2.2.
Ma’muriy va iqtisodiy vositalar
Ma’muriy vositalar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirishni yaratish yoki
moliyaviy zarar xavfi bilan bog‘lanmagan. Ular davlat hokimiyati kuchiga
asoslangan hamda ta’qiq, ruxsat va majbur qilish choralarini qamrab oladi.
Ta’qiqlar va ruxsatlar bo‘yicha bir necha misollar keltiramiz. Fransiya hukumati
Parij aglomeratsiyasi hududida yangi sanoat korxonalari qurishni ta’qiqladi hamda bu
maqsadga erishish uchun yangi korxonalarga soliqlarni oshirish, katta jarimalar solish
kabi iqtisodiy choralar ko‘rish yo‘lidan bormay, shunchaki yangi sanoat qurilishlariga
litsenziya (ruxsatnoma) berishni to‘xtatib qo‘ydi. Niderlandiya hukumati sobiq harbiy
dengiz bazasidan yo‘lovchi tashish va savdo porti sifatida foydalanishga ruxsat berib,
shu tariqa sarmoya qo‘yiladigan yangi soha yaratib berdi. Natijada, port hududida
xo‘jalik faolligi yuksaldi. Afrika mamlakatlaridan birining hukumati davlat milliy
bog‘idan uyushtirilgan sayyohlik maqsadida foydalanishga ruxsat berdi. Bundan
mahalliy va xorijiy sayyohlik foydalanib qoldi.
Majbur etish choralari esa, barcha rivojlangan mamlakatlar davlat organlarining
sanoat korxonalari zimmasiga o‘zida yoshlarning ishlab chiqarish o‘quvini tashkil
etish, ishlayotganlar uchun muayyan maishiy qulayliklar yaratish, tozalash
inshootlarini o‘rnatish vazifalarini yuklashini misol qilib keltirish mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan mamlakatlarda ma’muriy
boshqaruv vositalaridan kam miqyosda foydalaniladi. Ularning ta’sir sohasi asosan
17
atrof - muhit muxofazasi hamda aholining nisbatan kam ijtimoiy himoyalangan
qatlamlari uchun eng muhim maishiy sharoitlar yaratib berish bilan cheklanadi.
Biroq, mushkul vaziyatlarda, masalan, urush davrida, iqtisodiyotning og‘ir ahvoli
chog‘ida ularning mavqei keskin oshadi. Urushdan keyingi Yaponiyada iqtisodiyotni
tartibga solish bo‘yicha eng keng miqyosli davlat ma’muriy tadbirlari pul islohoti va
yetakchi konsernlarning bo‘lib tashlanishidan iborat bo‘lgandi.
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va
qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo bo‘ladi. Bu kabi muammolarni
hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar
nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Birinchidan, transfert to‘lovlari orqali yordamga muhtoj, boqimanda, nogiron va
ishsizlarni nafaqalar bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali
daromadlar taqsimlanishini o‘zgartiradi. Fermerlar mahsulotini kafolatlangan
baholarda sotib olish va minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonunchilik davlat aholining
ayrim guruhlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni tartibga solib
turishiga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari aholidan olinadigan daromad
soliqlarining foizlar bo‘yicha tabaqalanishi ham kam ta’minlangan aholini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida olib borilayotgan tadbirlaridan biridir.
Mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida umumdavlat
manfaatlarini hisobga olgan holda resurslarni qayta taqsimlash davlatning muhim
funksiyalaridan biridir. Bu funksiyani bajarishda ham davlat fiskal siyosat
vositalaridan foydalanadi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatli, ammo
foyda ko‘rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni qo‘llab quvvatlash maqsadlari
davlat budjeti orqali daromadlar va resurslarni tamoqlar orasida qayta taqsimlash
zaruriyatini tug‘diradi.
Bu
vazifa
barcha
tarmoqlardan
olingan
soliq
tushumlari
hisobiga
moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablag‘larini ustuvor tarmoqlarga
yo‘naltirish, shu tarmoqlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar
ajratish orqali amalga oshiriladi.
18
Kommunal xo‘jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi sohalar iqtisodiyot
tarmoqlarining samarali ishlashi, normal hayotiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun
zarur xizmatlarni ko‘rsatgani holda rentabelli sohalar bo‘lmagani uchun ham davlat
budjetidan dotatsiya oladilar.
Soliqlar yordamida amalga oshiriladigan davlat iqtisodiyotini tartibga solish
vositalari orasida asosiy kapital hamda u bilan bog‘liq hosilalarning jadallashtirilgan
amortizatsiyasi va moliya vazirligi ruxsatnomalari doirasida amalga oshiriladigan
yashirin zaxiralar realizatsiyasi alohida o‘rin tutadi. Hozirgi sharoitlarda asosiy
kapitalni jadallashtirilgan amortizatsiyasi jamg‘armalar, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy
o‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy omili hamda xo‘jalik sikliga, bandlik va
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI)ga ta’sir ko‘rsatishning
muhim vositasi hisoblanadi. Uning mohiyati – mashinalar, uskuna, jihozlar, binolar
va inshootlar eskirishi jismoniy jarayoni ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga
o‘tkazish orqali ishlab chiqarish xarajatlaridan ajratib olinishidir.
Qarshimizda investitsiyalarning davlat tomonidan boshqariluvining qudratli
richagi turibdi – bu foydalarning soliqlardan ozod qilinishi, ularni amortizatsion
jamg‘armalarga yashirish hamda yangi kapital joylashtiruvlari uchun majburiy
foydalanishdir (bu mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanib bo‘lmaydi, ularni
harakatsiz qoldirish ham mumkin emas).
Asosiy kapitalni tezlashgan amortizatsiyalarini hisobdan chiqarish me’yorlarini
o‘zgartirib turilishi barcha rivojlangan mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilish
tadbirlarini moliyaviy ta’minlash uchun, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish va ularni
natijalarini joriy etish uchun davlat kon’yunktura va tarkibiy siyosati vositasi sifatida
keng miqyosda foydalaniladi. Me’yoriy amortizatsiya chegirmalarini o‘zgartirishning
samarasi kon’yunktura uchun qulay bo‘lgan yillarda seziladi, ya’ni inqiroz va
pasayish davrlarida amortizatsiyadan foydalanish siyosati kuchsiz bo‘ladi.
Kon’yunktura qanchalik yomon bo‘lsa, shunchalik foydadan ishlatish
qiyinlashadi, o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash uchun imkoniyatlar kamayadi, davlat
tomonidan
beriladigan
amortizatsiya
imtiyozlari
esa
xususiy
investitsiya
beruvchilarni o‘ziga kamroq tortadi.
19
Davlat boshqaruvining vositasi sifatida budjetning xo‘jalik maqsadlaridagi
xarajatlari ham foydalaniladi. Bu birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalar va
kafolatlari, shuningdek, mahsulotlarni sotib olishga ketgan xarajatlar va xususiy
sektordagi xizmat ko‘rsatishlardir.
Dostları ilə paylaş: |