14.6. Milliy valyutaning barqarorligi
Boshqa mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham milliy pul birligi barqaroligini
ta’minlash va uni samarali boshqarish, monetar siyosat vositalarining maqsadli
darajalariga erishish, bank tizimining likvidligini hamda moliyaviy bozorlar
faoliyatining samaradorligini oshirish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan.
71
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda yanada erkinlashtirish sharoitida
shuningdek, bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi
iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi,
u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi.
Mamlakatda samarali to‘lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini tashkil
71
“O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Toshkent,
21- dekabr 1995-yil.
272
etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. To‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar
ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Markaziy bankning valyuta siyosati uning Valyuta siyosatining shakli va o‘rni
mamlakatning valyutaviy-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligidagi evolyutsiyasi hamda
o‘rni bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib
borilayotgan valyuta siyosati Inflatsiyaga qarshi siyosat olib borish yo‘li bilan milliy
valyutaning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashga, to‘lovlar va hisob-kitob tizimini
takomillashtirishga yo‘naltirildi.
Milliy valyuta kursi barqarorligiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana
shunday asosiy omillardan biri – bu to‘lov balansining defitsitli ekanligidir. To‘lov
balansining defitsitli bo‘lishi xorijiy valyutadagi to‘lovlar miqdorining ortishiga,
mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari miqdorining kamayishiga olib keladi. Buning
natijasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifining kamayishi yuz
beradiki, ushbu holat milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli
tazyiqni yuzaga keltiradi.
Milliy valyuta kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri bo‘lib, Davlat
byudjetining defitsiti hisoblanadi. Ushbu omil rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida yaqqol kuzatiladi. Chunki, mazkur mamlakatlarning aksariyat
qismida Markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi past bo‘lib,
Davlat byudjeti defitsitini qoplash maqsadida Markaziy bankning emissiya
mexanizmidan foydalaniladi. Buning natijasida muomalaga tovarlar va xizmatlar
bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo‘ladi va shuning asosida milliy valyutaning
qadrsizlanish jarayoni chuqurlashadi.Shu sababli, Davlat byudjeti defitsitining
me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash milliy valyutaning barqarorligiga erishish
nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro amaliyotda Davlat bdyujeti defitsiti summasining nominal YaIM
miqdorining 3 foizdan oshmasligi me’yoriy daraja sifatida qabul qilingan.
273
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan monetar siyosat milliy
valyutaning almashuv kurslariga, shu jumladan, nominal almashuv kursiga ta’sir
etuvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Siyosiy risk, ya’ni mamlakat riski milliy valyutaning nominal almashuv kursini
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Odatda, siyosiy risk
chuqurlashganda mamlakatdan oltin-valyuta zaxiralarini katta miqdorda chiqib
ketishi yuz beradi. Buning natijasida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifi
kesikn kamayadi, to‘lov balansining defitsiti ortadi. Oqibatda milliy valyuta
qadrsizlanadi.
AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk
Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Chunki, ularning
xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. Shu sababli,
1999-yil yanvarda Yaponiya va Germaniya Moliya vazirlari AQShga dollar, yevro va
ienning kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni taklif qildilar. Ammo AQSh Federal
zaxira tizimining o‘sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya vaziri R.Rubin ushbu
taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur uch yetakchi valyuta
kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni joriy etish AQSh Federal zaxira tizimining
ishsizlik va inflatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan pul-kredit siyosatining
mustaqilligiga putur etkazadi
72
.
“Yevrohudud”dagi
qarz
muammolari,
Gretsiya,
Ispaniya,
Italiya,
Portugaliyadagi og‘ir moliyaviy holatlar, pirovard natijada, yevroning AQSh dollari
va boshqa yetakchi valyutalarga nisbatan kursining tebranishlariga va pasayishiga
sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, Gretsiyadagi og‘ir iqtisodiy inqiroz holatlarini bartaraf
etish maqsadida ajratilayotgan kreditlar va boshqa shakllardagi moliyaviy mablag‘lar
yevrodagi pul massasining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
2010-yil 7-mayda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari
tomonidan Gretsiyaga moliyaviy yordam berish dasturi ma’qullandi. Ushbu dasturga
muvofiq, Gretsiya uch yil mobaynida 110 mlrd. yevro oladi. Mazkur yordamning
Gretsiya uchun muhimligi shundaki, hozirgi kunda ushbu mamlakatdagi iqtisodiy
72
Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 625-626.
274
ahvol juda og‘ir: davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdoridan
katta, davlat byudjeti defitsiti va tashqi qarzning umumiy miqdori 300 mlrd. yevrodan
oshadi
73
.
2012-yilda Kiprda moliyaviy qiyinchiliklarning boshlanganligi yevroning
nominal almashuv kursi barqarorligiga nisbatan mavjud bo‘lgan salbiy ta’sirni
yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. “Reyters” agentligining xabar berishicha, 2012
yilda Kiprga kamida 1,8 mlrd. yevro kerak. Bu esa, uning YaIMning 10 foizini
tashkil etadi
74
.
Milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri,
shubhasiz, inflatsiya hisoblanadi. Inflyasiya ta’sirida milliy valyutaning qadri
pasayadi.
Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi milliy valyutaning nominal almashuv kursiga
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Xalqaro amaliyotda davlat tashqi qarzining YaIMga nisbatan 60 foizdan
oshmasligi me’yoriy daraja hisoblanadi. Agar tashqi qarz ushbu me’yoriy darajadan
oshsa, u holda milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiq
yuzaga keladi. Ya’ni, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalarning taklifi sezilarli
darajada kamayadi. Bunday sharoitda xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab o‘zgarmay
qolganda ham, milliy valyutaning qadrsizlanishi yuz beradi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasida davlat tashqi qarzi darajasini mo‘‘tadil
ekanligini e’tirof etish joiz.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirish, aholining turmush farovonligini ta’minlash uchun muhim zamin
yaratadi.
Xalqaro amaliyotda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda quyidagi
usullardan foydalaniladi:
Pul massasining barqaror o‘sishini ta’minlash;
Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;
73
Лидеры стран-участниц ЕС утвердили программу помощи Греции. http://lenta.ru/news/2010.
74
Кипр обратился к ЕС за финансовой помощью. http://lenta.ru/news/2012.
275
Davlat byudjeti defitsitini qisqartirish
Davlatning ichki va tashqi qarzini qisqartirish
Investitsion faollikni jonlantirish
Naqd pullarga bo‘lgan talabni qisqartirish
Xufyona iqtisodiyotga jiddiy zarba berish
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ko‘p
omilli jarayon hisoblanadi. Shu sababli, har bir omilning ta’sirini to‘g‘ri baholash
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |