55
narxlarni erkinlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni isloh qilish; moliya tizimini
isloh qilish; joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutaning konvertatsiyasini
ta’minlash; zamonaviy to‘lov tizimini yaratish; qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish;
iqtisodiy siyosatning va moliya tizimining ochiqligini ta’minlash; mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish; iqtisodiyot
real sohasini tubdan o‘zgartirish; bozor infratuzilmasini to‘liq shakllantirish va
boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va
rivojlantirish jarayonlari tezlashdi hamda bozor mexanizmi to‘liq ishlaydigan
iqtisodiyotga asos solindi.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda xukumat
Markaziy bankning va Moliya vazirligining faoliyatini mamlakatda amalga
oshirilayotgan tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarning maqsadlariga mos holda
muvofiqlashtirdi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar
siyosatni asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni
qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan birga qo‘shib olib borish zarurligi inobatga olindi.
Makroiqtisodiy siyosatning eng asosiy vazifasi aholi turmush darajasini
yaxshilash va uning daromadlari ko‘payishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashning eng maqbul strategiyasini tanlash va amalga oshirishdan
iborat. Shunday ekan, makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda makroiqtisodiy
barqarorlikning eng yuqori darajasiga erishishning samarali yo‘llarini to‘g‘ri tanlash
va uni amalda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: