3
KIRISH
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes
muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon
iqtisodiyotiga integratsilashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar
davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning
ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotganligiga bog‘liq.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan
me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib
borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan,
iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning
muhim sharti hamdir.
Bozor iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat o‘zida ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni barqarorlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan kuchli huquqiy
davlat muassasalarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat qiluvchi
jarayonlarining majmuaviy tizimini aks ettiradi.
Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy siyosat
va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni,
makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash
ko‘nkmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy
jarayonlarning
kechishi
qonuniyatlarini,
makroiqtisodiy
muammolarni,
makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni echish yo‘llarini turli modellar
vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir.
Mazkur darslik shu nomdagi adabiyot (Asqarova M.T., Hakimov H.A.
Makroiqtisodiy siyosat. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2016) ning qayta ishlangan
nashri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: