazaviy valyuta AQSh 
dollari bo‘lganligi sababli, shu maqsadda amalga oshirilayotgan operatsiyalar AQSh 
dollarini sotib olish va sotish operatsiyalaridan iboratdir. 
Odatda, markaziy banklar valyuta intervensiyasi samaradorligini ta’minlash 
maqsadida intervensiya fondidan sotilgan xorijiy valyutadagi mablag‘larning 
miqdorini va intervensiya hisobarqamining qoldig‘ini sir tutadilar. Buning sababi 


264 
shundaki, valyuta intervensiyasi samaradorligi deganda uning vositasida milliy 
valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan almashuv kursining favqulodda va keskin 
tebranishiga barham berish hisoblanadi. Agar xo‘jalik yurituvchi subyektlar Markaziy 
bank tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmining o‘sib borishi sharoitida milliy 
valyutaning qadrsizlanishi davom etayotganligini sezib qolsalar, bu holat valyuta 
bozorida psixologik vahima holatini yuzaga keltiradi va buning natijasida xorijiy 
valyutaga bo‘lgan talab keskin ortishi mumkin. Bunga xalqaro amaliyotdan ko‘plab 
misollar keltirish mumkin. Masalan, 1992 yilning sentyabr oyida G‘arbiy 
Yevropadagi valyuta bozorlarida yuz bergan inqiroz natijasida Buyuk Britaniya funt 
sterlingi va Italiya lirasi nominal almashuv kursining keskin pasayib ketishi natijasida 
ular Yevropa valyuta tizimidan (EVT) chiqib ketdi. Buning sababi shundaki, Angliya 
va Italiya markaziy banklari o‘z milliy valyutalari kurslarining favqulodda 
tebranishiga valyuta intervensiyasi orqali barham berishning uddasidan chiqa 
olmadilar. Masalan, Angliya Markaziy banki valyuta intervensiyasi doirasida AQSh 
dollarini sotish hajmini oshirishi bilan London valyuta bozori ishtirokchilari 
tomonidan AQSh dollarini sotib olish hajmi ham oshib bordi. Buning oqibatida 
valyuta intervensiyasi samara bermadi. Chunki bozorda psixologik vahima kuchli edi. 
Bu esa, bozorda AQSh dollariga nisbatan kuchli talabni yuzaga keltirdi. 
Valyuta intervensiyasini amalga oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri 
Markaziy bankning etarli darajada oltin-valyuta zaxiralariga ega bo‘lishi hisoblanadi. 
Bu erda etarli darajada deyilganda Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarining milliy 
valyutaning favqulodda keskin tebranishiga barham berishga etadigan darajadagi 
miqdori nazarda tutilmoqda.
Valyuta intervensiyasini amalga oshirishning ikkinchi sharti bo‘lib, Markaziy 
bankning milliy valyuta almashuv kursini xorijiy valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda 
saqlab turish majburiyatining mavjudligi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
milliy valyuta belgilangan kurs rejimi yoki boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta 
kursi rejimiga ega bo‘lishi lozim. Lekin shunday paradoksal holat ham mavjudki, 
unga ko‘ra, Markaziy bank etarli oltin-valyuta zaxiralariga ega bo‘lmasa, u holda, 
uning erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‘tishdan boshqa iloji qolmaydi. 


265 
2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
Ma’lumki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida, xususan, AQSh, GFR, Fransiyada 
hukumat xorijiy valyutalarda zaxiralarga ega emas, chunki bu mamlakatlarda 
davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zaxiralari Markaziy bankning balansiga 
qonuniy asosda o‘tkazilgan. Bunday sharoitda hukumatning tashqi qarzi Markaziy 
bankning balansidagi oltin-valyuta zaxiralari hisobidan to‘lanadi. To‘lov amalga 
oshirilgandan so‘ng, Markaziy bank, xorijiy valyutada to‘langan mablag‘ning milliy 
valyutadagi ekvivalentini hukumatning joriy hisobraqamidan chegirib oladi. 
Hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishning mazkur shakli hukumatning tashqi 
qarz botqog‘iga botib qolishdan saqlaydi. Chunki Markaziy bank hukumatning 
to‘lanishi lozim bo‘lgan tashqi qarzining milliy valyutadagi ekvivalenti mavjud 
bo‘lmagan sharoitda to‘lov topshiriqnomasini qabul qilmaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash 
joizki, hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishning mazkur tartibidan 
foydalanishda Markaziy bankning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqilligining 
ta’minlanganligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki Markaziy bankning mustaqilligi to‘liq 
ta’minlangan sharoitdagina uning Prezidenti hukumatning tashqi qarzini qonuniy 
to‘lanishini talab qila oladi. Aks holda, Hukumat Markaziy bankni tashqi qarzni 
to‘lashga majbur qiladi. Bunday sharoitda hukumat Markaziy bank kreditlaridan 
tashqi qarzni to‘lashda manba sifatida foydalanishi mumkin.
3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish 
operatsiyalari. 
Xalqaro bank amaliyoti tajribalarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, 
hozirgi davrda, Markaziy bank o‘zining balansidagi oltin - valyuta zaxiralarini 
boshqarishda asosan quyidagi usullardan foydalanadi: 
– valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish usuli; 
– valyutaviy svop operatsiyalaridan foydalanish; 
– Gold svop operatsiyalaridan foydalanish; 
– ochiq valyuta pozitsiyalarini qisqartirish. 


266 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin