271
Valyuta bozori, depozitlar (qo‘yilmalar) va qimmatbaho qog‘ozlar bozori bilan
bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda,
foiz me’yorlari baholar o‘sishini qoplasa, mijozlar esa moliya
institutlariga ishonch
hosil qilishsa, jamg‘arma bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo‘lganki, depozitlar
va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar o‘sishi bilan, valyuta bozorlariga
iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan ta’sir o‘z-o‘zidan kamayadi.
Sarmoyachilar qanday qilib bo‘lsa ham o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan
resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o‘z resurslaridan, balki xorij
aktivlaridan ham foydalanish yo‘llarini izlashadi. Chunki,
jahon moliya bozorining
asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi.
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta
kursining oshishiga olib
keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o‘z
sarmoyalarini qo‘yishni xohlovchilar uchun ularning valyutalari
foiz stavkalaridan
keladigan foydadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: