O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 O‘zbekistonda tashqi savdoni rivojlantirishnng dolzarb masalalari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
15.4. O‘zbekistonda tashqi savdoni rivojlantirishnng dolzarb masalalari 
Eksport 
salohiyatini 
yuksaltirish, 
uning 
hajmini 
oshirish, 
tarkibini 
takomillashtirish, geografiyasini kengaytirish muhim va dolzarb vazifalardan biri 
bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqgisodiy islohotlarning eng 
murakkab vazifalari qatoriga kiradi. Respublikamiz eksport salohiyatini yuksaltirish 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, erkin 
muomaladagi valyutaning kirib kelishini kuchaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, 
ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish, ishlab chiqarishni muntazam yangilab turishni 
kuchli tarzda rag‘batlantirish demakdir.
76
Ma’lumki, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati eksport hajmini to‘xtovsiz 
oshirib borish imkoniyatini beradi. Bu borada tashqi iqtisodiy faoliyat 
samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri eksportning mahsulot va xizmatlar 
tarkibi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq doirasidagi mehnat taqsimotiga ko‘ra O‘zbekistonga 
xom ashyobazasi roli berilganligi respublikamiz eksport tovar tarkibida o‘z aksini 
76
Gulyamov S. Makroiqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.//Iqtisodiyot va 
ta’lim// 2012, №2, 5-b. 


291 
topganligi hammaga ma’lum. Mustaqillik yillarida xom ashyotovarlarining eksportini 
sezilarli 
darajada 
qisqartirishga 
erishilgan 
bo‘lsa 
ham, 
hamon 
eksport 
nomenklaturasida xom ashyohamda to‘liq qayta ishlanmagan tovarlar ustunlik 
qilmoqda va ustiga ustak, ularning sifati ham jahon standartlariga to‘g‘ri kelmaydi. 
Jahon tajribasining guvohlik berishicha, bir turdagi mahsulotni ko‘plab 
miqdorda eksport qilishga moslashish mamlakat iqtisodiyotini ushbu mahsulotning 
jahon bozori konyunkturasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. 
Hukumatimizning bosqichma-bosqich olib borayotgan tashqi iqtisodiy siyosati 
natijasida 
O‘zbekiston eksportida mustaqillik yillarida sezilarli tarkibiy 
o‘zgarishlarga erishildi. 
Eksport hajmining o‘sishi bugungi kunda paxta tolasi, qimmatbaho metallar va 
turli xom ashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo 
va metall mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj mahsulotlari, 
sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport 
tovarlari hajmi va turlarini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi 53 foizdan 
oshgani, paxta tolasining ulushi esa 8 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi. 
Eksportning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu eksport 
nomenklaturasi tarkibining torligi va deyarli o‘zgarmasligi sharoitida ayrim eksport 
xomashyo mahsulotlarining hajmini oshira borishdir. Buning oqibatida, ya’ni ma’lum 
bir tovarga eksport taklifining oshirilishi natijasida narxlarning tushishi va eksport 
samaradorligining kamayishi kuzatiladi va bu, o‘z navbatida, respublika valyuta 
tushumlari hajmiga putur yetkazadi. 
Shu bilan bir qatorda eksport nomenklaturasi ham yetarlicha keng qamrovli 
emas. O‘zbekistonning eksport nomenklaturasi atigi 300 turdagi tovarlarni o‘z ichiga 
oladi. Agar ushbu ko‘rsatkichni solishtiradigan bo‘lsak, Xitoy 50000 turdagi 
tovarlarni eksport qiladi. 
Bu ma’lumotlar O‘zbekistonning eksport tovarlari tarkibining nihoyatda 
torligini hamda milliy iqtisodiyotimiz hamon xom ashyobozorlariga sezilarli darajada 
bog‘liqliigini ko‘rsatadi. 


292 
Ushbu masalada, faqat xom ashyo eksportigagina tayanish mumkinmi, degan 
savol tug‘iladi. Albatta, mamlakatning xom ashyoresurslariga boyligi, uning jahon 
bozorlarida nisbatan oson sotilishi nuqtai nazaridan afzallikka egaligini tan olish 
kerak. Lekin, mamlakatning xom ashyoresurslariga boyligi bir qator sabablarga ko‘ra 
iqtisodiyotning, jumladan tashqi savdoning ijobiy rivojlanishiga yetarli asos bo‘la 
olmaydi: 
- xom ashyo eksport qiluvchi mamlakat jahon xom ashyobozorlari 
kon’yunkturasi va narxlar dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi; 
- xom ashyo eksporti nisbatan yuqori bo‘lmagan qo‘shimcha yaratilgan qiymat 
bilan bog‘liq bo‘lib, xom ashyoning bahosi uning tabiiy cheklanganligiga asoslangan 
bo‘ladi. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida eksportni, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda, rivojlantirishga, ya’ni uning hajmini ko‘paytirish, 
geografiyasini va tarkibini birmuncha kengaytirishga erishilganligini namoyon 
etmoqda.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin