15.3. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalari
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning
ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari umuman
importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif
va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga
eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash
kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari
mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish
maqsadida belgilanadi.
284
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib
ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning
tartibga solingan ro‘yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik
dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor
buyumlar) ko‘ra, taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot
sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lib tarif,
ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o‘zaro farqlanadi. Maxsus bojlar
import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o‘rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga
nisbatan 2 yevro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz
tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40foiz.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat
ichki tovarga yo‘naltiriladi. Iste’molchilarning o‘sgan to‘lovlari yuqori chegaraviy
xarajatga ega, raqobatbardosh bo‘lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni
kengayishiga olib keladi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo‘lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo‘yilgan maqsadlar
bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‘ra import
tariflari:
mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;
mamlakatda bandlilik darajasi o‘sishini ta’minlaydi va yalpi talabni
rag‘batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o‘sadi va joriy
operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi xolati yaxshilanadi;
milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;
davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi;
285
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‘rinishidagi chet el raqobatidan
himoya qiladi;
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or siljishlar rag‘batlantiriladi va h.k.
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‘pgina davlatlar o‘z ishlab
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm
siyosatini qo‘llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik
xavfini tug‘diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi
navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik yangi
va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj.
Proteksianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor
mahsulotlarga bojni ko‘tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo‘lib qoladi.
Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo‘jaligida yuz
berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining
pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama
muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag‘batlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‘llovchi fikrlarga aksincha bo‘lgan
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‘tilgan natijalarga boshqa usullar bilan
kamroq yo‘qotishlar hisobiga ham erishsa bo‘ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada
asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib
keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
286
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat
imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir
tomondan, milliy ishlab chiqarishni o‘sishini ta’minlasa , ikkinchi tomondan,
iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon
narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiyalarni joriy qilgandan so‘ng ularni bekor qilish qiyin bo‘ladi, raqobat
muhiti yo‘qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib
boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va
yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari qo‘llaniladi. Ushbu
siyosatlarni qo‘llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro
raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq
farovonligini oshirishdan iborat.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita
usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar
mazmuniga ko‘ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko‘rinishga ega bo‘lishi
mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng
tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o‘tkazish,
xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda
litsenziyalar faqat davlat ro‘yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat
qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi
287
iqtisodiy taqchillik o‘sishining to‘xtash hamda savdo balansining tenglashtirish
imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar
yordamida joylashtiriladi.
1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab
chiqaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko‘rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish
hajmi jihatdan yirik bo‘lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va
talablarsiz beradi.
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va
resurslarga ega bo‘lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga
litsenziyalar berish huquqiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o‘tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya
vazirligi va Markaziy bank tomonidan o‘z va xorijiy banklarga, moliya
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning
tashqarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-
kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat
ko‘rsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek,
ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo‘llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi
bo‘yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‘lov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
o‘zaro kelishuvga erishish uchun qo‘llaniladi. O‘zbekistonda kvotalash xalq iste’moli
288
mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli
sifatida qo‘llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qo‘llaniladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o‘rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko‘proq qo‘llanilishiga ikkita sabab
bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni
qaratishga majbur bo‘ladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo‘llaydi.
Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‘proq mos keladi. Tariflarga nisbatan
kvotalarni joriy qilishdan ko‘riladigan farovonlikdagi yo‘qotishlar ikki holatda katta
bo‘ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab
chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa.
Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
Ko‘pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‘batlantirish tadbiri sifatida
ko‘pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo‘llaniladi. Bunda tajriba -
konstruktorlik ishlari va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni bevosita
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish
ko‘zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo‘llaniladi. Bularga:
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida
tekin axborot yetkazib berish;
-firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq
imtiyozlarini berish;
- bevosita subsidiyalash kiradi.
289
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo‘qotishga uchraydi, importyor davlat budjeti esa
qo‘shimcha daromad ko‘radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko‘rinishlaridan
biridir.
Dempingga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo‘llanilib, o‘zida
qo‘shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import
qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo‘yicha, eksport qilinayotgan
mahsulotlarga o‘rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud
mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so‘ng chiqaradi hamda
uning miqdorini va to‘lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o‘z
valyuta resurslarini to‘ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini
eksport qilishni ko‘paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol
qo‘llanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari
kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritlishi sharoitida mahsulotlar
ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol
o‘sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida
milliy ishlab chiqaruvchilar yo‘qotishga duch keladilar. Tanqi bozordagi baholarga
nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa
daromadga ega bo‘ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij
mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan
iborat.
Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan
mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
290
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni
e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib
olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida
eksportyor ko‘rgan yo‘qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatdoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi.
Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining qonuniy
natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |